143. Tashqi va ichki koordinatsion qavat (sfera)lar. A. Vernerning fikricha, kompleks birikmalar ikki sferadan tarkib topgan:
birinchi (ichki),
ikkinchi (tashqi).
Olim xaligacha fanda ma`lum bo`lmagan koordinatsion son xaqida
tushuncha kiritdi. A. Verner ta`kidlaydiki, oddiy birikmalar uchun valentlik qanday
katta ma`noga ega bo`lsa, kompleks birikmalar uchun koordinatsion son xam
xuddi shunday axamiyat kasb etadi. Uning yana bir muxim kashfiyoti-kompleks
birikmalarning fazoviy tuzilishi xaqidagi g`oyasidir. o`z nazariyasini asoslash
uchuн Verner kimyoviy va fizikaviy tadqiqot usullarini birga olib borishni
qo`lladi. A. Miolati bilan birga kompleks birikmalarning elektr o`tkazuvchanligini
o`lchash usuli bilan uning tashqi sferasidagi ionlar sonini aniqlash mumkinligini
isbotladilar:
1. Kompleks birikmalarning ichki sferasi - noelektrolit ya`ni elektr tokini
o`tkazmaydi.
2. Kompleks birikmalar eritmalarining elektr o`tkazuvchanligi ularning
ionlarga dissotsilanishi bilan belgilanadi.
Olimlarning aniqlashicha, Pt(IV) va Co(III) ionlarining ammiakli
komplekslari bir xil elektr o`tkazuvchanlikka ega ekan, ya`ni ular izo-struktur
bo`lib, oktaedrik tuzilishiga ega. SHunga ko`ra ular kompleks birikmalar uchun
elektr o`tkazuvchanlik diagrammasini tuzdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |