Dmxm-1k ergasheva sh 2-oraliq nazorat
Download 20.89 Kb.
|
XMM ORALIQ
DMXM-1K ERGASHEVA SH 2-ORALIQ NAZORAT 37-variant Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kapital harakati ahamiyatining o‘sishi. Xalqaro kreditning mohiyati va funktsiyalari. Xalqaro moliyaviy riskning mohiyati. Xalqaro kapital harakatining o’sishi xalqaro iqtisodiyotdagi ahamiyati juda katta hisoblanadi. Xalqaro kapital harakati mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. Xalqaro kapitallar harakati ayni vaqtda nisbiy ortiqcha bo'lgan pul yoki tovar moddiy mablag‘larni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: - jahonda kapitalning notekis joylashishi. Bunda kapital resursi kapitalga boy mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi; - ko‘p mamlakatlarda jamg‘arma va investitsiyaning nomutanosibligi. Jahon kapital eksportida xususiy kapital yetakchi bo’lib, o’z navbatida davlat kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keying o’rinlarda turadi. Odatda davlat va xalqaro tashkilotlar chetga kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko'rinishida hamda moddiy yordam ko’rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro kapitalning ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon bo’ladi. Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo’yilgan mablag’lar hisoblanadi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xil ko'rinishda: o’rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari o’zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit o’zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib ko’rsatadi. Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlalandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo’lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir. Xalqaro kreditning mohiyati.Xalqaro kredit bu tovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz to‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir. Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi. Xalqaro kreditning yuzaga kelishiga sabab bo‘lib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg‘arishning asosiy usullaridan biri bo‘lgan. Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo‘lib korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg‘armalari hisoblanadi. Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo‘jalik subyektlarida mablag‘larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga mo‘ljallangan yirik kapital qo'yilmalarini amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo’ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi. 2. Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko'rsatilgan muddatda kreditning qaytarilishini ta’minlash. 3. Ta'minlanganlik, ya’ni olingan kreditni to’lashni kafolatlanganligi. 4. Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq obyektlarga yo’naltirishni ko’zlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag‘batlantirish uchun qo‘llash. 5. Foiz to’lashlilik. Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan aloqalarini ta’minlaydi, bozor subyektlari va davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishishi uchun ishlatiladi. Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o‘ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o‘rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko’proq, daromadliroq bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadni o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi. 2. Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qilish. Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari — veksellar, cheklar, shu jumladan, bank o’tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. Ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash kapitalning ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab chiqarishni kengaytirish va foydaning o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi. 3, Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli qo’shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamg’armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa davlatlarning mablag‘lari qo‘shilishi oqibatida ko‘payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo'lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa mamlakatlarning kapitali, mulki va mehnatidan belgilangan me'yorlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik hamda o’rta hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi jahonda kapitalni bir joyga to’planishi va markazlashuvining kuchayishiga olib keladi. Xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xo'jaligi rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajarmoqda va o‘zi ham tartibga solinish obyekti bo‘lib hisoblanmoqda. 3.Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining sog’lom rivojlanishi bilan raqobat ham kuchaya boradi. Ana shu raqobat kurashiga bardosh berish uchun ishlab chiqarish jarayoniga texnika yangiliklarni joriy etish sari dadil harakat qilmoq lozim. Bu esa pirovard natijada riskni ko’paytiradi. Bunday sharoitda riskning bo’lishi tabiiy ekanligini tan olish, voqeliklar istiqbolini belgilashga o’rganish, riskni baholash va uning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaralaridan hatlab o’tmaslik lozimligini tan olish maqsadida muvofiq hisoblanadi. Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida risklarning turlari bir nechta hisoblanadi. Lekin, bizning fikrimizcha, quyidagilar ularning asosiylari hisoblanadi. Risklarning turlari: Ishlab chiqarish riski; Tijorat riski; Moliyaviy risk. Moliyaviy risk — bu korxonaning tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar bilan vujudga keladigan munosabatlari sohasidagi risklar majmuasidir. Korxona faoliyatining moliyaviy riski aksariyat hollarda qarz mablag’larining o’z mablag’lariga nisbati bilan o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda yirik firmalarning ko’pchiligi risk bo’yicha o’zining maxsus menejerlariga ega. Ular firma faoliyatining boshqa sohalarida ish olib borayotgan menejerlar bilan birgalikda riskli qarorlar bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Moliyaviy menejer bilan birgalikda riskli qarorlar bo’yicha javobgarlikni, risk darajasini aniqlash masalalari, moliyaviy faoliyatning barcha turlari oqibatlarini baholash, qimmatbaho qog’ozlarga investitsiyalashtirish risklarini baholash va boshqalar bilan risk bo’yicha menejerlar mashg’ul bo’ladi. Risk bo’yicha menejer-marketolog qator muammolarni xodimlar bo’yicha maxsus menejer va texnika xavfsizligi bo’yicha muhandis bilan birgalikda hal etadi. Agar korxonalarda mavjud moliyaviy risklar tahlil etilsa, ularni korxona moliyaviy faoliyati davomida foyda yoki kapitalni yo’qotish ehtimoli deb ifodalash mumkin. Korxonalarda risklar faol ravishda boshqariladi, ya’ni bu ularni oldindan ko’ra bilish, baholash, oldini olish va sug’urtalash asosida risklar neytrallashtirishga harakat qilinadi. Risk mohiyati, ko’pincha, yakka tartibdagi tijorat va undan kutilayotgan moliyaviy risklarda yuzaga chiqadi. Moliyaviy risklar muayyan pul mablag’larini yo’qotish yoki hali olinmaslik ehtimoli bilan bog’liq. Tijorat risklari qatoriga sof va spekulyativ risklar kiradi. Birinchisi nolli natija kelib chiqishini yoki zarar ko’rish imkonini ko’rsatadi, ikkinchisi esa – ijobiy bo’lgani kabi salbiy natijalar ham kelib chiqish ehtimoli bilan tushuntiriladi. Moliyaviy risk bu – spekulyativ risk. Investor venchurli kapital qo’yilmasini amalga oshirayotib, ikki natijani: foyda va zararni ko’z oldiga keltiradi. Moliyaviy riskning o’ziga xosligi qimmatli qog’ozlar fondlari bilan muayyan operatsiyalarni o’tkazishda zarar ko’rish ehtimolining mavjudligidir. Moliyaviy risklar tarkibiga quyidagilar kiradi: kredit riski; foiz riski; valyuta riski; imkoniyatning boy berilishi riski va boshqalar. Moliyaviy risk kutilayotgan daromadlilik darajasi bilan bog’liq. Risk mohiyati noaniqlik sharoitda xo’jalik qarorlarini amalga oshirishda bajaradigan funktsiyalarida ko’rinadi. Bunday funktsiyalarga muntazam va muhofaza funktsiyalari xos sanaladi. Riskning muntazam funktsiyasi ziddiyatli tavsifga ega va ikki shaklda: konstruktiv va destruktiv shaklda namoyon bo’ladi. Riskning muntazam funktsiyasining konstruktiv shakli katalizatorning o’ziga xos rolini uning faolligi, o’sishga intilishi, ijodkorlik choralarini qidirish bilan bajarishda yuzaga chiqadi. Download 20.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling