Djumayeva gulnoraning adabiyot fanidan


xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan


Download 1.01 Mb.
bet4/5
Sana23.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1225607
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maktab Abdulla qodiriy 7-sinf 2022

xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan:
prikazchik (yugurdaklik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan. Abdulla Qodiriy Oktabr to‘ntarishidan keyin qator sho‘ro idoralarida xizmat qildi.
Hamisha xalq orasida bo‘lgan, uning ehtiyojlarini, og‘riqli joylarini, kayfi yat-u istaklarini bilgan yozuvchi asarlaridagi dilbar obrazlar orqali o‘zi mansub bo‘lgan xalqning turmushini yaxshilash,
ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘ururini uyg‘otishga intildi.
Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo‘lmaqo‘l bo‘lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jur nali hamisha talash bo‘lardi. Romanlarini o‘qish uchun navbat kutib turganlarning sanog‘iga yetib bo‘lmas, «O‘tkan
kunlar» romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi. Chunki adib inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur, ta’sirli va haqqoniy aks ettirardi.
Uning asarlari yolg‘iz haqqoniylikdan tashqari, go‘zal ifoda uslubi bilan ham ajralib turardi.
O‘zbek adabiy tilining hozirgi shaklini bunyod etishda hech bir yozuvchi Abdulla Qodiriy kabi muhim
o‘rin tutmagan.
Haq gapni hayiqmay aytayotgan, millatiga o‘zini tanitayotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar
va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida Abdulla Qodiriyga ko‘p bor chovut solishdi.
1926-yildayoq «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘siz lantirdi» degan uydirma ayb qo‘yib, adibni qamoqqa hukm qilishdi.
Lekin aybning uydirmaligi, guvohlarning soxtaligi shu darajada ayon ediki, adibni qamoqqa tiqishga jur’at
etishmadi. Bu, zamon zo‘rlari nazarida, yozuvchini o‘ziga xos «ogohlantirish» edi
.Adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri»
xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi.
«O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» singari roman va qissalari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling