1. Nafas apparati. O‘pka, alyevolalar, bronxlar nafas apparatini tashkil
qiladi. Nafas apparati ikki xil vazifa bajaradi. a) fiziologik: havo tarkibidan kerakli
kislorodni organizmga yetkazib beradi; b) o‘pkaga kirgan havoni tashqariga
haydab, tovush hosil qilish uchun zamin yaratadi. Bu uning lingvistik vazifasi
sanaladi.
2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i. Bo‘g‘iz devori, un paychalari, qalqonsimon,
piramidasimon bezlar bo‘g‘iz bo‘shlig‘iga joylashgan. O‘pkadan chiqayotgan havo
bo‘g‘iz bo‘shlig‘i joylashgan un paychalarini tebratib, keyinchi bosqich uchun yo‘l
ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |