Dmitriy Mendeleyev
Download 70.3 Kb.
|
Mendeleyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dmitriy Ivanovich Mendeleyev
- Istiqomat joylari (istiqomat joylari) Fuqaroligi
- Vatani Rossiya imperiyasi Millati
- Institutlar (institutlar) Alma mater
- Akademik rahbarlari A.A.Voskresenskiy Mashhur shogirdlari
- Mashhur ishlari Kimyoviy elementlar davriy sistemasi Mendeleyev Dmitriy Ivanovich
Mendeleyev - Klaperon tenglamasi Reja: Mendeleyev haqida Mendeleyev - Klaperon tenglamasi Dmitriy MendeleyevVikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search
Mendeleyev Dmitriy Ivanovich (1834.27.1 (8.2), Tobolsk — 1907.20.1 (2.2), Peterburg (hozirgi Sankt-Peterburg)) — rus kimyogar olimi va pedagogi. Peterburgdagi Bosh pedagogika instituti fizikamatematika fakultetining tabiiyot fanlar boʻlimini tugatgan (1855). 1856 yilda Peterburg universitetida magistrlik dissertatsiyasini yoklaydi. 1859—61 yillarda Gelderberg shahriga ilmiy xizmat safariga yuboriladi. M. bu yerda Gelderberg universitetining R. V. Bunzen boshchiligidagi laboratoriyasida ishlaydi. 1861 yilda „Organik kimyo“ darsligi chop etiladi. 1865 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Peterburg universitetining professori, 1876 yildan Peterburg FA muxbir aʼzosi qilib saylanadi. 1893 yilda M.ning tashabbusi bilan Oʻlchov va tarozi namunalari deposi Oʻlchov va tarozilar bosh palatasiga aylantiriladi. Mendeleyev. umrining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) boʻlib ishlaydi. M.ning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyotexnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va boshqalarga oid. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — M.ning buyuk xizmatidir (qarang Mendeleyev davriy sistemasi). M. eritmalarning kimyoviy („gidrat“) nazariyasini ishlab chiqdi, kritik trani(kritik temperatura?) kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va temperatura orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi holat tenglamasini (Klapeyron — Mendeleyev tenglamasi(qaysi biri toʻgʻriroq?)) hisoblab topdi (1874). Koʻmirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi (1890) va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Moskva kimyotexnologiya instituti va Tobolsk pedagogika instituti M. nomiga qoʻyilgan. Shimoliy Muz okeanidagi suv osti tizmasi, Kunashir orolidagi (Kuril orollari) soʻnmagan vulkan, Oydagi krater, mendeleyevit minerali M. sharafiga atalgan. 1955 yilda Amerika olimlari (G. Siborg va boshqalar) sintez qilgan 101-elementni M. sharafiga mendeleviy (Md) deb atadilar. Download 70.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling