Savol va topshiriqlar.
1. Orfografiya (imlo) deb nimaga aytiladi?
2. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari haqida nimalarni bilasiz?
3. Yangi imlo qoidalari haqida gapirib bering.
4. Imlo tamoyillarini tushuntirib bering.
97-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi ajratib ko‘rsatilgan
so‘zlarning qaysi imlo tamoyili asosida yozilganini toping.
Vatan… Nima o‘zi?
Daraxtni tasavvur qiling. Uning ildizi — Vatan. Osmonga intilayotgan shoxi
ham — Vatan. Xazonlarda uchayotgan barglari, qurt tushgan, qurigan shoxlari ham
— Vatan. Hali shakllanmagan kurtaklari xayolidagi mevalari ham — Vatan…
Ildizsiz Vatan yo‘q.
Mevasiz, urug‘siz ham… Shuning uchun ham u “og‘riqdan iborat”. Biz
Vatanimiz O‘zbekistonni mukammal ko‘rgimiz keladi. Uning mukammalligi esa
bizga — shu yurt farzandlariga bog‘liq. (Usmon Azim)
Do'stlaringiz bilan baham: |