Dispers materiallarning namligini aniqlash va nazorat qilish ishni bajarishdan maqsad: D
Download 203.29 Kb. Pdf ko'rish
|
3-tajriba ish 2.1
3.2 - LABORATORIYA ISHI DISPERS MATERIALLARNING NAMLIGINI ANIQLASH VA NAZORAT QILISH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Dispers materiallarning namligini aniqlovchi asboblarning tuzilishi, ishlashini o’rganish va namunaviy grafikni qo’llagan holda dispers materiallarning namligini aniqlash. QO’LLANILADIGAN JIHOZLAR: Namunaning namligini aniqlovchi qurilma, namligi aniqlanishi zarur bo’lgan turli ashyolar uchun idishchalar. UMUMIY MA’LUMOTLAR Har xil materiallarni qayta ishlashda ularning namligi ma’lum chegarada bo’lishi talab qilinadi. Bunda ularning namligi va quritilish sifatini nazorat qilib turish ham zarur. Ana shu hollarda namlik o’lchovchi asboblar kerak bo’ladi. Namlik o’lchash-o’zgartkichlari ishlash prinsipiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: - elektr o’tkazuvchanligiga qarab (konduktometrik usul); - dielektrik singdiruvchanligiga qarab (dielektrik usul); - ikkilamchi (yordamchi) moddalarning elektrik va mexanik xossalarining o’zgarishlariga qarab atrof-muhit namligini o’lchash (gigrometrik usul). Qishloq xo’jaligi va to’qimachilik sanoati mahsulotlari va xomashyosi namligini o’lchash ularning elektr parametrlarining aktiv qarshiligi yoki dielektrik doimiysining namlik o’zgarishi bilan asoslanadi. Bunday jismlarning namligini o’lchash uchun konduktometrik yoki elektr sig’imini o’lchash (dielektrik singdiruvchanlik) usullari qo’llaniladi. Ashyo tarkibida namlik bo’lishi uning dielektrik singdiruvchanligini o’zgartiradi. Bunga sabab shuki, ashyo, masalan paxtaning quruq holdagi nisbiy elektr o’tkazuvchanligi 2 - 6 dan oshmaydi. Suvniki esa 80. Shu tufayli ularning namligi ozgina bo’lsa ham, suv borligidan nisbiy elektr o’tkazuvchanligi keskin oshib ketadi. Shuning uchun ulardagi namlikni dielektrik singdiruvchanligini o’lchash yo’li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun ashyo kondensator plastinkalari orasiga joylashtirib, uning elektr sig’imini o’lchash kifoya. Namlikni o’lchash prinsipi ashyoning dielektrik singdiruvchanligi bilan, undagi namlikning foiz miqdori orasidagi bog’liqlikka asoslangan. Namlik o’lchagich radiotexnik elementlardan yig’ilgan alohida sxema (5.1- rasm) va sig’imli sezgir elementdan iborat. Namlik o’zgarganda datchikning sig’imi o’zgarishi bilan elektrik kattalik (tok kuchi, kuchlanish) ham o’zgaradi. Namlik o’lchagichini har xil modda va materiallarning (yog’och, karton, qog’oz, paxta tolasi, teri va hokazo) o’lchashda ishlatish mumkin. 5.1-rasm. Dielektrik usul bilan namlik o’lchovchi laboratoriya qurilmasining elektr prinsipial sxemasi Namlik o’lchagich qurilmasi quyidagicha ishlaydi: T1 va T2 tranzistorlaridan tuzilgan multivibrator to’g’ri burchakli kuchlanishlar impulsini ishlab chiqaradi. T3 va T4 tranzistorlaridan tuzilgan emitter qaytargichlari kam qarshilikka ega bo’lib, mikroampermetr mA-24 bilan multivibrator chiqishini muvofiqlashtirishga mo’ljallangan. Mikroampermetrdan o’tayotgan tok kuchining miqdori multivibrator chiqarayotgan to’g’ri burchakli impulslarning zichligiga bog’liq. Impulslarning zichligi zanjir sig’imiga bog’liq bo’lib, u C1 kondensatori sig’imi va datchikning sig’imi bilan aniqlanadi. Datchikning sig’imi esa namligi o’lchanayotgan materialning namligiga bog’liq. Materialning namligi oshsa, datchikning sig’imi ham oshadi. Ular orasida ma’lum bog’lanish bor. Namlikni o’lchash tartibi quyidagicha: qurilma elektr manbaiga ulangach, datchikning boshlang’ich sig’imi va zanjirning (ulovchi simlarining) umumiy sig’imini muvozanatlashtirish uchun R1 potensiometri yordamida mikroampermetr mili nol holatiga keltiriladi va VК2 ulab-o’chirgichi ulanib, "nazorat" holatiga qo’yiladi. R6 potensiometri yordamida mikroampermetr mili 100 mkA holatga keltirilgach, VК2 "ishchi" holatiga qo’yiladi. Datchikka namligi turlicha bo’lgan ashyo zich joylashtirilib, mikroampermetr ko’rsatmasi yozib olinadi va dispers materiallarning tajribaviy yo’l bilan olingan namliklari (namunaviy grafik) (5.2- rasm) yordamida ashyolarning namligi aniqlanadi. 5.2-rasm. Dispers materiallarining tajribaviy yo’l bilan olingan namliklari ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. Qurilmaning tuzilishi va sxemasi bilan tanishiladi. 2. Qurilma elektr zanjiriga ulanadi va sozlanadi. 3. Namligi turlicha (2-3 xil darajada) bo’lgan ashyo sig’im datchigiga joylashtirilib, mikroampermetrdan o’tayotgan tok o’lchanadi va jadvalga yoziladi. Ashyo datchikka qayta joylashtirilib ushbu tajriba 3 marta takrorlanadi va bu jarayon har xil namlikdagi 3 xil ashyo namunalarida o’tkaziladi. Ularning o’rtacha qiymati topiladi. 4. Olingan ma’lumot bo’yicha namunaviy grafik yordamida ashyolarning namligi aniqlanadi va tegishli xulosa yoziladi. TAJRIBA NATIJALARI JADVALI 5.1-jadval Namlik datchigidan o’tayotgan tok qiymatlari № Material Namligi, % I, mA 1 2 3 o’rtac ha 1 Paxta chigiti bilan 1 10 21 22 23 22 2 20 38 40 36 38 3 25 41 40 42 41 2 Paxta tolasi 1 10 33 34 35 34 2 20 65 64 66 65 3 25 71 72 73 72 3 Yog’o ch qirindi si 1 10 11 12 13 12 2 35 63 64 65 64 3 18 99 98 100 99 BAJARILGAN ISH BO’YICHA HISOBOT MAZMUNI 1. Laboratoriya qurilmasi sxemasi va u haqida qisqacha ma’lumot. 2. Tajriba natijalari jadvali. 3. Xulosa. NAZORAT SAVOLLARI 1. Materiallar namligi nima bilan belgilanadi? 2. Namlik o’zgartkichlari ishlash prinsipiga qarab qanday turlarga bo’linadi? 3. Gigrometrik namlik o’zgartkichining ishlash prinsipi nimaga asoslangan? 4. Sig’im namlik o’zgartkichining ishlash prinsipi nimaga asoslangan? Download 203.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling