Dnk masalalar boshqa 2
DNK molekulasining tarkibida 1230 adenin bor. Shu molekula tarkibida nechta timin bor? J
Download 405 Kb.
|
DNK- RNK KITOBCHAM
11.DNK molekulasining tarkibida 1230 adenin bor. Shu molekula tarkibida nechta timin bor? J:_________
12. DNK dagi umumiy H bog'lari soni 810 tani tashkil qilsa va ulardagi A va T lar orasidagi bog’lar G va S orasidagi bilan tegishli ravishda 1:1,25 bo’lsa, ushbu gendan sintezlanadigan oqsilning tarkibidagi aminokislotalar orasidagi peptid bog’lar soni i-RNK dagi nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog’laridan qanchaga farq qiladi? J:__________ 13. Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta urastil nukleotidi mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidlari soni i-RNKdagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko‘p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig‘indisining yarmiga teng bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiridagi vodorod bog‘lari sonini toping. J:__________ 14. DNK zanjirida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog‘ mavjud. DNK molekulasida 100 ta timinli nukleotid bo‘lib, umumiy nukleotidlarning 10%ini tashkil etadi. Ushbu DNK molekulasidagi vodorodli bog‘lar sonini toping. J:__________ 15. DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi A joylashgan bo’lib, qolgan A ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta T bor. DNK ni uzunligini nanometrda aniqlang. J:__________ 16. DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi G joylashgan bo'lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta S bor. Shu DNK molekulasida nechta nukleotid bor? J:__________ 17. DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi G joylashgan bo’lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta sitozin bor. Shu DNK molekulasining bir ipidan sintezlangan i-RNK ning uzunligi aniqlang. J:__________ 18. DNK 1 ipida 90 A bor. Shu DNK fragmentidan sintezlangan i-RNK dagi G lar soni DNK dagi A lar sonidan 17 marta ko’p. i-RNK dagi A lar soni umumiy nukleotidlarni 17 % ini tashkil etadi. RNK dagi S lar soni U lar sonidan 3 marta ko’p. DNK ning uzunligini (nm) toping. J:__________ 19. DNK molekulasining ikki ipida 6400 ta nukleotid bor bo’lib, shulardan 1600 tasi timin. Agar guaninlarni 1300 tasi 2-ipda joylashgan bo’lsa, umumiy guaninlarni necha foizi 1-ipda joylashgan? J:__________ 20. DNK molekulasini ikki ipida 3200 ta nukleotid bor. Umumiy nukleoitlarni 25 % i S. 1-ipda timin nukleolidini 70 % i, guaninlarni esa 30 % i joylashgan. DNK ning 1-ipidan sintezlangan i-RNK dagi purin asoslari sonini toping. J:__________ Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling