Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К
Tadqiqot ob’ekti va predmet
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
- Ilmiy yangiligi
Tadqiqot ob’ekti va predmet:
«ATLANT TRANS SERVIS» MCHJ da bilvosita soliqlar hisobi va tahlilini takomillashtirish hisoblanadi. Predmeti bo’lib, bilvosita soliqlar hisobi va tahlilini takomillashtirish jarayonida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidan iborat. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Xo’jalik sub’ektlarda bilvosita soliqlar hisobi va tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Dissertatsiya ishining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab 3 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. . – T.: O’zbekiston, 2017, 29-b. 5 olindi: - bilvosita soliqlarning mohiyatini ochib berish va uning iqtisodiyotda tutgan o’rnini baholash; - qo’shilgan qiymat solig’ining moliyaviy hisobini takomillashtirish maqsadida amaldagi schyotlar rejasiga yangi ishchi schyotlar kiritishni tavsiya etish; - xo’jalik sub’ektlarda aktsiz solig’ini hisobini yuritilish, aktsizosti tovarlarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga va iste’molchilar daromadlariga qay darajada ta’sir qilishini tahlil qilish; - xo’jalik sub’ektlarida qo’shilgan qiymat solig’ining tahlilini tashkil etish va o’tkazishning nazariy-uslubiy asoslarini o’rganish; - amaliyotda qo’llanib kelinayotgan aktsiz solig’ini hisoblash mexanizmini tahlil qilish va shu asosida bu mexanizmda mavjud bo’lgan kamchiliklarni aniqlash; - byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ini tahlil qilishda xo’jalik sub’ekti samaradorligiga ta’siriga baho berish. Ilmiy yangiligi: - «ATLANT TRANS SERVIS» MCHJ da bilvosita soliqlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatida tutgan o’rniga baho berildi; - bilvosita soliqlarning hisobini takomillashtirishga qaratilgan yangi ishchi schyotlar ishlab chiqildi va amaldagi schyotlar rejasiga kiritish asoslandi; - xo’jalik sub’ektlarida aktsiz va qo’shilgan qiymat solig’ining tahlilini tashkil etish va o’tkazishning nazariy-uslubiy asoslarini o’rganildi; - xo’jalik sub’ektlarda aktsiz solig’ini hisobini yuritilish, aktsizosti tovarlarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga va iste’molchilar daromadlariga qay darajada ta’sir qilishini tahlili o’rganildi; - byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ini tahlil qilishda xo’jalik sub’ekti samaradorligiga ta’siriga baho berish yuzasidan takliflar berilgan. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling