Dnk masalalar boshqa 2


Ma’lum DNK molekulasida 860 ta vodorod bog’lari bo’lib, A nukleotidlarning soni 301 taga teng. Necha foiz vodorod bog’ G va S orasida joylashgan. J


Download 405 Kb.
bet20/47
Sana29.03.2023
Hajmi405 Kb.
#1309087
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
DNK- RNK KITOBCHAM

11.Ma’lum DNK molekulasida 860 ta vodorod bog’lari bo’lib, A nukleotidlarning soni 301 taga teng. Necha foiz vodorod bog’ G va S orasida joylashgan. J:_______


12.DNK molekulasining bo’lagi 25 juft nukleotiddan iborat bo’lsa, mazkur DNK bo’lagi fosfodiefir bog’lar sonini toping J:_______
13.Ma’lum DNK molekulasida 600 ta vodorod bog’lari bo’lsa hamda ushbu fragmentda G soni 120 ta bo’lsa, undagi S va A nukleotidlari sonini toping.
J:_______ J:_______
14.DNK molekulasining tarkibida 3125 A nukleotidi bor. A nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % ini tashkil qilsa, G va S orasidagi vadarod bog’lar sonini aniqlang. J:_______


15.DNK molekulasining tarkibida 1222 A nukleotidi bor. A nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26 % tashkil qilsa, G va S orasidagi vadarod bog’lar umumiy vadarod bog’larning necha foizini tashkil qiladi. J:_______


16.DNK molekulasining tarkibida 3125 A nukleotidi bor. A nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % ini tashkil qilsa, nukleotidlar orasi 0.34 nm bo’lsa, bu holda DNK uzunligi qancha (nm) bo’ladi. J:_______


17.DNK molekulasi tarkibidagi T nukleotidi umumiy nukleotidlarning 16 % ini tashkil qiladi. A, G, S nukleotidlarining foiz tarkibini aniqlang. J:_______


18.DNK uzunligi 183,6 nm ga teng bo’lib, undagi qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm ga teng. Umumiy nukleotidlarning 30 % G ga to’g’ri kelsa, umumiy vodorod bog’lar sonini aniqlang? J:_______


19.Ma’lum DNK bo’lagida 1050 ta vadarod bog’ bo’lib, shundan 60 % guanin va sitozin orasida bo’lsa, shu DNK bo’lagidagi nukleotidlar sonini toping. J:_______


20.DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vadarod bog’i mavjud. Ma’lum DNK molekulasida 1530 ta vadarod bog’lari bo’lsa hamda ushbu fragmentda umumiy nukleotidlarning 22,4 % ini guanin tashkil etsa, DNK dagi umumiy nukleotidlarining sonini aniqlang. J:_______


21.A va T nukleotidlari orasida 2 ta vadarod bog’, G va S o’rtasida 3 ta vadarod bog’ mavjud. Ushbu DNK zanjirida 1400 juft nukleotid mavjud bo’lib, A va T soni G va S dan 2,5 barobar ko’p bo’lsa, umumiy vadarod bog’lar sonini toping. J:_______


22.Xemotripsin fermentining sinteziga javobgar bo’lgan DNK qo’sh zanjirida A nukleotidlar soni 294 ga teng bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 20 % ini tashkil qiladi. Nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm bo’lsa, DNK fragmentining uzunligini (nm) toping. J:_______


23.Hujayradagi iRNK molekulasida 80 ta U nukleotidi mavjud. Shu iRNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida S nukleotidlari soni iRNK dagi U nukleotidlari sonidan 3 marta ko’p. G nukleotidlari soni 2 marta kam. DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori G va S nukleotidlari yig’indisining yarmiga teng bo’lsa, DNK qo’sh zanjiridagi T nukleotidining sonini toping. J:_______



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling