Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

Tayanch  iboralar:    butunlik,  qism,  tizim,  sistema,  tovush  tizimi,  lug‘at 
tarkibi,  grammatik  qurilish,  til  tovushlari,  nutq  tovushlari,  ohang,  kelishik, 
grammatik jihatdan bog‘lanish.   
 
Topshiriq. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Birinchi 
Prezidenti 
I.A.Karimovning  “O‘zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida”  nomli  asarida 
berilgan  “Ona  tilini  bilmaydigan  odam  o‘zining  shajarasini,  o‘zining  ildizini 
bilmaydigan,  kelajagi  yo‘q  odamdir”  ,  –  degan  fikrining  mag‘zini  chaqishga 
harakat  qiling.  O‘z  shajarangizni  bilasizmi,  buning  ona  tiliga  qanday  aloqasi 
borligi to‘g‘risida suhbatlashing.  
 


Olamdagi  barcha  narsalar:  quyosh,  yer,  oy,  yulduzlarning  bir-birlari  bilan 
mustaqkam aloqadorlikda harakatlanishini ilm-fan allaqachon isbotlab bergan. Har 
bir  narsa  va  hodisa  ostida  yaxlit  bir  butunlik  yotadi.  Butunlikning  mavjudligini 
uning  o‘zi,  uni  tashkil  etuvchi  qismlar,  qismlarning  bir-birlariga  va  butunlikka 
nisbatan bo‘lgan aloqalari tashkil etadi. Bundan til hodisasi ham  mustasno emas. 
Masalan, oy, quyosh, yulduzlar  – barchasi bir-birlari bilan birlashib bir butunlikni 
–  Quyosh  sistemasini  tashkil  qilganidek,  til  ham  o‘z  tuzilishiga  ega.  Bu  tuzilish 
ichki  tomondan  struktura,  umumiy  holatda  esa  sistema  (tizim)  deb  ataladi.  Har 
qanday  sistema  (tizim)  uchta  narsa:  a)  butunlik;  b)  qismlar;  v)  butunlik  bilan 
qismlarning  va  o‘z  navbatida  qismlarning  o‘zaro  aloqalaridan  tashkil    topgan 
bo‘ladi.  Demak,  til  yaxlit  bir  butunlik  –  sistema  (tizim)  sanaladi.  Mazkur 
sistemaning  o‘z  ichki  qonuniyatlari  bor  va  har  qanday  holatda  ushbu 
qonuniyatlardan chetga chiqilmaydi.     
Struktur  jihatdan  har  bir  tilning,    jumladan,  o‘zbek  tilining  ham  quyidagi 
uchta uzviy qismi bor: 1.Tovush tizimi. 2. Lug‘at tarkibi.                           3. 
Grammatik qurilishi.  
Har  bir  inson  tilida  u  mansub  bo‘lgan  xalq  tomonidan  qo‘llaniladigan 
tovushlarning mavhum obrazi mavjud bo‘ladi. Bu obraz, avvalo, xalqning va shu 
xalq tilida gaplashadigan har bir insonning ongida gavdalanadi.  Ularni nutq orqali 
yuzaga  chiqarish  mumkin.  Ular  alohida  a,  b,  v,  g,  d,  t,  z,  s,  o,  i,  u,  o‘,  e  tarzida 
talaffuz  etilganda,  mavhum  bo‘lib  ko‘rinishi  mumkin,  ammo  so‘zlar  ichida 
qo‘llaganimizda ma’no farqlash vazifasini bajaradi. Aynan mana shu xususiyatiga 
ko‘ra ularga til tovushlari deyiladi. Masalan, q, u, sh deyishimiz bilan ongimizda 
ularning  bir-birlariga  sira  o‘xshamas  obrazlari  paydo  bo‘ladi. Mazkur  tovushlarni 
birgalikda  talafffuz  qilganimizda  tanasi  pat  va  parlar  bilan  qoplangan,  uchishga 
layoqatli  parranda  ko‘z  oldimizga  keladi.  Q  tovushini  t,  d,  x    ga  aylantirishimiz 
bilan ma’no butunlay o‘zgarib ketadi (tush, dush, xush).   
Ma’no  farqlash  uchun  xizmat  qiladigan  eng  kichik  til  birligiga  fonema 
deyiladi. Fonemalar fonologiyada tadqiq etiladi. Ongimizda gavdalangan tovushlar 
nutq  apparati  yordamida  reallashadi,  yuzaga  chiqariladi.  Natijada  nutq  tovushlari 
hosil bo‘ladi. Ular fonetikada o‘rganiladi.  
Nutq  tovushlari  miqdor  va  sifat  belgilariga  ega.  O‘zbek  tilida  29  ta  tovush 
bor. Ulardan 6 tasi unli (i, u, e, a, o, o‘) va 23 tasi undosh (b, v, g, d, z, j, y, k, 1, m, 
n,  p,  r,  s,  t,  f,  x,  ch,  sh,  q,  g‘,  h,  ng)  tovush  sanaladi.  Tilimizdagi  barcha  so‘zlar 
mazkur  tovushlarning  ketma-ketlik  asosida  turli-tuman  birikishlari  orqali  yuzaga 
keladi.  Nutq  tovushlarining  bunday  birikishi  natijasida  muayyan  ma’noga  ega 
bo‘lgan so‘zlar hosil qilinadi.  
Tovushlar  yordamida  so‘zlar  hosil  qilinadi.  Tildagi  barcha  so‘zlar 
tovushlarning  ketma-ketlik  asosida  yuzaga  chiqarilishi  asosida  quriladi.  Bu  qoida 
bo‘yicha  aytadigan  bo‘lsak,  yuqoridagi  tovushlar  asosida  qush,  tush,  dush,  xush  
so‘zlari hosil bo‘ladi.  
So‘zlar  o‘z  navbatida  tilning  lug‘at  tarkibini  tashkil  etadi.  So‘zlarning  ikki 
tomoni  mavjud.  1.  Tashqi  tomoni  (tovushlardan  tashkil  topishi).  Bu  ularning 
moddiy  jihati  sanaladi.  Har  qanday  so‘z  muayyan  tildagi  tovushlardan  tuziladi.  
Masalan: kitob, o‘qimoq, bilim, jamiyat, yashamoq, yozmoq, ma’naviyat, ma’rifat, 
so‘zlamoq,  qizg‘in,  yam-yashil,  men,  biz,  ular  kabi.  Keltirilgan  so‘zlar  tarkibida 
o‘zbek tiliga xos bo‘lgan tovushlar qo‘llanmoqda. Mazkur so‘zlarni gitob, ukimok, 


bilm,  chamiyat,  yashamak,  yosmoq,  ma’naviyad,  mag‘rifat,  suzlamak,  qizgin, 
yam-yashl,  min,  bis,  ulay  tarzida  ishlatish  sira  mumkin  emas.  2.  Ichki  tomoni 
(ma’nosi).  Har  bir  so‘z  ma’no  anglatgandagina  e’tiborli,  qo‘llashga  yaroqli 
sanaladi. “Qushlar – bizning do‘stimiz” gapidagi birinchi so‘zni “Kushlar” tarzida 
ishlatish ma’noga putur yetkazadi. Demak, lug‘at tarkibi tilda muhim o‘rin tutadi. 
So‘zda  ma’no  reallasha  boshlaydi.  So‘z  material  sifatida  tilning  asosiy  birligi 
vazifasini o‘taydi.  
Lug‘at tarkibi o‘zgaruvchan, ochiq qism sanaladi. Unda davr taqozosiga ko‘ra 
so‘zlar  kirib-chiqib  turadi.  Masalan,  Ahmad  Yassaviy  “Hikmatlari”da  keng 
iste’molda bo‘lgan jurm (ayb, gunoh), partav (nur, shu’la, yog‘du), yovuq (yaqin), 
turob (tuproq, yer), arig‘ (sof, pok; yaxshi, ma’qul), duto (ikki bukilgan, egilgan) 
singari  so‘zlarga  bugungi  kunda  ehtiyojimiz  tushmay  qo‘ygan.  Ular  arxaizm  va 
istorizmlarga aylangan.  
Shuningdek,  lug‘at  tarkibi  tinimsiz  boyib  turadi.  Unga  yangidan-yangi 
so‘zlarning  o‘zlashishi  qonuniy  hol  sanaladi.  Ekoharakat,  briffing,  virtual  aloqa, 
dasturchi, menejment kabi so‘zlarni bunga misol qilib olishimiz mumikn.       
So‘zlarning bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishi natijasida gaplar hosil bo‘ladi. 
So‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan birikishi uchun xizmat qiluvchi ohang, 
kelishik  qo‘shimchalari,  yordamchi  so‘zlar  va  shu  kabilar    grammatik  vositalar 
sanaladi  va  ular  tilning  grammatik  qurilishini  ta’minlaydi.  So‘zlar  ma’no  va 
grammatik  jihatdan  bir-biri  bilan to‘g‘ri  bog‘langan taqdirdagina  muloqot  amalga 
oshiriladi.  So‘zlarning  ma’lum  bir  so‘z  turkumlariga  mansubligi,  har  bir  so‘z 
turkumining  tilda  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lishi,  so‘zlar  bir-biriga  bog‘langanda 
muayyan qonunlarga bo‘ysunishi, gaplarning o‘ziga xos qoliplardan tashkil topishi 
– bularning barchasi tilning grammatik qurilishi hisobiga amalga oshiriladi.     
Masalan,  grammatikada  so‘zlarni  bir-biriga  bog‘lash  masalasi  hamisha 
dolzarb muammolardan sanalib kelingan. Ma’naviyat va ma’rifat, odob va axloq, 
kitobni  o‘qimoq,  ilmning  foydasi,  kelajak  to‘g‘risida  gaplashmoq  tarzida  so‘z 
birikmalarini  tuzish mumkin, ammo ularni ma’naviyatni ma’rifat, odobning axloq, 
kitobning  o‘qimoq,  ilmni  foydasi,  kelajakning  gaplashmoq  qabilida  ishlatib 
bo‘lmaydi. Bunda tilning grammatik qurilishiga e’tibor qilinmadi. Demak, tilda har 
bir uzv (qism) o‘z o‘rnida qo‘llangandagina, biz kutgan natija yuzaga chiqadi. 
       Quyidagi  misolga  diqqat  qilaylik.  Abu  Mansur  al-Moturudiyning 
“Martabayu izzatni ilmdan izla” degan hikmati 26 ta tovush, 4 ta so‘zdan tashkil 
topgan.  Unda  3  ta  grammatik  vosita  qo‘llangan.  Gap  ichidagi  birorta  tovushni, 
so‘zni yoki grammatik vositani almashtiradigan bo‘lsak, biz kutgan mazmun kelib 
chiqmaydi.  
1. “Martabayu izzatni ilmdan izka”. Tovushlar soni o‘zgarmadi, 26 ta qoldi, 
lekin “izla” so‘zidagi l tovushi k tovushiga o‘zgarishi bilan mazmunga putur yetdi.  
2.  “Martabayu  ilmni  izzatdan  izla”.  “Izzat”  so‘zi  “ilm”  so‘ziga 
almashtirilishi bilan gap mazmuni butunlay o‘zgarib ketdi.  
3. “Martabayu izzatdan ilmni izla”. -ni tushum kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida 
-dan  chiqish  kelishigi  qo‘shimchasini  qo‘llash  grammatik  jihatdan  noto‘g‘ri 
sanaladi.  
Tilning mukammalligi undagi qismlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga har taraflama 
bog‘liqdir. 
 



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling