Doc, xls, pdf, rar, zip, iso, swf, txt
Download 32 Kb.
|
Fayl formatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adobe Flash Player
- — Adobe Reader — Foxit Reader — PDF Master — Sumatra PDF — STDU Viewer DJVU
- — WinDjView — DJVU Reader — DJVU Viewer — Sumatra PDF — STDU Viewer FB2
- — FB2 Reader — Calibre — STDU Viewer — CoolReader — AIReader DOCX
- — WinRar — Hamster Lite Archive — 7-ZIP — WinZip — PeaZip PPT
- — Adobe Photoshop — Microsoft Windows Photo Gallery Viewer — ACDSee Photo Manager RTF
- — K-Lite Mega Codec Pack — Light Alloy — Media Player Classic — QuickTime Player TXT, LOG, XML, INI, CFG
- — Real Player — Winamp — Windows Media Player — QuickTime Player — FormatFactory
Kompyuterda har xil turdagi fayllar mavjud, bu fayllarning formatlari ham xar hil. Hozirda eng ko‘p ishlatiladigan fayl formatlari quyidagilar: doc, xls, pdf, rar, zip, iso, swf, txt va boshqalar. Bulardan tashqari kompyuter faqat o‘zi tushunadigan fayllar ham bor, ularni ochish va o‘zgartirish tavsiya qilinmaydi, ko‘p hollarda ochishga ruhsat ham bermaydi. Fayllarni ochishda(xatosiz ochishda) fayl formatlarini bilish juda muhim, shunga qarab ularni to‘g‘ri ochib beradigan dastur tanlanadi. Maqolada, ko‘p ishlatiladigan fayl formatlarini qaysi dasturlar orqali ochish mumkinligini yozib o‘taman. Dastlab, siz ochmoqchi bo‘lgan fayl formatini qanday bilish kerakligini ko‘rsataman. Fayl belgilanadi va sichqonchani o‘ng tugmasini bosgan holda «Svoystva» menyusi tanlanadi va hosil bo‘lgan oynadan «Tip fayla» qismi orqali, fayl formati bilib olinadi. Formatni bilib oldik endi formatga qarab qaysi dastur kerak bo‘lishini bilib olamiz, demak, ma’lum bir formatga tegishli bo‘lgan formatlarni ochish kerak bo‘ladigan dasturlar ro‘yxati: ISO — «obraz» fayli hisoblanadi, o‘yinlar, dasturlar, operatsion tizimlar shu formatda bo‘lishi mumkin. Quyidagi dasturlar orqali ochish mumkin: — Daemon Tools Lite — WinRar — PowerISO — UltraISO — ISO Master SWF— Adobe Flash fayli hisoblanadi. Har xil interaktiv xizmatlar — o‘yinlar, animatsiyali roliklar bo‘lishi mumkin. Adobe Flash Player orqali ochish mumkin. Agar brauzeringizda Flash plagin qo‘yilgan bo‘lsa, u bilan ham ochish mumkin. FLV, MKV — video rolik yoki filmlarda qo‘llaniladigan format. Bu formatni ochish uchun, Windows tizimiga K-Lite Codec Pack kodekini o‘rnatish lozim, aks holda bu formatni ocha olmaysiz, ochishingiz mumkin, lekin xato(Ovoz bor video yo‘q, video bor ovoz yo‘q) bilan ochasiz. PDF — asosan kitoblar uchun format, lekin kitoblardan tashqari, jurnallar, qo‘llanmalar ham shu formatda tayyorlanishi mumkin. Bu formatni ochadigan dasturlar: — Adobe Reader — Foxit Reader — PDF Master — Sumatra PDF — STDU Viewer DJVU — bu format ham asosan kitoblar uchundir, bu formatdagi fayl hajmi kichikroq bo‘ladi, chunki fayl shu format orqali siqilgandir. Bu formatli faylni ochadigan dasturlar: — WinDjView — DJVU Reader — DJVU Viewer — Sumatra PDF — STDU Viewer FB2 — bu format elektron kitoblar uchun chiqarilgan format. Asosan elektron kitoblarni o‘qish uchun mo‘ljallangan BookReader qurilmasi ishlatadi. Shunday bo‘lsa ham, bu formatdagi kitoblarni Windows tizimida ham ochish kerak bo‘lib qoladi. Bunday holda, sizga quyidagi dasturlardan biri kerak bo‘ladi: — FB2 Reader — Calibre — STDU Viewer — CoolReader — AIReader DOCX — Microsoft Word formati hisoblanadi, ochish mumkin bo‘lgan dasturlar: — Microsoft Word 2007/2010 — File Viewer Lite — Microsoft Word Viewer — Microsoft SkyDrive RAR, ZIP, 7z — arxivga tegishli bo‘lgan formatlar. Bu formatlar orqali fayllar siqilgan holda saqlanadi, bu formatni ochadigan dasturlar: — WinRar — Hamster Lite Archive — 7-ZIP — WinZip — PeaZip PPT — prezentatsiyalarni o‘zida saqlaydigan Microsoft’ga tegishli bo‘lgan format. Bu formatni ochib bera oladigan dasturlar: — Microsoft Power Point — PPT Viewer — FileViewPro — kingsoft Presentation Free JPG, PNG, BMP, GIF — har xil turdagi rasmlar uchun format, ularni hammasini quyidagi dasturlar ochib bera oladi: — Adobe Photoshop — Microsoft Windows Photo Gallery Viewer — ACDSee Photo Manager RTF — katta hajmdagi matnlarni saqlash uchun format. Formatni yaxshi ochib bera oladigan dasturlar: — Microsoft Word — WordPad — Open Office — TextMaker Viewer 3GP — mobil telefon orqali olingan video format. Hajmi ham ancha kichik bo‘ladi, quyidagi dasturlar bu formatni Windows tizimida ochadi: — K-Lite Mega Codec Pack — Light Alloy — Media Player Classic — QuickTime Player TXT, LOG, XML, INI, CFG — barchasi, yozuv ko‘rinishidagi fayl formatlari. Matnni o‘qiy oladigan istalgan dastur bilan ochish mumkin: — Notepad — Notepad ++ — Microsoft Word — WordPad — AkelPad MP3, Wav — musiqaga oid format, wav haqiqiy musiqa formati bo‘lsa, mp3 shu formatni ancha siqilgan ko‘rinishi, bularni ochib beradigan dasturlar: — Real Player — Winamp — Windows Media Player — QuickTime Player — FormatFactory Asosiy va ko‘p ishlatiladigan formatlar shulardan iborat, agar sizga notanish format uchrab qolsa, dastlab uni Notepad’da ochib ko‘ring, agar ochilmasa keyin boshqa dastur qidirishga kirishing. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling