Dizel yonilg’ilarining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyati Reja: Umumiy ma'lumotlar Ekspluatatsion talablar
Dizel yonig’ilarining past haroratdagi xossalari
Download 105.42 Kb.
|
Dizel yonilg’ilarining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyati
Dizel yonig’ilarining past haroratdagi xossalari.Yilning sovuq vaqtida dvigatellarini ishlatishda yonilg’ining qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta rol o’ynaydi. Bu xossalari xiralashish va qotish hroratlari bilan baholanadi. Xiralanish harorati deb, yonilg’ining faza bo’yicha bir jinsliligi yo’qoladigan haroratga aytiladi. Masalan, dizel yonilg’isi rangsiz shishadan tayyorlangan probirkaga solinib, sovitilsa, muayyan haroratda u xiralasha boshlaydi, bunda parfin uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonilg’ining tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Yonilg’i asta-sekin sovitilsa parfin kristallari kattalashadi va yonilg’i harakatlanish qobiliyatini yo’kotadi. Yonilg’ining harakatlanuvchanligi yo’qoladigan harorat qotish harorati deyiladi. Yonilg’ining harorati shu darajaga etganda yonilg’i oquvchanligini yo’qotadi, yonilg’ini dvigatel ŝilindrlariga uzatishning iloji bo’lmay qoladi. Yozgi yonilg’ining qotish temperaturasi minus 10 0S dan, qishniki mo’tadil iqlimli zonalar uchun minus 350S dan, sovuq zonalar uchun minus 45 0S dan, shimoliy yonilg’ilar uchun minus 55 0S dan yuqori èmas. Mexanik aralashmalar va suv. Yonilg’i apparati detallarini va dvigatelning o’zini eyilishiga sabab bo’lgani, shuningdek yonilg’ining uzluksiz uzatilib turilishiga zararli ta’sir ko’rsatgani uchun dizel yonilg’isi tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo’lmasligi kerak. Yonilg’ining rusmlari. Avtomobillar uchun uch rusmdagi: L (yozgi) Z (qishki) A (arktik) dizel yonilg’ilari ishlab chiqariladi. Dizel yonilg’isining turlari. Tarkibida oltingugurtning miqdoriga ko’ra ikki xil: 1-massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,2% gacha 2-massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,5% gacha (arktik moylar uchun 0,4%) bo’lgan dizel yonilg’ilari bo’ladi. Dizel yonilg’isining shartli ifodasi. Barcha markadagi dizel yonilg’isining shartli ifodasi undagi massasi bo’yicha oltingugurt miqdori va yozgi yonilg’i uchun qo’shimcha ravishda o’t olish harorati, qishki yonilg’ilar uchun qotish harorati ham yoziladi. Masalan, L-0,2-40 massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,2% gacha va o’t olish harorati 400S bo’lgan, 3-0,2-35 oltingugurt miqdori 0,2 % gacha qotish harorati minus 350S bo’lgan qishki dizel yonilg’isi A-0,4 massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,4% bo’lgan arktik dizel yonilg’isidir. Ishlatilishi. L markali dizel yonilg’isi atrof havo harorati 00S dan yuqori, Z markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 200S gacha, A markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 500S gacha bo’lganda ishlatiladi. Download 105.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling