126. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Elektrod potensial. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi turlicha namoyon bo’ladi. Rux qo’rg’oshin nitratidan qo’rg’ashinni siqib chiqaradi:
Zn+Pb(NO3)2→Pb↓ +Zn(NO3)2
Lekin, Qo’rg’oshin xuddi shu sharoitda nitratidan ruxni siqib chiqara olmaydi. Demak, rux qo’rg’oshinga nisbatan kuchli qaytaruvchi. Qo’rg’oshin esa o’z navbatida misni uning tuzlaridan siqib chiqaradi, demak undan ko’ra kuchliroq qaytaruvchidir.
Bir metallni boshqa metallar ularning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini rus olimi N.N.Beketov batafsil o’rgangan. U metalni “siqib chiqarish qatori”ga joylashtirdi va ularning orasida vodorodning o’rnini ko’rsatib berdi. Hozirgi vaqtda bu qator metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori yoki metallarning standart elektrod patensiallari qatori deb ataladi.
Har bir metall o’zidan keying metallni uning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi. Vodorodgacha chap tomondan joylashgan metallar uni kislatalar eritmalaridan siqib chiqaradi (litiy va magniy orolig’idagi metallar vodorodni suvdan odatdagi haroratda siqib chiqaradi). Vodoroddan keyin o’ng tarafda turgan metallar uni kislatalarning suvli eritmalarida siqib chiqara olmaydi. Metall atomi o’zining valent elektronlarini qanchalik oson bersa, u shunchalik kuchli qaytaruvchi hisoblanadi.
← Oddiy moddalar qaytaruvchilik xossalarining kuchayishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |