Doiraviy diagrammalar va ularni qurish
Download 356.49 Kb. Pdf ko'rish
|
50.DOIRAVIY DIAGRAMMALAR VA ULARNI QURISH-1
1
Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1. Quyidagi jadvalda dunyo okeanlarining yuzi berilgan. Undan foydalanib doiraviy diagramma quring.
2. 4-rasmda Yer yuzida quruqlik va okean suvlari egallagan maydonlar diagrammasi tasvirlangan. U asosida Yer yuzining qanday qismini okean suvlari va qanday qismini quruqlik tashkil qilishini aniqlang.
3. Mevadan tayyorlanadigan ichimlikning tarkibi 600 g meva, 1200 g suv va 360 g shakardan iborat. Bu ma'lumotlardan foydalanib, ichimlik tarkibini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma quhng. 4. Avtosalon bir oyda 20 ta «Spark», 12 ta «Lasetti», 20 ta «Neksiya» va 18 ta «Matiz» rusumidagi yengil avtomobillarini aholiga sotdi. Avtosalonning oylik sotuv tarkibini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing. 5. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Yer materiklari maydonini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
2
6. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Yer yuzida tarqalgan quruqlik turlari maydonini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
7. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Markaziy Osiyo aholisining davlatlar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
1. Yakshanba kuni 7-, 8- va 9- sinf o‘quvchilari maktab hovlisini obodonlashtirish maqsadida hasharga chiqishdi. 7-sinf o‘quvchilari hovlining
qismiga, 8- sinf o‘quvchilari esa
qismiga gullar ekishdi. Hovlining qolgan qismiga esa 9-sinf o‘quvchilari daraxt ekishdi. Bu ma'lumotlar asosida doiraviy diagramma tuzing. 2. Zavodning 1-bo‘limida 270 ishchi, 2- bo‘limida 360 ishchi, 3- bo‘limida esa 180 ishchi ishlaydi. Bundan tashqari zavodda 90 kishidan iborat ma'muriyat xodimlari ham bor. Zavod xizmatchilari tarkibini doiraviy diagramma shaklida tasvirlang.
3
3. Fermer xo‘jaligining 22,4 ga maydondagi issiqxonasida ekinlar qanday maydonda ekilganligi doiraviy diagrammada berilgan (5- rasm). Наг bir ekin ekilgan maydon kattaliklahni gektarlarda aniqlang.
4. Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan foydalanib Yer aholisining qit'alar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
5. 11-15 yoshli bolalar har kuni vaznining har bir kilogrammiga mos ravishda 2,6 g oqsil, 2,3 g yog‘ va 10,4 g uglevodlar iste'mol qilishi lozim. Vazni 38 kg bo‘lgan o‘quvchi har kuni qanchadan oqsil, yog‘ va uglevodlar iste'mol qilishini grammlarda hisoblang va doiraviy diagramma tuzing. Diagrammaga nom qo‘ying. 6. Mamlakatimizda 2011-yilga kelib, mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi kom- paniyalarning mijozlari soni quyidagicha bo‘ldi: «Beeline» - 5,4 mln kishi, MTS - 9 mln kishi, «Perfektum-mobile» - 0,4 mln kishi, «Usell» - 7,4 mln kishi, «Uzmobile» - 0,6 mln kishi. Bu ma'lumotlardan foydalanib, doiraviy diagramma tuzing va uni nomlang. Download 356.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling