Djurayeva shaxnozaning


Ŏquvchilarni mustaqil matn tuzishga ŏrgatish


Download 175.5 Kb.
bet5/9
Sana26.01.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1123537
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA MATNLAR USTIDA ISHLASH

1.3. Ŏquvchilarni mustaqil matn tuzishga ŏrgatish
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi.
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur.
Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm.
Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul.
Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.
Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.
Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.
Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi: 1.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish.

Katta matnda yetakchi mavzu bir qator kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa o‘z navbatida paragraflar (mikro-mavzular)ga bo‘linadi.
Matnda bayon qilinayotgan fikrning to‘liqligi matnning semantik yaxlitligi bilan bog‘liq bo‘lib, to‘liq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga ega matn mazmunni to‘liq aks ettiruvchi sarlavhani tanlash orqali amalga oshiriladi.
Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi:
Matn — bu maʼlum bir mavzudagi bayonot;
Matn so‘zlovchining niyatini, asosiy g‘oyasini ifodalab beradi;
Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (to‘liq) bayonotdir;
Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bog‘langan bo‘ladi;
Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin;
To‘liq matn odatda boshlanish va yakunga ega bo‘ladi.
Insoniyatning ijtimoiy siyosiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ilmiy manbalarni
avlodlarga meros qilib qoldirish uchun birdan – bir imkoniyat – matn va yaratish ilmi bilan
shug’ullanishdir. Demak til imkoniyat, matn esa natijadir; matn egallagan bilim, ko’nikma
va malakalar hosilasi. “Zero, mustaqil yaratilgan matn – o’quvchi tafakkuri qobiliyatining
voqealanishi, tugal bir mazmunning o’quvchi tomonidan kashf etilishi, uni yuzaga
chiqishidir”.[1] Ona tili ta’limida matn yaratish va matn ustida ishlash usullari bag’oyat
xilma – xil.
1. Berilgan matndan o’rganiladigan mavzuga oid so’zlarni ajratish, ularni so’z
turkumlari bo’yicha guruhlash, so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi, shakl yasovchi
qo’shimchalarni guruhlash.
2. Matndagi sodda gaplardan qo’shma gaplar hosil qilish, qo’shma gaplarni
soddalashtirish.
3. Ajratilgan sodda qo’shma gaplarni sintaktik tahlil qilish.
4. She’riy yo’l bilan yozilgan asarlarni nasriy yo’l bilan gapirib berish.
5. Matndagi qo’shma gaplarni ajratish, turlarini aniqlash.
O’quvchilarda matn ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish uchun
o’qituvchi tomonidan tavsiya qilinadigan tayyor matnlar 5 – 9 sinflar uchun ona tili o’quv
dasturi talabi asosida tanlanadi. Matnning turini aniqlash, qaysi uslubga xosligini aniqlash,
matndagi tinish belgilarini to’g’ri va o’rinli qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi.
Matnni kengaytirish – bu matnga epigraf tanlash, maqol, hikmatli so’zlar, iboralar
tasviriy ifoda bilan boyitish, ilmiy matnni badiiy matnga aylantirish aniqlovchi, to’ldiruvchi,
hol, ega kesimlardan samarali foydalanish kerak; (So’z va gap kengaytiruvchilar)[2]
Matnni ixchamlash – bunda matn mazmunini o’zgartirmagan holda, matnni takrordan
tozalash, xatolarni bartaraf etish matn mazmuniga mos kelmaydigan kiritmalardan voz
kechish, ularni kamaytirish, abzaslarni birlashtirish kerak.
Matnni davom ettirish – kirish qismi berilgan matnni davom ettiriladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar matn ustida ishlash va matn yaratishjarayonining o’zaro aloqadorlikka erishish, gazeta, jurnal, badiiy va ilmiy adabiyotmanbalari, kompyuter, internet tizimi, saqlanayotgan axborotlar mavzuga oid ma’lumotlaridan foydalanishga odatlantirish kerak. Matnni imloviy, uslubiynuqsonlarinitopish, ularni mustaqil bartaraf etishni o’rganish kerak.
O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumta’lim
maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sarieltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olibboriladigan ishlar ham kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘zigaxosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tilidarslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqeahodisalarto‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativmateriallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.Berilgan matndagi gaplarni ajratish. O’rta maktablarning V – VI sinflarida, ayniqsaboshlang’ich sinflarda matnni gaplarga ajratish usuli samarali foydalaniladi. O'quvchiberilgan matnda tinish belgilar tushib qoldirilgan gaplarni aniqlaydilar, har bir gapning
nisbiy tugallangan mazmunga ega bo’lishini anglab oladilar. Shuningdek, gap tuzishga, harbir gapning qanday gap ekanligini ajratishga odatlanadi. Ularda qanday tinish belgilarqo’yilishini bilib oladilar. Hatto so’z va gaplarni bir-biridan farqlaydilar. Berilgan so’zlaryordamida gap tuzishga o’rganadilar. Masalan: V sinf «Ona tili» darsligida 17- dars gapmavzusini o’rgatishga qaratilgan. Darslikda berilgan 60-61-62 mashqlar o’quvchilarni gaptuzishga, so’z va gapning farqini ajratish, hatto bitta so’zdan ham gap haqida dastlabkinazariy ma’lumotlar berishda berilgan matn tarkibidagi har bir gapni aniqlash, qandaytinish belgilar qo’yilishi anglab olish lozim bo’ladi. Bu esa o’quvchilarni avvaldan nutqidaqo’llanib yurgan gaplarga xos sintaktik qonuniyatlarni anglab olishga yaqindan yordam
beradi. Hatto matn yaratish jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy qo’llashiga, yozmanutqining ravon bo’lishiga o’z ijobiy ta’sirini yetkazadi. Masalan: V sinfda «Ko’chirma gap»mavzusini o’qitishda o’quvchilarga avvalo og’zaki matn yaratish keyin esa yozma dialogik
matn yaratish topshiriladi. Bu esa ularning og’zaki nutqidagi har qanday fikrni yozma bayonqila olish malakasini shakllantiradi. Umuman, matn ustida ishlash o’rta maktablarda kengyo’lga qo’yilgan bo’lib, ulardan samarali foydalanish o’quvchilarning og’zaki va yozmanutqlarining ravon bo’lishlarini ta’minlaydi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga va o’z fikrmahsulini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri va ravon bayon qila olishga o’rgatish ona tili
o’qituvchilari oldida turgan eng dolzarb masaladir. Demak, bu kabi ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish maqsadida DTS va darsliklarda bir qancha talablar va topshiriqlar berilgan.
Har bir sinfda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib talablar belgilab qo’yilgan.
Jumladan, V sinf ona tili darsligida ham gap tuzishga o’rgatishga bag’ishlangan
topshiriqlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
- berilgan so’z, tayanch tushuncha, so’z birikmasi, tasviriy ifoda va iboralardan
foydalanib gap tuzish.
- berilgan andozaga qarab gap tuzish;
- berilgan mavzuli rasmlar asosida gap tuzish;
- o’qituvchi tomonidan yoki darslikda tavsiya qilingan mavzuga doir gap tuzish kabi.Ona tilining izchil kursini o’rganish jarayonida gap ustida ishlash va gap tuzish berilganbarcha mashg’ulotlarni tarkibiy qismini tashkil etadi. Demak, V sinf «Ona tili» darsligidaberilgan sintaksis va punktuatsiya bo’limining maqsadi ham shu masalani o’rgatishgaqaratilgan. Darslikda berilgan gap, gapda so’zlarning bog’lanishi, gapning ifoda maqsadigako’ra turlari, gap bo’laklari, qo’shma gap, ko’chirma gap va ularda tinish belgilarningifodalanishi kabi mavzular shular jamlasidandir.Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov an’anaviyta’lim tizimi haqida to’xtalar ekan, “Maktablarimizda bolalar mustaqil fikrlashgao’rgatilmasligi, ta’lim jarayonida o’quvchi passiv tinglovchi, o’qituvchi faol ishlovchi,
hukmron ekanligini” – [2] qattiq tanqid ostiga oldi. Umumiy o’rta ta’lim bitiruvchilariniтgerkin fikrlashi, mustaqil matn yaratish malakalari sifati va darajasi ona tilidan DTSlaritalabiga javob beradimi? Bu borada ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanishqanday?” degan savollari bugun yangi ta’lim dasturlari asosida o’z yechimini yopmoqda.
Mustaqil yaratilgan matn – o’quvchining imlo savodxonligi ijodiy tafakkuri, so’z boyligini,nutqiy salohiyatini, qolaversa, o’quvchi mahoratini namoyish etuvchi – ko’zgudir.
Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar:

  1. Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida tasvirlanadi.

  2. Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli tarzda aks ettiriladi.

Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni, shuningdek, inshoni kiritish mumkin.
O’quvchilar bilan amaliy ishlash:

  • Matn tuzish

  • Dialogik matn tuzish

  • Monologik matn yaratish

  • Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish

  • Matnni qisartirish va kengaytirish

Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari o’rganiladi.


Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga sharoitiga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiriladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
O’zbek adabiy tilida quydagi asosiy nutq uslublari bor:
So’zlashuv uslubi:
Keng qo’llanadigan uslublardan so’zlashuv uslubidir.
Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinad. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha diologik shaklida bo’ladi.Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmosidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi. So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, ortirilishi mumkin. Obbo, hamma ishni dondiribsizda.Mazza qildik.Ketaqool!
So’zlashuv uslubida qopdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi.
Ilmiy uslub.
Fan texnikasining turli tarmoqlariga doir ilmiy asoslar darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar(qoidalar, ta’riflarga) boy bolishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi,bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi,qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishiga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar,kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar, rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimaihol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi.
Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqrtma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan ham foydalaniladi.Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bolishiga rioya qilinadi. O’z lavozimini suviste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Ommabop (publitsistik) Uslub.
Kashfiqot - targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan uslub,ya’ni matbuot uslubi Ommabop uslub hisoblandi. Bu uslubda ijtimoiy- siyosiy so’zlar ko’p qollanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalaniladi, darak, his-hayajon va ritorik soroq gaplardan yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalrdan unimli foydalaniladi. Azamat paxtakorlarimiz mol hosil yetishtirish uchun fidokona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub.
Badiiy asarlar (nazm, nasr va drammatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsolar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi. O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda.
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, bulgarizmdan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlarga ham uchraydi.
Nutq madaniyati haqida. Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning uchun mantiqiy izchilikka va me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni bilish lozim. Azada ko’tarinki nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin so’zlash ham nutq madaniyati pasligidan dalolat beradi.



Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling