Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. Raqobatlashuvchi firmaning foydasi va daromadlari
Doimiy xarajatlar va ularni turkumlash
Download 75.79 Kb.
|
Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. Raqobatlashuvchi firmaning fo
Doimiy xarajatlar va ularni turkumlashBuxgalteriya hisobi ma’lumotlari juda kо‘p masalalarni hal qilish uchun talab qilinadi va shuning uchun ushbu ma’lumotlarning ta’sirchan turkumlash va tartibga solish tizimini ishlab chiqish zarurdir. Korxonalarning asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bо‘lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim bо‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab va realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarga yoki davr xarajatlariga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratmasi, ishchi - xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi. Tannarx kо‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bо‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bо‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qо‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari qoplanadi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bо‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir va shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni о‘rnatishdir. Xarajatlar hisobi tizimi ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni asosan ikki harakat yoki maqsadda yig‘ib boradi. Birinchidan xarajatlarni ma’lum bir kategoriyalarga, masalan, material xarajatlar, mehnat xarajatlar, ustama xarajatlar yoki о‘zgaruvchan va о‘zgarmas kabilarga turkumlash orqali yig‘adi. Ikkinchidan, xarajatlar hisob yо‘nalishlari bо‘yicha turkumlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yо‘nalishlari uchta yirik toifaga bо‘linadi: zaxiralarni baholash uchun xarajatlar haqidagi ma’lumotlar; qarorlar qabul qilish uchun xarajatlar haqidagi axborot; nazorat va tartibga solish maqsadida xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar. Birinchi hisob yо‘nalishi zaxiralarni baholash maqsadida tashkil qilinadi. Ma’lumki, zaxiralarga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xom ashyo, materiallar kabilar, bundan tashqari, sotish uchun mо‘ljallangan tovarlar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabilar kiradi. Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya hisobi uchun muhimi, albatta, ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Buxgalteriya hisobi tizimida ularni hisobga olish uchun ularning qiymat о‘lchovlarini aniqlash, ya’ni baholash talab etilishi hammaga ma’lum, deb о‘ylaymiz. Mahsulotlarni baholash, odatda, ularning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotish bahosi bо‘yicha amalga oshiriladi. Har ikkisi uchun ham mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar asos bо‘lib xizmat qiladi. Bu о‘z navbatida xarajatlarning shunga mos turkumlanishini talab qiladi. Ikkinchi hisob yо‘nalishi uchun misol tariqasida stanokni saqlash va undan foydalanish xarajatlarini keltirishimiz mumkin. Bunday ma’lumot taklif qilinayotgan stanok bо‘yicha kutilayotgan xarajatlar bilan solishtirish va tegishli qaror qabul qilish uchun zarurdir. Uchinchi hisob yо‘nalishi uchun turkumlashning ahamiyatini tushuntirish uchun biror bir bо‘lim uchun xarajatlarning hisobini keltirishimiz mumkin. Bunday ma’lumot xarajatlarni smeta xarajatlari bilan solishtirish imkonini beradi, ya’ni nazorat va tartibga solish maqsadida ishlatiladi. Xarajatlar hisobining yuqorida keltirilgan uchta yо‘nalishi doirasida xa- rajatlarni turkumlashning muqobil usullarini quyidagi jadval yordamida kо‘rib chiqishimiz mumkin. Download 75.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling