Dissеrtаtsiуа termiz-2023 surxondaryo dealektal fitonim(O‘simlik)larining leksik- semantik xususiyatlari


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 0.54 Mb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1627467
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamadiyeva Yulduz taqdimot1

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: fitonimikaning nazariy masalalarini yoritish, fitonimlarning lisoniy maqomini belgilash, Surxondaryo dialektal fitonimlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
Fitonimlarning lisoniy maqomini belgilash; fitonomika sohasining tadqiq obyekti va ko‘lamini izohlash; fitonimlarning nominatsion-motivatsion asoslarini aniqlash; fitonimlarni nominatsion-motivatsion va leksik-semantik tahlil qilish; Surxondaryo dialektal fitonimlarini leksik-semantik tasniflash; Surxondaryo dialektal fitonimiyasini tartibga solish yuzasidan tavsiyalar berish.
Tadqiqotning obyekti sifatida «O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestri», «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi», botanik ensiklopediya, botanika, seleksiya, o‘simlikshunoslik va polizchilikka oid ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlardan, ommaviy nashrlardan va dialektologik ekspeditsiyalar jarayonida to‘plangan o‘zbek tilining hamda Surxondaryo dialektal fitonimik birliklari olingan.
Fitonimlarning onomastik tizimdagi lisoniy maqomi aniqlangan
Fitonimlar guruhiga kiruvchi nominativ birliklar va fitonimika sohasining tadqiq ko‘lami, vazifalari belgilangan
Fitonimlarning leksik-semantik xususiyatlari va onomastik vazifasi izohlangan
Fitonimlarning nominatsion-motivatsion asoslari va lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlari yoritilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
I BOB. SURXONDARYO DEALEKTAL FITONIM(O‘SIMLIK)LARINING NAZARIY MASALALARI
1.1Surxondaryo dialektlari lingvistik tadqiqot manbai sifatida
Surxondaryoda, hatto o‘zbek tilshunosligida fitonimlar, xususan, o‘simliklarning atoqli otlari maxsus o‘rganilmaganligi bois fitonimlarning lisoniy maqomi belgi-xususiyatlari ham tadqiq etilmagan. Biz to‘plagan Surxondaryodagi dialekteal o‘simliklarning maxsus atoqli otlari tahlili jarayonida fitonimlarning lisoniy maqomini quyidagicha belgilashni lozim topdik;

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling