Distilyatsiya jarayoni reja: Kirish I. Bob. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari


Missellani distillyatsiyalashni asosiy texnologik sxemalari


Download 155.58 Kb.
bet4/8
Sana21.01.2023
Hajmi155.58 Kb.
#1107494
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DISTILYATSIYA JARAYONI

1.3. Missellani distillyatsiyalashni asosiy texnologik sxemalari

Missellani distillyatsiyaga uzatishdan oldin isitkich deb nomlanuvchi quvurli issiqlik almashinish apparatlarida 60...70 0C gacha isitiladi. Apparat harakatlanish davomiyligi va shnekli bug‘latkich yoki dastlabki distillyatordan ma’lum haroratda keluvchi issiqlik tashuvchi vazifasini bajaruvchi suv va benzin bug‘lari bilan missellani ta’sir davrini oshirish maqsadida to‘siqlarga ega bo‘ladi. Bunday isitish jarayoni distillyatsiya jarayonida isitish yuzasidan bevosita erituvchini bug‘latishga imkon beradi.


Distillyatsiya – moy eritmasiga erituvchida issiqlik ishlovi berish jarayonidir. Erituvchini bug‘ holatiga o‘tkazdirish va bug‘larni chiqarib, ularni kondensatsiyalash jarayonlaridan iborat. Erituvchi moy tarkibidan imkon qadar qisqa muddat va past haroratlarda to‘laqonli ajratilib olinishi kerak.
Molekulyar – kinetik nazariya nuqtai nazaridan bug‘ hosil bo‘lish jarayonining mexanizmi quyidagicha: suyuqlik molekulalari berilgan vaqtda isitish yuzasi yaqinida yuqori tezlikga ega bo‘ladi va suyuqlik ustidagi bo‘shliqqa uchib chiqib, erkin holatga o‘tadi. Har bir bunday molekula suyuqlikni tortishish kuchlarini va tashqi bosim qarshiligini yengib o‘tadi. Suyuqlik tarkibida har qanday haroratda energiyasi moddani boshqa molekulalar bilan bog‘lanishni potensial energiyasidan yuqori bo‘lgan molekulalarni ma’lum bir miqdori bo‘ladi. Harorat oshishi bilan molekulalarni kinetik energiyasi ortadi, ya’ni molekulalarni harakat tezligi oshib, boshqa zarrachalar bilan bog‘lanishni potensial energiyasidan ortadi. Bug‘lanishda suyuqlik yuzasidan maksimal kinetik energiyaga ega, tezligi yuqori bo‘lgan zarrachalar uchib chiqadi. Natijada qolgan zarrachalarni o‘rtacha kinetik energiyasi kamayadi, shuning uchun bug‘lanish jarayonida suyuqlikni sovushi kuzatiladi.
Missella tarkibidan erituvchini haydash jarayoniga qo‘yiladigan asosiy talab tayyor ekstraksion moy sifati bilan belgilanib, bunda erituvchi jarayonni minimal davomiyligi va haroratida ajratib olinishi kerak. Bu talablarni faqatgina erituvchini bosqichli haydashda, missella tarkibidagi moy ortgan sari unga ta’sir usulini o‘zgartirish orqali amalga oshirish mumkin. Sanoat qurilmalarida missellani distillyatsiyasi odatda ikki yoki uch bosqichli sxemada amalga oshiriladi. Uch bosqichli distillyatsiya jarayoni HD-1250 ekstraksion liniyada amalga oshiriladi. Qurilma atmosfera bosimida ishlovchi ikkita plyonkali distillyatorlardan (birinchi va ikkinchi bosqich) va vakuum ostida ishlovchi (uchinchi bosqich) distillyatoridan tashkil topgan.
Apparat konstruksiyasi separator (1) va quvurli seksiyadan (2) tashkil topgan. Missella quvurlarni ichki yuzasidan yupqa ko‘tariluvchi qatlam holida o‘tadi. Harorati 180...200 0C bo‘lgan R=0,3 MPa bosimli qizdirilgan bug‘ bilan isitiladi.
M issella qaynab, ko‘p miqdorda erituvchi pufakchalarini hosil qiladi, ular katta tezlikda quvurlar bo‘ylab ko‘tarilib, o‘zi bilan missellani ham olib chiqib ketadi va aralashma separatorga kelib tushadi.
Missella 15...20 % konsentratsiyadan 55...60 % gacha quyultirilib, 60...85 0C
haroratda separatorning quyi qismida yig‘iladi va nasos yordamida ikkinchi bosqichga uzatiladi (49-rasm).
Ikkinchi bosqichda bug‘ parametrlari va apparat konstruksiyasi birinchi bosqichdagi kabi bo‘ladi. Plyonkali distillyatorning ikkinchi bosqichidan so‘ng missella konsentratsiyasi 90...95 % gacha ortib, apparatdan chiqishdagi harorati – 95...100 0C bo‘ladi.
Yakuniy bosqich distillyatori tomchi ushlagich va uchta kamera – purkovchi (3), plyonkali (4) va dezoratsion (5) kameralardan tashkil topgan.
B u yerda distillyatsiyaning uchchala usuli - purkash, oquvchi qavat va qatlamdagi distillyatsiya usullari uyg‘unlashadi. Qizdirilgan missella ikkinchi bosqich plyonkali distillyatordan purkovchi forsunkalarga (2) keladi. Bosim ostida purkashda erituvchi intensiv ravishda haydaladi. So‘ngra yuqori konsentratsiyali missella tomchilari qasqonlar bo‘yicha tarqalib, pastga yupqa qatlam holida oqib tushadi, unga qarab o‘tkir bug‘haydaladi va erituvchi qo‘shimcha ravishda haydaladi.
Dezodoratsion kamerada (5) deyarli tayyor bo‘lgan moy 400...450 mm qalinlikdagi qatlamda o‘tkir qizdirilgan bug‘ bilan 100...110 0C haroratgacha
ishlov beriladi. Moy erituvchidan to‘liq tozalanadi va sovutishga keladi (50-rasm). MEZ – ekstraksion liniyaning distillyasion qurilmasi uch bosqichdan iborat:
1-bosqich: ekonomayzer – sepator sistemasida shnekli bug‘latkichning ikkilamchi bug‘larini issiqligi ta’sirida erituvchini qaynatish yo‘li bilan ajratish.
2-bosqich: bug‘ qavatini issiqligi ta’sirida erituvchini separatorli quvurli vertikal bug‘latkichda erituvchini ajratish.
3-bosqich: erituvchi qoldiqlari bug‘lanish va suv bug‘i bilan dastlab isitkich – bug‘latkichda, so‘ngra plastinali distillyatorda haydash yo‘li bilan ajratiladi.
Distillyatsiyani uch bosqichi ham vakuum ostida amalga oshiriladi.Karuselli rotorli ekstraktorga ega distillyasion qurilma uch bosqichli sxema asosida ishlaydi:
1-bosqich: pastga oquvchi qatlamli bug‘latkich, 0,05 MPa vakuum ostida ishlaydi;
2-bosqich: xuddi shunday vakuum ostida ishlovchi, yuqoriga ko‘tariluvchi plyonka bilan ishlovchi bug‘latkich;
3-bosqich: ikkitali vakuumli rektifikatsion kolonna. Distillyatsiyani barcha sxemalarida moy 90 0C gacha isitiladi, bu esa moyni yuqori sifatini ta’minlaydi.


Download 155.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling