1. Quyidagi ketma-ketlikka ega bo‘lgan DNK zanjiridagi vodorod bog‘lar sonini toping.
ATTGSSTAGG
TAASGGATSS J:_________
2. Agar DNKdagi qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ekanligini hisobga olsak, 90 ta aminokislotadan iborat oqsilni kodlovchi DNK fragmentidagi nukleotidlar sonini va DNK uzunligini toping.
J:_________ J:_________
3. Agar DNK uzunligi 183,6 nm ga teng bo‘lib, undagi qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo‘lsa, ushbu DNK fragmentida nechta nukleotidlar bo‘ladi va ular nechta aminokislotalarni kodlaydilar?
J:_________ J:_________
4. Oqsilning tarkibi 90 aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar orasi 0,34 nm bo‘lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi DNK fragmentida nechta nukleotid bor va uning uzunligi qancha? J:_________ J:_________
5. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25% tashkil qilsa, nukleotidlar orasi 0,34 nm bo‘lsa, bu holda DNK uzunligi necha nanometr? J:_________
6. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 33,32 nm, DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. Ushbu DNK fragmentida nechta nukleotid bor?
J:_________
7. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 20%-ini tashkil qilsa, bu holda timin nukleotidining soni nechaga teng?
J:_________
8. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, bu holda guanin nukleotidining soni nechaga teng? J:_________
9. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, bu holda DNK ning tarkibida umumiy nukleotidlarning soni nechaga teng? J:_________
10. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 73,1 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo‘lsa, ushbu fragmentda nechta nukleotid bor? J:_________
Do'stlaringiz bilan baham: |