Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. FONEMA. HOZIRGI ONA TILINING FONEMALARI


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

11-§. FONEMA. HOZIRGI ONA TILINING FONEMALARI 
 
Reja: 
1. Fonema haqida ma’lumot. 
2. Fonologiya haqida ma’lumot. 
2. Fonemaning turlari. Unli va undosh fonemalar. 
 
Tayanch iboralar:  fonema, tovush, fonologiya, unli fonema, undosh fonema, 
ma’no.   
 
Topshiriq. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning o‘gitlarini o‘qing, ularda ilgari 
surilgan  g‘oya  haqida  bahslashing.  So‘zlar  tarkibida  kelayotgan  fonemalarga 
diqqat qiling. 
 
Yaxshi  nomga  ega  bo‘lay  desang,  nom  chiqarma.  Birovning  maqtoviga 
uchma.  Birov  yomonlasa  xafa  bo‘lma.  Xalq  bilan  chiroyli  muomala  qil.  Doimo 
adab saqla.  
 
Til o‘ziga xos tizim sanaladi. Har qanday tizim muayyan ichki elementlardan 
tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda tilning eng kichik birligi sanalgan nutq tovushi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Tildagi tovushlar tizimiga fonologiya, nutq tovushlari 
tizimiga fonetika deyiladi.  
Fonologiya  so‘zi  grekcha  phone  tovush,  ovoz  va  logos  ta’limot  so‘zlaridan 
olingan  bo‘lib,  til  tovushlari  va  ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  o‘rganadigan 
tilshunoslikning bo‘limi sanaladi. Har qanday so‘z tovushlar, ya’ni fonemalarning 
ketma-ketlik asosidagi birikuvidan iborat bo‘ladi.       
Masalan,    sohibqiron  so‘zi  s+o+h+i+b+q+i+r+o+n  ko‘rinishidagi  o‘nta 
tovushning sintakmatik va paradigmatik aloqalari asosiga qurilgan.  
Nutq tovushlari (fonemalar) har bir tilda o‘ziga xos sifat va miqdor belgilariga 
ega  bo‘ladi.    Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilida  6  ta  unli  va  25  ta  undosh  tovushlar 
(fonemalar) mavjud. Tilimizdagi barcha tovushlar mana shu tovushlarning turli xil 
o‘rinlarda  kelib,  so‘z  ma’nolarini  farqlash  uchun  xizmat  qilishi  asosiga  qurilgan. 
Masalan,  Amir  Temur,  shoh,  amir,  yurt  egasi,  lashkarboshi,  sarkarda  so‘zlarini 
hosil  qilishda  yuqoridagi  tovushlardan  unumli  foydalanilgan.  So‘zlardagi  bir 
tovushning  o‘zgarishi  so‘z  ma’nosining  butunlay  o‘zgarib  ketishiga  sababchi 
bo‘ladi.  Misol  uchun  yuqoridagi  keltirilgan    shoh  so‘zidagi  bo‘g‘iz  undoshi  h 
tovushini  chuqur  til  orqa  undoshi  x  tovushiga  almashtirish  bilan  daraxtning 
tanasidan o‘sib chiqadigan qismini ifodalovchi boshqa bir so‘z paydo bo‘ladi.   
So‘z  ma’nosini  farqlash  uchun    xizmat  qiladigan  va  boshqa  bo‘laklarga 
bo‘linmaydigan eng kichik tovushlarga fonema deyiladi. Masalan: bil, dil, jil, zil, 
til,  xil,  qil  so‘zlarida  ma’noni  farqlash  vazifasi  b,  d,  j,  z,  t,  x,  q    tovushlari  orqali 
amalga oshirilmoqda.  
Tovushlar  miqdori  ko‘p,  ammo  fonemalarning  soni  chegaralangan  bo‘ladi. 
Har  qanday  fonema  tovush  sanaladi.  Ammo  har  qanday  tovush  fonema  bo‘la 
olmaydi.  Fonemalar  bir-biriga  zidlanganda  ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
namoyon bo‘ladi.  


Fonemalar diffrensial (farqlovchi) hamda integral (birlashtiruvchi) belgilarga 
ega. 
Masalan,  x  va  h  tovushlari  bir-biriga  zidlanganda  ular  hosil  bo‘lish  hosil 
bo‘lish  usuliga  hamda  ovoz  va  shovqinning  ishtirokiga  ko‘ra  birlashishi, 
sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush ekanligi  ma’lum bo‘ladi. 
Ularni  farqlab  turuvchi  belgi  hosil  bo‘lish  o‘rniga  ko‘ra  aniqlanadi,    x  hosil 
bo‘lish o‘rniga ko‘ra chuqur til orqa, h bo‘g‘iz undoshi sanaladi. Shu tariqa barcha 
fonemalar bir-biriga zidlanadi.  
Nutq  tovushlarining  ma’no  ajratish  uchun  xizmat  qilmaydigan  turiga 
fonemaning variantlari deyiladi. 
Misol uchun bilim, lim-lim, il  so‘zlarida i tovush qisqa, badiiy, ruhiy, siyosiy 
so‘zlarida cho‘ziq, qirq, g‘ilay, xirqiroq so‘zlarida qattiq eshitiladi, biroq ularning 
barchasi fonema sanaladi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling