Dnk sekvenirlash


-rasm. Oqsilda peptid bo„g‟larining


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1156763
1   2   3   4
Bog'liq
c788a91081190962f98e45aa267e4ed1 GENOMIKA ASOSLARI

23-rasm. Oqsilda peptid bo„g‟larining 
hosil bo„lishi 


[58] 
Genomika, proteomika va metabolomika 
Genomika – molekulyar genetikaning tirik organizmlar genomini va genlarini 
o‗rganishga bag‘ishlangan bo‗limi bo‗lib, maxsus yo‗nalish sifatida tirik 
organizmlarning ayrim turlari genomlarini tartiblashtirish bo‗yicha birinchi loyihalar 
paydo bo‗lishi bilan birga 1980 va 1990 yillarda paydo bo‗ldi. Birinchi bo‗lib 1977 
yilda, 5368 nukleotid ketma-ketlik uzunligiga ega bo‗lgan C-X174 bakteriofagining 
genomi to‗liq o‗raganilgan va tartiblangan.
Genom – bu organizm hujayrasida joylashgan irsiy materiallarning 
to‗plamidir. Odamlarda- Homo sapiens genom yadroda joylashgan 23 juft 
xromosomadan, shuningdek mitoxondriyal DNKdan iborat. Yigirma ikkita 
autosomal xromosoma, ikkita jinsiy xromosoma X va Y, inson mitoxondriyal 
DNKsi taxminan 3,1 milliard baza juftini o‗z ichiga oladi. Gen bu tirik organizmlar 
irsiyatining tarkibiy va funktsional birligi bo‗lib, ma‘lum bir
polipeptid yoki 
funktsional RNKning ketma-ketligini belgilaydigan DNK ketma-ketligi hisoblanadi. 
Genlar aniqrog‘i, genlarning allellari ko‗payish jarayonida ota-onadan naslga 
o‗tadigan organizmlarning irsiy xususiyatlarini aniqlaydi. Shu bilan birga, ba‘zi 
organoidlar 
mitoxondriya, 
plastidalar 
organizm 
genomiga 
kirmaydigan 
xususiyatlarini aniqlaydigan DNKlariga ega bo‗ladi. 
Genetik ma‘lumot genlardagi DNK yoki RNK molekulalarining maxsus 
funktsional hududlarida nukleotidlar ketma-ketligi – genetik kod yordamida 
kodlangan oqsillarning tuzilishi haqidagi ma‘lumotdir. Genetika, genomika yoki gen 
muxandisligida olib boriladigan tajribalar ma‘lum model yoki muhitda o‗tkaziladi.
In vitro lotincha so‗zdan olingan bo‗lib, ―probirka ichida‖ ma‘nosini anglatadi 
– bu tajribalarni o‗tkazish texnologiyasi, tajribalar ―sinov probirkasida‖ – tirik 
organizmdan tashqarida o‗tkaziladi. Umumiy ma‘noda, bu atama in vivo jonli 
organizmga odamlarda yoki hayvonot modelida eksperimentga qarshi holda olib 
boriladi. Molekulyar biologiya, biokimyo, farmakologiya, tibbiyot, genetika va 
boshqalar bilan bog‘liq ko‗plab tajribalar organizmdan tashqarida, tirik hujayralar 
kulturasida yoki hujayrasiz modelda amalga oshiriladi. 


[59] 
In vivo lotin so‗zidan olingan bo‗lib- so‗zma-so‗z ―tiriklikda‖ ma‘nosini 
anglatadi, ya‘ni tajribalar ―tirik organizm ichida‖ yoki ―hujayra ichida‖ olib boriladi. 
Amplifikatsiya- 
lotincha ―amplification‖ – kuchaytirish, ko‗payish, 
molekulyar biologiyada – xromosoma DNK qismlarining qo‗shimcha nusxalarini 
shakllantirish jarayoni, odatda tarkibida ba‘zi genlar yoki strukturaviy 
geteroxromatin segmentlarini ko‗paytirish tushuniladi. Amplifikatsiya – bu o‗sma 
hujayralarining rivojlanishi paytida onkogenlarning faollashuv mexanizmlaridan 
biri, masalan, neyroblastomaning rivojlanishi paytida N-myc onkogen bolalarda 
to‗qima saratonining eng keng tarqalgan shaklini misol keltirish mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling