Doimiy mutolaada bo'lgan kishining so'z boyligidan muammosi bo'lmaydi,u jumlalardan go'zallik yarata olish qobiliyatiga egadir


Download 12.84 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi12.84 Kb.
#1766279
Bog'liq
Китобхонликка


Mo'jiza

Kitoblar-eng yupatuvchi va hech qachon xiyonat qilmaydigan,tashlab ketmaydigan,kimgadir jahl qilib uloqtirib yuborgan taqdirizda ham kerak bo'lganida yana jimgina beminnat yordamini ayamaydigan sodiq do'stlardir.


Kitob mutolaasi.Bunday taskinni hech qanday mehrdan his qilmaganman,bu kabi totli mazani hali biror dunyo ne'matlarida uchratmaganman.
Kitoblar dengiziga sho'ng'iydigan inson ikki xil bo'ladi.Birinchisi, majburiyat yuzasidan o'qishi kerak bo'lgan kishi.U ,,baribir tushunmayman" degan tushuncha bilan shunchaki ko'z yugurtirib chiqadi,natijada boshqalarga ulashish tugul o'zi uchun ham hech narsa o'rganmaydi.Qarabsizki,bunday kishi suv yuzasida muallaq turib qoladi.Ikkinchisi, o'sha dengiz tubida nima borligini aniq bilgani holda imi-jimida suvga g'arq bo'ladi,u yerda faqat kitobxonlargagina tanish bo'lgan musaffo havodan to'yib-to'yib nafas oladi.
Kitob-keksa donishmand aslida.Undan juda ko'p narsa o'rgansa bo'ladi, buning uchun eng muhimi: asarga mehr, mutolaaga ixlos va yozuvchiga hurmatdir.
Ilk o'qigan kitobim Farhod Musajonning ,, Bo'sh kelma Aliqulov " asari va yaqinda o'qishni tamomlagan asarim ,,Graf Monte Kristo" . Bu vaqt mobaynida juda ko'p mutolaa qildim,turfa xil asarlar ichida yashadim,minglab qahramonlar bilan tanishdim, ular bilan g'aroyib sarguzashtlarni boshdan kechirdim; odam qadami yetmagan joylarni kashf qildim,dengizlarda suzdim, ko'p martalab sayohatga chiqdim, jinoyatlarni fosh qildim,qaytadan chaqaloqqa aylandim,qarilikni bo'ynimga oldim ,afrikalik,amerikalik bo'ldim,koinotda sayr qildim.Bunday imkoniyatlarning barchasini menga sevimli kitoblarim hadya qildi.Olam-olam quvonch va baxt beradigan bunday daqiqalarni hech nimaga alishmayman.
Doimiy mutolaada bo'lgan kishining so'z boyligidan muammosi bo'lmaydi,u jumlalardan go'zallik yarata olish qobiliyatiga egadir.
Eng kuchli va boy insonni ko'rsat deyishganda,hech ikkilanmasdan ko'zlarida kitob nuri porlayotgan insonni ko'rsata olaman...!
Download 12.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling