REJA:
DNK tuzilishi
Nukleotidlar
Chargaff qoidalari
DNK replikatsiyasi
Foydalanilgan adabiyotlar
DNK tuzilishi va uning replikatsiyasi haqida takrorlash
Asosiy atamalar
Termin
|
Maʼnosi
|
DNK (dezoksiribonuklein kislota)
|
Genetik axborotni kelgusi avlodga berilishini taʼminlovchi hamda oqsil sintezi toʻgʻrisidagi axborotni kodlovchi nuklein kislota
|
Nukleotid
|
Nuklein kislotalarning tuzilish birligi
|
Qoʻsh spiral
|
Ikkita zanjirning bitta oʻq atrofida xuddi aylanma narvonga oʻxshab aylanib joylashishidan yuzaga keluvchi tuzilma
|
DNK replikatsiyasi
|
Qoʻsh zanjirli DNK molekulasidan ikkita bir xil DNK molekulasi nusxasining hosil qilinish jarayoni
|
Asos juftlashishi
|
DNK molekulalaridagi azot asoslarining bir-biri bilan bogʻlanish prinsipi (tamoyili)
|
DNK tuzilishi
DNK – bu nuklein kislota, toʻrt asosiy biologik makromolekula guruhlaridan biridir.
Nukleotidlar
Barcha nuklein kislotalar nukleotidlardan tashkil topgan. DNKda har bir nukleotid uchta qismdan iborat: dezoksiriboza deb ataluvchi 5 ta uglerodli uglevod, fosfat guruhi va azotli asos.
DNKda azotli asos toʻrt xil boʻladi: adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T).
RNK molekulasi ham adenin, guanin, sitozin asoslaridan iborat, lekin timinni oʻrniga unda boshqa asos, yaʼni urasil (U) boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |