Дискретлаш-узлуксиз функцияни дискретга айлантиришдир


Download 1.18 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1052316
1   2   3
DA (Destination Address) – ma’lumot yuborilgan kompyuterning
MAC-adresini ko’rsatuvchi qismi (uzunligi 6 bayt);
SA (Source Address) – ma’lumot yuborgan kompyuterning MACadresini ko’rsatuvchi qismi (uzunligi 6 bayt);
L (Length) – uzatilayotgan ma’lumotning uzunligini ko’rsatuvchi qismi (uzunligi 2-bayt);
Ma’lumotlar – uzatilayotgan ma’lumotlarni ko’rsatuvchi qismi
(uzunligi 1500 bayt yoki 1,5 Kbayt);
FCS (Frame Check Sequence) - nazorat qilish summasini ko’rsatuvchi qismi (uzunligi 4 bayt).
Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo’l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo’shilgan bo’ladi. Kadr tarmoq orqali o’z manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan kompyuter ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiradi. Agar ular bir xil bo’lsa, kadr to’g’ri etib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan - kompyuterlar, ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib – Ethernet (Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN) protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.
Tarmoq sathi (Network layer)bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Bu tarmoqlar har-xil ko’rinishdagi topologiyalarga ega bo’lishlari va kompyuterlar o’rtasida xabarlar uzatishning har-xil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o’zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi (5.5-rasm). Tarmoqlar ichida, ya’ni tarmoq osti tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish o’sha tormoqning kanal sathi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni uzatish esa – tarmoq sathi ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar uzatish marshrutlarini to’g’ri tanlash vazifasini bajarish bilan amalga oshiriladi.
Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan kelishib ishlashini ta’minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari paketlar deb ataladi. Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:
1.Tarmoq protokollari (routed protocols) – paketlarni tarmoq orqali harakatlanishini ta’minlab beradigan protokollar.
2.Marshrutlash protokollari (routing protocols) – bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlararo bog’lanishlar haqida axborot yig’ishni amalga oshiradilar.

5.5-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq.


Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IPtarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPXtarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.
Transport sathi (Transport layer)bu sath ilovalarga yoki stekning yuqori sathlariga ma’lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat ko’rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1.Tezkorlik.
2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog’lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo’l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlarni bir poezdga birlashtirib manzilga etkazib berishga o’xshaydi.
4.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
5.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan holatlar – ma’lumotlarni yo’l davomida o’chib ketishi, yo’qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va bog’lamlarning) dasturiy vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling