Doiraviy diagrammalar va ularni qurish


Download 4.71 Kb.
Sana01.09.2023
Hajmi4.71 Kb.
#1672045
Bog'liq
Doiraviy diagrammalar va ularni qurish-fayllar.org


Doiraviy diagrammalar va ularni qurish

1


DOIRAVIY DIAGRAMMALAR VA ULARNI QURISH 


Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1. Quyidagi jadvalda dunyo okeanlarining yuzi berilgan. Undan foydalanib doiraviy 

diagramma quring.


2. 4-rasmda Yer yuzida quruqlik va okean suvlari egallagan maydonlar diagrammasi 

tasvirlangan. U asosida Yer yuzining qanday qismini okean suvlari va qanday qismini


quruqlik tashkil qilishini aniqlang. 
3. Mevadan tayyorlanadigan ichimlikning tarkibi 600 g meva, 1200 g suv va 360 g 

shakardan iborat. Bu ma'lumotlardan foydalanib, ichimlik tarkibini ko‘rsatuvchi


doiraviy diagramma quhng. 
4. Avtosalon bir oyda 20 ta «Spark», 12 ta «Lasetti», 20 ta «Neksiya» va 18 ta
«Matiz» rusumidagi yengil avtomobillarini aholiga sotdi. Avtosalonning oylik sotuv 
tarkibini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
5. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Yer 
materiklari maydonini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.

2
6. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Yer 


yuzida tarqalgan quruqlik turlari maydonini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.


7. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib 

Markaziy Osiyo aholisining davlatlar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatuvchi doiraviy


diagramma tuzing. 
Uyda bajariladigan topshiriqlar 
1. Yakshanba kuni 7-, 8- va 9- sinf o‘quvchilari maktab hovlisini obodonlashtirish 

maqsadida hasharga chiqishdi. 7-sinf o‘quvchilari hovlining

qismiga, 8- sinf 
o‘quvchilari esa

qismiga gullar ekishdi. Hovlining qolgan qismiga esa 9-sinf


o‘quvchilari daraxt ekishdi. Bu ma'lumotlar asosida doiraviy diagramma tuzing. 
2. Zavodning 1-bo‘limida 270 ishchi, 2- bo‘limida 360 ishchi, 3- bo‘limida esa 180
ishchi ishlaydi. Bundan tashqari zavodda 90 kishidan iborat ma'muriyat xodimlari 
ham bor. Zavod xizmatchilari tarkibini doiraviy diagramma shaklida tasvirlang.


3
3. Fermer xo‘jaligining 22,4 ga maydondagi issiqxonasida ekinlar qanday maydonda 


ekilganligi doiraviy diagrammada berilgan (5- rasm). Наг bir ekin ekilgan maydon


kattaliklahni gektarlarda aniqlang. 
4. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Yer 

aholisining qit'alar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.


5. 11-15 yoshli bolalar har kuni vaznining har bir kilogrammiga mos ravishda 2,6 g 

oqsil, 2,3 g yog‘ va 10,4 g uglevodlar iste'mol qilishi lozim. Vazni 38 kg bo‘lgan


o‘quvchi har kuni qanchadan oqsil, yog‘ va uglevodlar iste'mol qilishini grammlarda 
hisoblang va doiraviy diagramma tuzing. Diagrammaga nom qo‘ying.
6. Mamlakatimizda 2011-yilga kelib, mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi kom-
paniyalarning mijozlari soni quyidagicha bo‘ldi: «Beeline» - 5,4 mln kishi, MTS - 9
mln kishi, «Perfektum-mobile» - 0,4 mln kishi, «Usell» - 7,4 mln kishi, «Uzmobile» - 
0,6 mln kishi. Bu ma'lumotlardan foydalanib, doiraviy diagramma tuzing va uni
nomlang. 




http://fayllar.org
Download 4.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling