Domna pechidagi olishda shixtani hisoblash
Download 180.4 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Amaliy ish
AMALIY ISH Domna pechidagi olishda shixtani hisoblash. Ishdan maqsad. Talabalarga sanoatda qotishmalar quyma holatda ishlatilishi va bularni tayyorlash uchun metallurgik usul qo‘llanilishi xaqida tushincha berish. Tashkil etuvchilarni eritish va aralashtirish, qotishmalar birlamchi, ikkilamchi va oraliq turlariga bo‘linishini. Nazariy qism. Birlamchilari texnikaviy toza metallardan tayyorlanadi. Ikkilamchilari ishlab chiqarish qoldiqlari qirindi, shlaklar va boshqalardan tayyorlanadi. Oraliq yoki “ligaturalar” u yoki bu metallni eritishda yordamchi sifatida ishlatiladi. Albatta, birlamchi qotishma sifati yuqori, chunki, chiqindilar (“primes”) kam. Lekin arzon. Qotishmani tayyorlash uchun zarur dastlabki materiallar yig‘indisiga shixta deyiladi. Shixta tarkibiga quyidagilar kiradi: yangi ishlatilmagan materiallar (metallurgiya zavodlaridan keltirilgan); ikkilamchi metallar va qotishmalar (sanoat lomi va sanoatni qayta ishlash chiqindilari); mahsus ferrootishmalar va ligaturalar (metallurgiya zavodida tayyorlangan); ishlab chiqarish qoldiqlari (quyma ishlab chiqarish chiqindilari va mexanika sexi chiqindilari); Flyuslar. Flyus sifatida tabiiy minerallar va zavodlarda tayyorlangan maxsus mollar ishlatiladi. Cho‘yan va po‘lat eritishda o‘xak, dolomit, eruvchan shpat, kvars qumi va boshqalar ishlatiladi. Flyuslar eritishdan oldin kimyoviy analiz qilinishi zarur. Flyuslarning kimyoviy tarkibini spravochniklardan olish mumkin. Rangli metallarni eritishda o‘zlarini maxsus flyuslari qo‘llaniladi. Shixtani tuzish. Dastlabki mahsulotlarni bir - biriga nisbatan miqdoriga qarab shixtalarni to‘rt variantga ega: faqat texnikaviy toza (sortovoy) metallardan iborat. texnikaviy toza metallar, ikkilamchi qotishma va ligaturlardan iborat. texnikaviy toza metallar, ligaturlar, ikkilamchi qotishma va chiqindilar. faqat qaytgan materiallardan va lomdan iborat. Shixta komponentlarining nisbati suyuq metal sifatiga qo‘yilgan talablarga qarab keng doirada o‘zgaradi. Shixtani hisoblash. Shixtani tashkil etuvchilarini miqdoriy ulushini hisoblash eritilayotgan qotishmani kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Shixta komponentlarining kimyoviy tarkibini aniq olish murakkab. Shuning uchun ularga dopusk qo‘yib, o‘rtachaqiymati aniqlanadi va ta'minlanadi. Har bir komponent uchun o‘rtacha kimyoviy tarkib bo‘yicha hisob qilinadi. Lekin hisobni shunday olib borish kerakki, qotishmaning mexanik va quyma hossalari yuqori bo‘lishi lozim.
Download 180.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling