Dirijyorlikda о‘ng va chap qо‘lning alohida va umumiy vazifalari


partitura sahifalarini varaqlaydi, sо‘ngra noaniqlik bilan sust tarzda taktlash


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1123495
1   2
Bog'liq
dirijyorlikda-o-ng-va-chap-qo-lning-alohida-va-umumiy-vazifalari


partitura sahifalarini varaqlaydi, sо‘ngra noaniqlik bilan sust tarzda taktlash 
jarayoniga qо‘shiladi, u yog‘iga yana varaqlash uchun pastga tushiriladi, ba’zi 
hollarda chap qо‘l dirijyor tanasida ojiz bir ahvolda osilib turadi va orkestrni 
boshqarish jarayonida umuman ishtirok etmaydi ham yoki - yana о‘ng qо‘lga 
qо‘shilib takt belgilashga tushadi. Har qanday alohida vaziyatda harakatning qanday 
turini qо‘llash kerak? Bu avvalo musiqaning xarakteri, dinamikasi, fakturasi, asarning 
har qanday qismidagi tempga bog‘liq.
Bundan tashqari harakatning uyg‘unligi, uning mutanosibligini belgilashda 
dirijyor faqat о‘ziga qulay va erkin bо‘lishini va nihoyat, harakatning yaqqol kо‘zga 
tashlanishini hisobga olishi kerak. Shu bois dirijyorning qо‘l harakatlari plastik, 
oddiy, ifodali, musiqaga muvofiq tushunarli va aniq bо‘lishi lozim. Qо‘l harakatlari 
vositasida dirijyor ijrochilar jamoasiga о‘zining qalb kechinmasini, о‘y-fikrlarini 
yetkazadi. Qolaversa, ijrodagi muhim bо‘lgan badiiy vazifalarni yuklaydi.
О‘ng qо‘l ham, chap qо‘l ham istalgan vazifani bajarishiga qaramay, dirijyorlik 
amaliyotida har ikkala qо‘lga alohida talablar qо‘yiladi. Shu bois ularni alohida 
jihatlarini kо‘rib chiqamiz.
O‘ng qо‘l. Dirijyorlikda boshqaruv vazifasini bajaruvchi о‘ng qо‘l avvalo 
taktlash, ya’ni vazn qismlarini kо‘rsatish, asarning vazn tuzilishini namoyon qilishga 
mо‘ljallangan. Shu bilan birga u cholg‘ular yoki ovozlar ijrosiga navbat beradi, 
aksentlar, fermatalar, sinkopalarni belgilaydi, tempni aniqlaydi, harakat harakterini, 
dinamikasini aks ettiradi. Bundan kо‘rinib turibdiki о‘ng qо‘l mexanik ravishda 
emas, balki ijro etilayotgan musiqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. 
О‘ng qо‘l - yetakchi, ishonchli, tashabbuskor, «qat’iyatli» qо‘ldir. Va nihoyat, 
hammaning diqqat markazida bо‘lgan, dirijyorning ritmik kо‘rsatmalarini aks 
ettiruvchi tayoqcha ham aynan о‘ng qо‘lda bо‘ladi. Demak chap qо‘l taktni 
belgilashda muhim о‘rin tutmasligi о‘z-о‘zidan ayon bо‘ladi. Zamonaviy dirijyorlik 
texnikasi har ikkala qо‘llar harakati bilan belgilanishidek eskirgan va foydasiz 
odatdan allaqachon voz kechgan. Igor Markevichning qayd qilishicha, parallel 
ravishda takt belgilash bamisoli pianinochi bir xil balandlikdagi faqat unison 
ohangdoshligini chalishni bilganidek ma’nisizdir.
“Dirijyorning о‘ng qо‘li hunarmand (mehnatkash ma’nosida), biroq chap qо‘li 
san’atkor. Ushbu ingliz maqoli har ikki qо‘lning tub vazifalari tо‘g‘risida ma’lumot 
beradi. Dirijyor о‘ng qо‘li bilan takt о‘lchovini, ritmni, shuningdek zarur ijro sur’ati 
(temp), ijroni boshlash va tugatish, frazalarni tо‘g‘ri talqin etish, artikulyatsiya 
(shtrix) va agogik nozikliklarni ifodalaydi.”[1.B.43] 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
389
http://oac.dsmi-qf.uz/


Chap qо‘l. Chap qо‘l cholg‘ular, ovozlar, orkestr guruhlariga, xor va yakkaxon 
partiyalarni ijroga yо‘llovchidir. U ijroning dinamik qirralarini ifoda etadi. Bundan 
tashqari, asosan chap qо‘l yordamida musiqiy bayon ajratiladi, jumlalar ayricha 
kо‘rsatib о‘tiladi, jarangdorlik, alohida pauzalar ifodalanadi, musiqiy shakl uyg‘unlik, 
faktura о‘zgarishi kо‘rsatib boriladi. Yuqorida aytilganlar о‘ng qо‘l yoki har ikkala 
qо‘l bilan bir vaqtning о‘zida bajarib bо‘lmaydi degani emas. Biz faqat dirijyor 
qо‘llashi mumkin bо‘lgan harakatlar va ularning xilma-xilligini ta’kidlab, ular 
erkinligi va muvofiqligi haqida, ayni vaziyatda esa - qо‘llar mustaqilligi tо‘g‘risidagi 
masalani olg‘a surayapmiz. Dirijyor qо‘llari bir-biriga bog‘liq bо‘lsada, mutlaqo 
erkin vaziyatni tutish lozim. Bir qо‘lni ikkinchisi harakatlarini qaytarishi, bu 
harakatlar boy emasligini kо‘rsatadi, dirijyordagi bir xillik yо‘lini ifodalaydi. Bu 
albatta, simmetrik harakatlarni qо‘llashdan voz kechish kerak degani emas, - kо‘p 
hollarda ulardan qochishning о‘zi qiyin. Masalan, orkestr qudratli va tantanavor 
yangragan chog‘da uning xarakterini yorqin ifoda etish uchun dirijyorning qо‘llari 
о‘z-о‘zidan holatga kirib, bir xil ҳarakatlar bilan biri ikkinchisini qо‘llab-quvvatlaydi. 
Biroq simmetrik harakatlarni uzoq vaqt qо‘llash harakatning kambag‘allashuviga, 
dirijyorlikni bir xillikka olib keladi va ijro etilayotgan musiqaning emotsional 
mohiyati va unda dirijyorning ijodiy xis tuyg‘usi va maqsadini ifodalashga keng 
imkoniyat maydonini yaratib berolmaydi.
О‘ng va chap qо‘l о‘rtasidagi asosiy farq shundaki, taktni belgilashni о‘ng qо‘l 
bajaradi, qolgan vazifalarni esa о‘ng va chap qо‘l birga bajarmog‘i kerak. Vazifalarni 
bu tarzda tо‘g‘ri taqsimlash dirijyorga asarning barcha qirralarini tо‘laligicha ochib 
berishga imkon yaratadi. Shu bilan birga har ikkala qо‘l harakati qat’iy 
muvofiqlashtirilgan va ularning vazifalari xilma-xil bо‘lsa ham va yagona maqsad - 
musiqani barcha detallari bilan imkon qadar tо‘liqroq ijro etishga qaratilgan bо‘lishi 
shart.[2.B.90-91] 
Agar dirijyor chapaqay bо‘lsa, unda chap va о‘ng qо‘l vazifalarni almashtirish 
mumkin, chunki bunday dirijyor asosiy ritmni chap qо‘l bilan (uning uchun yetakchi 
qо‘l) olib borishi, dinamika va qolgan xususiyatlarni esa о‘ng qо‘li bilan bemalol 
kо‘rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning farqi yо‘q. Shunday qilib
quyidagicha yakuniy fikrga kelish mumkinligiga amin bо‘ldik: О‘ng qо‘l taktni 
boshlaydi, ya’ni musiqaning asosiy ritmi va vaznini, uning dinamikasi va xarakterini 
boshqarib boradi. Chap qо‘l zimmasiga esa musiqa dinamikasi va xarakterini 
belgilash, alohida ovozlar yoki orkestr guruhlari, xor, yakkaxonlarni ijroga о‘tishini 
kо‘rsatish vazifasi yuklatiladi: Bu ayniqsa opera va musiqiy teatrga taalluqli holatdir. 
Chap qо‘l musiqiy ijro detallarini kо‘rsatadi, dirijyorning xissiy - badiiy jihatlarini 
ifoda etishiga xizmat qiladi. Istalgan harakatlar erkinligiga va ularni muvofiqligiga, 
qо‘llarning mustaqilligiga qanday erishish mumkin?
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
390
http://oac.dsmi-qf.uz/


Bu maqsadga erishishning dastlabki bosqichi vaznga xos sxemalarni 
о‘zlashtirishdan iborat. Kо‘p holda ushbu sxemalar bilan tanishuvda ikkala qо‘l 
ishlatiladi. Bunda talabada har ikkala qо‘lni simmetrik tarzda harakatlantirish odati 
shakllanadi va bu keyinchalik qо‘l harakatlarini erkinligiga erishishni qiyinlashtiradi. 
Keyinchalik voz kechish lozim bо‘ladigan harakatlarga о‘rganishdan nima foyda? 
Chap qо‘l о‘ng qо‘lni takrorlashga yoki takt belgilashga tayyor bо‘ladi, ammo 
о‘rganuvchining vazifasi aynan shundan qochishni tushunishidadir. 
“Bunday holat ham kuzatilishi mumkin, agar dirijyor chapaqay bо‘lsa. Istisno 
tariqasida dirijyorning chapaqay bо‘lishiga ba’zan yо‘l qо‘yilishi mumkin. Bu holat 
orkestr ijrochilariga ma’lum bо‘lsa, orkestr bunday dirijyorlarga moslashishi oson 
kechadi. Odatda, chap qо‘l о‘ng qо‘l yordamida quyidagi vazifalarni bajaradi: u 
dinamik tuslar (nyuanslar)ni aniqlashtiradi va musiqachilar tegishli jarayonga tayyor 
bо‘lishi uchun bо‘rttiribroq kо‘rsatadi. Bundan tashqari, bu qо‘l dirijyorning butun 
gavda harakatlari bilan birga tegishli Andante lirik yoki ulug‘vor, yoki Allegro 
raqsona yoki chaqqonroq ijro etilishi zarurligini ifodalab beradi. ” [3.B.154]
Dirijyorlik jarayonidida qо‘llarning harakat turlari rang-barang bо‘ladi:
A) parallel - ikkala qо‘l parallel harakatlar bajaradi; 
B) har-xil - bir qо‘l taktlayotganda, ikkinchi qо‘l tovushlarni baland yoki 
sekinlayootganini qо‘rsatadi. Asarni xarakteri, dinamikasi, fakturasi ushbu 
harakterlar bilan kо‘rsatiladi. Shunday bо‘lsa ham qо‘llar uchun ham ma’lum shartli 
harakatlar bor. Masalan juda ohista rr (pianissimo) chalinayotgan kuyni katta, kuchli 
harakatlar bilan kо‘rsatish yoki qattiq tovushdagi ohangni ff (fortissimo) kichkina
irodasiz imo-ishoralar bilan ifodalash mumkin emas. Og‘ir vazminli taronani (legato) 
harakatlar bilan kо‘rsatish mumkin emas. 
Umumiy qoidalardan yana biri-ijro jarayonida о‘ng qо‘l yetakchi vazifani 
bajarib, asarni ratsional (aqliy) mazmunini kо‘satayotgan bо‘lsa, chap qо‘l uni 
emotsional (xissiyot) qirraalarini ifodalaydi. О‘ng qо‘l taktlash (bir maromda urib) 
bilan, ya’ni asarni mezonini (metr) hamda mezon qismlarini kо‘rsatish bilan band 
bо‘ladi. Shu bilan birga u asarni tezligini (sur’at) xarakterini, dinamikasini, 
asboblarning kirishini, urg‘u, fermato va sinkopalarni ham kо‘rsatadi. Xullas, о‘ng 
qо‘lni vazifalari asarni ma’nosi bilan aniqlanadi. Ayni shu harakatlarni chap qо‘l ham 
bajarish mumkin. U ham cholg‘ularni orkestr gruppalari, xorni kirishlarini 
dinamikalarni, kuylarni tuzilishini, jarangni boshlanishi va shuningdek, mazkur 
harakatlarni ikkita qо‘l birgalikda bajarishi ham mumkin. Biroq chap qо‘l bilan doim 
о‘ng qо‘l harakatlarini takrorlamoqlik dirijyor texnik lо‘g‘atining boy emasligini 
kо‘rsatadi. Lekin katta tantanali asarlarni, opera sahnalarini xor, orkestr, solistlar 
ishtirokida ijro qilinayotganida, qо‘llar beixtiyor bir xil imo-ishoralarni qilishi 
mumkin. Dirijyor qо‘l harakatlarining turlari kо‘p. Ammo ularning orasidan ijro 
etilayotgan asarning mazmuniga tо‘g‘ri keladiganlarni tanlash dirijyorni aql-idrokiga, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
391
http://oac.dsmi-qf.uz/


taqakkо‘riga bog‘liqdir. Bu maqsadga etish uchun dirijyor oz bо‘lsa ham о‘zining 
bosh miya tuzilishi xususida bilimlarga ega ega bо‘lish kerak. [4.B.51] 
Meditsina fani shuni kо‘rsatadiki bosh miya har biri о‘ziga yarasha tо‘la 
shakllangan yarimsharlardan iborat. Ikkilasining ishi har xil bо‘lsa ham ular bir-birini 
nazorat qilib turishar ekan. Misol sifatida skripkachini, yoki rо‘bobchini asar ijrosni 
keltirish mumkin. Ularni ikkita qо‘llari bir vaqtning о‘zida turli vazifalarni 
bajarishayotgani ushbu fikrning dalilidir. Shu ma’noda dirijyor ham о‘z qо‘l 
harakatlarini nazorat qilib, bir vaqtda har xil imo-ishoralar qilish mumkin. Buning 
uchun turli mashqlar mavjud. Ularni mukammal bajarish uchun tajriba, boy texnik 
lug‘at va bilim kerak. Bu yо‘l esa mezon (metrik) sxemalarni о‘rganishdan 
boshlanadi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Toshmatov E. Dirijyorlik. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 
nashriyoti, 2008. 252 b. 
2. Azimov K. O‘zbekiston dirijyorlari. T.2001y. 
3. Haqnazarov Z. Dirijyorlik haqida. - T.: “Musiqa” 2012. 254 b. 
4. Ilya Musin’s language of Conducting Gestures” by Mirna Ogrizovic-Ciric. 
(Under the Direction of Mark Cedel), ATHENS, GEORGIA 2009, USA 88-b. 
 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
392
http://oac.dsmi-qf.uz/

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling