Dispersiya yo'li bilan nanozarra ultra mikroo’gitlar ishlab chiqish


Download 18.59 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi18.59 Kb.
#1270945
Bog'liq
Marjona loyiha shakli


DISPERSIYA YO'LI BILAN NANOZARRA ULTRA MIKROO’GITLAR ISHLAB CHIQISH
G’oya muallifi: Xolmurodova Marjona Xurshid qizi
xolmurodovamarjona988@gmail.com

Mohiyat. Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovi talablariga mos ravishda taklif etilayotgan loyiha bajarilishi davomida Dispersiya yo'li bilan nanozarra ultra mikroo’gitlar ishlab chiqish yo’lga qoyilib, Qishloq xo’jaligida amalda o’g’itlarning qo’llanishi oqibatida atrof muhitning va ekologik turg’unlikning yomonlashuvi yildan yilga ekinlarnig o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir kamaytiriladi.


Taklif etilayotgan O’git tarkibidagi oziq elementlarini o’simlik samarador o’zlashtiradigan zarralar holida qo’llash element zarralarining bir-biri bilan va yuttirilgan mikrob polisaxarid asosli substrat bilan o'zaro ta'siri tufayli bu ozuq elementlar deformatsiyalanib nozik nanoxajimli zarralarni hosil qiladi.
O’gitni Orol dengizining qurigan tubidagi yerda qo’llash natijasida sug’orishlarga chek qo’yilib xar galgi sug’orish oqibatida toksik tuzlar ko’tarilishini oldi olinadi. Sug’orma suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga erishiladi. Orol dengizining qurigan tubining ekologik, tuproq-iqlim sharoitlari yumshatilib, moslashgan oʻsimliklarni hudud tuprogʻining shoʻrlanganlik darajasi pasayishi hisobdan maqbul mikrobpolisaxarid plyonkalari qoplamalari xosil bo’lishidan tuproq biologiyasi shkillanib joylashtirilgan o’simlik urugʻlarining unuvchanligi yaxshilanib koʻchat yo’qotilishi kamayadi nanopolisaxarid kompazidli ultra mikro o’gitning tarkibi o’simlik o’sib rivojlanishi uchun kerakli unsurlar bilan boyitilib, qo’llashning samarador nanoagrotexnologiyasi ishlab chiqiladi.
O’g’it tarkibidagi ozuq elementlarining nanostruktural o'lchamlari kamida 10-20 nm bo'lishiga erishishda vaqt birligida elementlarni nanoparchalanish intensivligini va kameradagi haroratni nazorat qilish, muhitni pH ni tanlash va aniq o’lchov birligidagi nanoo'lchamlarning geometrik nisbatlarini tanlash orqali turli o'lchamdagi, shakldagi va darajadagi agregatlangan nanozarrachalarni olishga erishiladi.
Modifikasiyalangann nanokompazit mikrob egzopolisaxarid o’g’itlarni suspenziya ko’rinishda qo’llashda Sirt faolligini oshirishda emulsifikatorlar va stabilizatorlardan foydalanish orqali zarrachalarning aglomeratsiyasini kamaytirishga va shu bilan yanada nozik zarralar olinadi. Sirt faol moddalarni qo’llashning naqtijasida barglarni ozuq elementlar tasirida kuyib qolishi (oksidlanishni) oldi olinadi. Bundan tashqari nanosuspenziya qo’llanganda zarralarning turg’unligi etarli liofillik va past sirt energiyasi bilan dispersiya o'z-o'zidan davom etish taminlanadi.
Afzalliklar. Odatiy o’g’itlarni qo’llash albatta sug’orishlarni talab qiladi bu esa o’z navbatta sho’rlangan maydonlarda namlik qochgandan keyin namlik brogan tuproq qatlamidagi tuzlarning katta qismini yuzaga kotarilishi oqibatta o’simlik bo’g’zini qisib qoyishi natijasida nobut bo’lishiga olib keladi bilamizki yosh nihollarda dastlabki paytda o’g’it va suvga talab yuqori bo’lmaydi va biz taklif qilayotgan o’g’it qo’llanilishi orqali mikrob polisaxaridning nozik plyonkasi tuproq yuzasini qoplab unga yuttirilgan dispersion nanozarra elementlar ko’chatlarni dastlabgi ozuqa bilan taminlaydi.
Kamchiliklari. Juda nozik nanozarralarni olish kam miqdorda bo’lib ishlab chiqarish xajmi kattalashsa kichik o’lchamga erishish mumkin emasligi, qoplama materialining va silliqlash vositalarining ifloslanishi, oksidlanish, yuqori energiya xarajatlari, past samaradorlik. Biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ozuq elementlarini Ultratovush usullar bilan nanoparchalab mikrob polisaxaridiga shimdirdik va qo’llash samaradorligi uchun suspenziya bilan tuproqlarni ishlashni taklif qilmoqdamiz. Bu orqali ekin maydonida ozuq unsurlari bir xil tarqalib yupqa polisaxarid plyonka xosil qilish natijasida tuzlar ko’tarilishi oldi olinadi.
Download 18.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling