Дизайн без названия
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
rustamjon
Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish, ularning bozor va nominal qiymatini hisobga olish tartibi va bir aktsiyaga to'g'ri keladigan foydani aniqlash. Buxgalteriya hisobi Baratov Husniddin 72G-20I Arowwai Industries 79% 55% 88% Obligatsiya esa – emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiya nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini uni chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga va uning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini va boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. Ya’ni, obligatsiya sotib olgan shaxs oldida emitent qarz majburiyatni bo’yniga oladi. Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik kompaniyalari (AO) tomonidan chiqariladi. Ammo qonunchilikdagi o’zgarishlarga ko’ra, 2020-yilning fevral oyidan boshlab O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) uchun ham korporativ obligatsiyalar chiqarish imkoni yaratilgan. Aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Sodda til bilan tushuntirganda, aksiya emitent (kompaniya) uchun qo’shimcha daromad jalb etish maqsadida maxsus vakolatli organlar – Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi – hozirda Moliya vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz – korporativ axborot yagona portali va ma’lumot oshkoraligini ta’minlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling