Discussions
Download 0.8 Mb.
|
Baxtiyorova Diyora
Rejalashtirish. Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan
masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing» kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar ta'miri va samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda qo'llamoqdalar. DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foydalanuvchi talabiga mos kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining tuzilishini aniqlash yoki o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC tomonidan yanada kuchliroq bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON tizimining bilimlar omborini o'z ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi. XKEL XCON dan farq qilgani holda interaktiv bo'ladi. Interpretatsiyalash. Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling