Diskretizatsiya nima?, Diskretizatsiya jarayonida Kotelnikov teoremasi bajarilmasa nima bo‘ladi?, Diskretizatsiya jarayonida qanday buzilishlar kuzatiladi?, Kvantlanish nima? Kvantlanish darajasi soni qanday tanlanadi


Download 51.91 Kb.
bet2/6
Sana03.06.2024
Hajmi51.91 Kb.
#1841579
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
feruz

Diskretlashtirish cheklovlari:

  1. Axborotning yo'qolishi: Diskretlashtirish muqarrar ravishda ma'lumotni yo'qotishiga olib keladi, chunki uzluksiz qiymatlar cheklangan diskret darajalar to'plami yordamida ifodalanadi. Bu ilova kontekstida ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan taxminiy xatolarni keltirib chiqarishi mumkin.

  2. Hisoblashning murakkabligi: diskretizatsiya ba'zi hollarda hisob-kitoblarni soddalashtirishi mumkin bo'lsa-da, u qo'shimcha hisoblash murakkabligini ham keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa yuqori o'lchamli yoki nozik taneli diskretizatsiyalar bilan ishlashda.

  3. Diskretizatsiya artefaktlari: Diskretizatsiya usuli va parametrlarini tanlash tasvirda artefakt yoki buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa tahlilning aniqligiga yoki ma'lumotlarning qabul qilingan sifatiga ta'sir qilishi mumkin.

Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik jarayon signal deb ataladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovush va shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatida fazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotali radiosignallardan foydalaniladi


Vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar vaqt bo‘yicha chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lib, sathi ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi.

1-rasm
Bunday signallarga mikrofon, temperatura o‘lchagich, bosim o‘lchagich va boshqa shunga o‘xshash asboblar chiqishidagi signal misol bo‘ladi. Bu signallar fizik kattaliklarning elektrik modellari bo‘lganligi, unga mos ravishda o‘zgargani uchun bunday signallar “analog” (o‘xshash, mos) signallar deb ataladi.

2-rasm
2-rasmda keltirilgan signallar vaqt bo‘yicha diskret 𝑡 = 𝑘∆𝑡 (∆𝑡 – diskret vaqt oralig‘i bir xil qiymatli va turlicha bo‘lishi mumkin) va sath bo‘yicha ma’lum bir oraliqdagi har qanday qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin. Bunday signallarni uzluksiz signallarning har bir ∆𝑡 vaqt oralig‘ida qiymatlarini belgilash orqali olish mumkin. Bu jarayon vaqt bo‘yicha diskretlash deb ataladi. Odatda diskretlash oralig‘i ∆𝑡 bir xil qilib, uzluksiz signalni uning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari orqali qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi.

3-rasm
3-rasmda keltirilgan uchinchi tur signallar sath bo‘yicha diskretlangan – kvantlangan bo‘lib, u 𝑘∆𝑡 yoki ma’lum bir uzluksiz vaqt 𝑡 da ma’lum bir diskret qiymatga ega bo‘ladi. Kvantlash natijasida signal sathining oniy qiymati unga eng yaqin bo‘lgan, ruxsat etilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Natijada, zinasimon signal hosil bo‘ladi.
Kvantlash oralig‘i (qadami) bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki eng yaqin ruxsat etilgan oraliq kvantlash oralig‘i (qadami) deb ataladi va odatda ∆𝑈 bilan belgilanadi. Kvantlash oralig‘i bir xil yoki turlicha qilib tanlanishi mumkin. Kvantlash oralig‘i bir xil bo‘lgan signalni qayta tiklashda yuzaga keladigan absolyut xatolik ∆𝑈/2 ga teng bo‘ladi. Ma’lum bir davomiylikka ega bo‘lgan uzluksiz signalni kvantlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolikning o‘rtacha kvadratik qiymati ∆𝑈/12 ga teng bo‘ladi. Odatda ∆𝑈 – uzluksiz signalni uning kvantlangan qiymatlari asosida qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi.
To‘rtinchi tur signallar (4-rasm) ma’lum diskret vaqt 𝑘∆𝑡 larda (𝑘 = 0, 1, 2, … , 𝑛) ma’lum bir diskret qiymatni qabul qiladi. Bunday signallar uzluksiz signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash natijasida olinadi.

4-rasm
Kanallar soni-signallar bir , ikki, yoki ko'p kanalli bo'lishi mumkin (3...8 kanalli) qaysi audio ga ishlov berilayotgan bo'lsa o'sha kanal o'qiladi. Shular raqamli signal parametrlariga kirsa anolog signal parametrlariga –signal kuchi chastrota diapazoni,dinamik diapason kiradi. Ovoz sifatli yani yoqimli bo'lishini ish oxirida : usilitel, kolonka, mikrofon, ovoz yozish va ijro etish apparaturalari ta'minlayda. Signal kuchi- bu signal amplitudasining qanchalik kattaligi kichikligi bilan baholanadi.
Chastota oralig’ inson qulog'i eshitadigan chastota 20hz dan 20000hz (Gers) gacha hisoblanadi. Diskretlash natijasida raqamli tovush paydo bo'ladi. Raqamli tovush bu bitlar ketma-ketligi ko'rinishidagi anolog signal hisoblanadi. Raqamli signalning afzalligi shundaki, kodlangan signallarni masofaga uzatilgandagi yo'qotishlarni kriptografik usullar yordamida tiklash imkonini beradi. Ya'ni, shifrlarni, yo'qotishlarni tiklash, shovqinlardan tozalash imkonini beradi.

Download 51.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling