Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet14/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

2.1.2 –jadval
Tajriba o‘tkazilgan maydon tuproqlarining dastlabki agrokimyoviy ta’rifi

Turoq qatlami, sm

Gumus, %

Umumiy, %

Harakatchan shaklda,
mg/kg

N

R

K

N-NO3

P2O5

K2O

0-30

1,6

0,16

0,14

1,9

9,1

31,0

221

30-50

0,9

0,04

0,9

0,7

6,2

14,1

123

Xulosa qilib aytish mumkinki, tumanning tuproq va iqlim sharoitlari, sun’iy sug‘orish imkoniyatlari, tuproqning sho‘rlanmaganligi qushqo’nmas ekinining navlarini to‘g‘ri tanlab joylashtirish, qulay muddatlarda maqbul tup ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’yorida oziqlantirib parvarishlash orqali yuqori, sifatli hamda arzon hosil olishni ta’minlaydi.


2.2. Tadqiqotning maqsadi, vazifasi va o‘tkazish uslubi.
Bizning tajribamiz Andijon viloyati Marhamat tumani o’tloqi bo’z tuproq sharoitida olib borildi. Tajribani o‘tkazishdan maqsad Andijon viloyati Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida o‘sayotgan qushqo’nmas (silybum marianum.l)ning yetishtirish texnalogiyasi va dorivorlik hususiyatlari, ekish muddati va o’g’itlash me’yorlarini uning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri va o‘sib rivojlanishini o‘rganish asosida qushqo’nmas o‘simligining ekish muddatlari va o’g’itlash me’yorlarini o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi ta’siri samaradorligini aniqlash hamda sanoatbop maxsulot va urug‘ xosili olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
O‘simliklarni biomorfologik xususiyatlari Rabotnov [1950], Serebryakov [1964] usullari bilan o‘rganiladi.
O‘simlikning morfologik belgilarini aniqlashda Al.A. Fedorov (1986), gulining morfologiyasini tahlil etishda esa Z.G. Bespalova (1965), urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlashda esa T.T. Raximovaning (2009) metodik qo‘llanmasidan foydalanildi
Ildiz sistemasini o‘rganishda Krasilnikovning [1983] uslublaridan foydalaniladi.
O‘simliklarning mavsumiy rivojlanish maromini o‘rganishda I.V. Borisova (1972), I.N. Beydeman (1974) va Zaytsev [1978] usullaridan foydalanildi.
O‘simliklarni mavsumiy rivojlanishi Beydeman [1974] usullari bilan o‘rganildi.
Tashqi omillarga munosabati Lapin, Ryabova [1968], Belolipov [1976] va boshqa olimlar metodikasiga binoan kuzatildi.
Tajribani qo‘yish, kuzatishlar, hisob va tahlillarni qilishda B.A. Dospexovning «Metodika polevogo opita» [1979] va O‘ZPITIda ishlab chiqilgan «Dala tajribalari uslubiyatidan [2007] foydalaniladi.
Qushqo’nmas o‘simligini ekish muddati, o’g’itlash me’yorini tanlash hosil miqdoriga va uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi.
Dala tajribalari tajriba tizimi bo‘yicha qushqo’nmasning ekish muddat va o’g’itlash me’yorlari asosida qo‘yildi. Dala tajribalari PSUEAITIning “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” metodik qo‘llanmasi asosida kichik tajriba xo‘jaligida olib borildi. Dala tajribalari sistemali oddiy 4 takrorlanishda, 9 variantda joylashtirildi. Bir takrorlash maydoni 216 m2, hisobga olish maydoni 108 m2, tajribaning umumiy maydoni 864 m2 yoki 0,08 ga. Kuzatuv olib boriladigan o‘simliklar soni 20 tadan iborat.
Tadqiqot ob’ekti sifatida Andijon viloyati Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida qushqo’nmas o‘simligi o‘rganildi.O’tloqi bo’z tuproq qushqo’nmas o’simligi o’sishi va rivojlanishi uchun juda qulay bo’lib unda o’simlik huddi tabiiy ravishda o’sganday rivojlandi.
Tuproq va iqlim sharoitlari, sun’iy sug‘orish imkoniyatlari, tuproqning sho‘rlanmaganligi qushqo’nmas ekinining navlarini to‘g‘ri tanlab joylashtirish, qulay muddatlarda maqbul tup ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’yorida oziqlantirib parvarishlash orqali yuqori, sifatli hamda arzon hosil olishni ta’minlaydi



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling