Djurabayeva Z. A. Ona tili


DIALEKTAL TARKIBI. UMUMXALQ SO‘ZLAR


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

DIALEKTAL TARKIBI. UMUMXALQ SO‘ZLAR 
 
Reja: 
1. Umumxalq leksikasi haqida ma’lumot. 
2. Chegaralangan leksika haqida ma’lumot. 
3. Shevaga oid so‘zlar. 
 
Tayanch  iboralar:  umumxalq  ishlatadigan  so‘zlar,  chegaralangan  leksika, 
sheva, lahja, dialekt, qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi, 
adabiy me’yor. 
 
Topshiriq.  Matnni  o‘qing,  so‘zlashuv  uslubiga  xos  so‘zlarni  topib,  ularga 
izoh bering. 
 
Eski o‘yma gulli, yolg‘iz tavaqali eshigimizga yetib, o‘tni yong‘oqning tagiga 
irg‘itdim  va  “Keling”,  deb  o‘girilsam,  Mirhomid  amaki  ostonadan  o‘tolmay, 
iymanib turibdi. 
 – Ha, kiravurmaysizmi? –  dedim qistab. 
– Bormikanlar? –  dedi u hamon alanglab. 
Men ichkariga qarab, chaqirib boraverdim: 
Oyi, qaytdasiz, mehmon opkevotman.   
Oyim etaklarida jiyda, ishkom ortidan chiqib keldilar: 
Senmisan, bolam, opkiravur, mehmondan aylanay. (Murodjon Mansurov) 
 
Tillarning  boyligi  undagi  so‘zlar  miqdoriga  emas,  balki  til  sohiblarining 
mavjud leksemalardan qanday foydalanishiga, ishlatishiga bog‘liq bo‘ladi. So‘zlar 
nutqda  qanchalik  keng  iste’molda  bo‘lsa,  til  ham  shunchalik  taraqqiy  topgan 


bo‘ladi. Ayrim so‘zlarning ma’nosi til sohiblarining barchasiga tushunarli bo‘ladi 
va  ulardan  muomala-munosabatlarda  keng  foydalaniladi.  Masalan,  uy,  hovli, 
daraxt, mashina, ota, ona, bola, qiz, o‘g‘il, farzand, qarindosh, aka, uka, bormoq, 
kelmoq, bajarmoq, men, sen, oq, qizil, qora, yaxshi, yomon, dono kabi so‘zlarning 
iste’mol  doirasi  keng,  chegaralanmgan,  ulardan  hamma  birdek  foydalanaveradi. 
Shunga ko‘ra ular iste’mol doirasi chegaralanmagan leksik qatlamni tashkil qiladi. 
Bunday so‘zlarga umumxalq leksikasiga oid so‘zlar deyiladi. Mazkur qatlamga oid 
so‘zlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:  
a) tabiatdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi so‘zlar:   yer, tuproq, 
tog‘, adir, dasht, cho‘l,  yulduz, oy, quyosh;  
b) inson tanasi uzvlarini anglatuvchi so‘zlar: bosh, til, oyoq, qo‘l, bel, burun, 
tish; 
v)  qavm-qarindoshchilikni  bildiruvchi  so‘zlar:  ota,  ona,  bola,  tog‘a,  amaki, 
jiyan, opa, singil, aka, uka; 
g)  kiyim-kechak  nomlari:  do‘ppi,  qalpoq,  ko‘ylak,  tufli,  ro‘mol,  tufli,  etik, 
palto, to‘n, yaktak;  
d)    oziq-ovqat  mahsulotlari  nomini  ifodalovchi  so‘zlar:  yog‘,  sabzi,  piyoz, 
non, bug‘doy, shakar, qand, sut, qatiq, osh, sho‘rva, mastava; 
ye)  uy  jihozlarini  nomini  bildiruvchi  so‘zlar:  pichoq,  dasturxon,  bolta,  
qaychi, elak, choynak, piyola; 
j)  ijtimoiy  tuzulmalar  nomini  ifodalovchi  so‘zlar:  yurt,  xalq,  mamlakat, 
davlat, armiya, tashkilot, korxona;   
z) uy hayvonlari nomini bildiruvchi so‘zlar: sigir, qo‘y, ot, echki, tuya, tovuq;  
i)  yovvoyi  hayvonlar  nomini  bildiruvchi  so‘zlar:  arslon,  bo‘ri,  tulki,  sirtlon, 
silovsin, sher, fil, quyon; 
y) o‘simliklar nomini bildiruvchi so‘zlar: gul, bo‘tako‘z, otquloq, ajriq, beda, 
yalpiz, rayhon;  
k)  ish-harakatlarni  ifodalovchi  nomlar:  yurmoq,  ichmoq,  yemoq,  ishlamoq, 
bormoq, aytmoq, so‘zlamoq; 
l) olmoshlar: kim, nima, qayer, qancha, qaysi, qanaqa; 
m) sonlar: bir, ikki, uch, o‘n, ellki, yuz, ming; 
n) holat va belgi nomlarini ifodalaydigan so‘zlar:  yaxshi, yomon, a’lo, o‘rta, 
oq, qora, qizil;  
o)  ilm-fan,  texnikaga  oid  bo‘lgan  so‘zlar:  agrotexnika,  avtomashina, 
innovatsiya, nanotexnologiya;  
p)  yangi  paydo  bo‘lgan  so‘zlar  (neologizmlar):  tadbirkor,  raqobatbardosh, 
uyali aloqa, kompyuter, diskovod, dasturlash, dasturchi, sichqoncha; 
r)  turli  kasb-hunarga  oid  bo‘lgan  so‘zlar:  aravakash,  novvoy,  tandirchi, 
yamoqchi,   tokqaychi;  
s)  insoniy  his-tuyg‘ularni  ifodalaydigan  so‘zlar:    obbo,  ura,  qoyil,  rahmat, 
ofarin va hokazo.  
Ikkinchi  tomonidan  insonlar  yoshi,  jinsi,  kasb-kori,  dunyoqarashi,  ijtimoiy 
mavqei,  bilim  darjasi  va  shu  kabilarga  ko‘ra  bir-birlaridan  farqlanadi,  o‘ziga  xos 
ijtimoiy  guruhlarni  tashkil  etadi,  hududiy  jihatdan  turli  mintaqalarda  yashaydi. 
Bularning  barchasi  o‘z-o‘zidan  ular  tilida  ayricha  leksemalarning  shakllanishi 
hamda  taraqqiy  topishiga  sababchi  bo‘ladi.  Masalan,  “Zominning  til  qomusi” 
kitobida  aqpalav  (shirguruch),  ashchi  (oshpaz),  bo‘zolom  (ko‘kalamzor,  bo‘z 


rangidagi  qovjirayotgan  maysazor),  burum  (muyulish,  burilish),  datti  (jajji, 
yoqimtoy),  do‘kay  (boshliq,  kattakon)  singari  iste’mol  doirasi  chegaralangan 
so‘zlarga  misollar  keltirilgan.  Ko‘rinib  turibdiki,  bunday  so‘zlar  ma’nosi  boshqa 
hududlarda istiqomat qiluvchi til vakillariga tushunarsiz bo‘ladi.  
Iste’mol  doirasi  chegaralangan  leksika  o‘z  navbatida  quyidagi  turlarga 
bo‘linib ketadi.  
1.  Shevaga  xos  so‘zlar  (dialektal  so‘zlar).  2.  Kasb-hunarga  oid  so‘zlar 
(professionalizmlar). 3. Terminlar (atamalar).  
Ma’lum  bir  hududdagina  qo‘llaniladigan,  ma’nosi  shu  joyda  yashovchi 
aholigagina  tushunarli  bo‘lgan  xalq  tili  shakliga  shevaga  xos  so‘zlar  yoki 
dialektalizmlar deyiladi.  
O‘zbek  tili  shevalararo  eng  ko‘p  farqlanadigan  va  dialektal  so‘zlarga  boy 
tillardan  biri  sanaladi.  Shevalar  yig‘indisiga  lahja  deyiladi.  O‘zbek  tilida  uchta 
lahja farqlanadi va shevaga xos so‘zlarning asosiy qismi shular o‘rtasida uchraydi. 
1.  Qorluq-chigil-uyg‘ur  lahjasiga  oid  so‘zlar.  Farg‘ona  vodiysi,  Toshkent, 
Samarqand,  Buxoro,  Qarshi  shahar  shevalariga  oid  shoti  (narvon),  patinjon 
(pomidor), qirpi (ayyor), aba (ona) kabi leksik birliklarni o‘z ichiga oladi.    
2.  Qipchoq  lahjasida  so‘zlovchi  aholi  vakillari  Respublikamizning  barcha 
hududlarida  topiladi.  Chang‘aroq  (o‘tov  tuynugi),  talli  (totli),  tabanaq  (pakana), 
shaba  (yoppa)  kabi  so‘zlarni  ular  tilida  qo‘llaniladigan  so‘zlarga  misol  qilib 
keltirish mumkin.      
3.  O‘g‘uz  lahjasi  vakillari  asosan  Xorazm  vohasida  yashaydi.  Ular  nutqida 
atiz  (dala),  lilli  (tentak,  devona),  yop  (kanal),  arna  (ariq)  singari  leksemalar 
uchraydi.  
 Shevaga xos so‘zlar adabiy tilning ichki boyish manbasi sanaladi.  
  

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling