1-rasm. - Ventilyator quviridagi to‘siqni har xil qiyalikda o‘rnatib, ventilyatordan chiqayotgan havo oqimini g‘alvirning bosh, o‘rta yoki undan birmuncha keyingi qismini yo‘naltirish mumkin. Og‘ir don elashda shamol g‘alvirning bosh qismiga yaqinroq joyiga, engil (uchuvchan) don elashda-o‘rta qismiga yo‘naltirish ma’qul bo‘ladi.
- Ustki g‘alvir ko‘zlari shunday darajada ochilgan bo‘lishi kerakki, elanayotgan donning deyarli hammasi g‘alvir uzunligining boshlang‘ich 75% da pastka o‘tib ulgurishi kerak.
- Ustki va pastki g‘alvir ko‘zlarining kengligi elanayotgan don o‘lchamlariga qarab o‘rnatiladi: bug‘doy, arpa, suli, sholi, kungaboqar uchun 10-13 va 5-8 mm; raps uchun 4-6 va 3-5 mm, beda urug‘i uchun 8-10 va 3-5 mm qo‘yilgani ma’qul bo‘ladi.
- Agar yanchish apparatiga zichlangan somon tiqilib qolsa, kabinadagi taxometr baraban tezligi kamayib ketganini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatda kombayn to‘xtatiladi, motor o‘chiriladi, kalit joyidan olinadi va 1-rasmdagidek, kombayining chap tomonidagi maxsus teshiklari bo‘lgan shkivi lom yordamida teskari aylantirilib, lyuk orqali baraban tozalanadi.
- Qiyin yanchiladigan g‘allaga ishlov berishda baraban tagligi (dekasi)ga qo‘shimcha tishli savag‘ichlar (2-rasm) o‘rnatish samara beradi. Shu maqsadda kombayndagi asboblar yashchigida uchta qo‘shimcha savag‘ich mavjud bo‘ladi.
2-rasm. 3-rasm. - Savag‘ich o‘rnatish tartibi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Savag‘ichlar L va R 6 ta vint bilan dekaga qotiriladi. Vint gaykasi ostiga kontrshayba G qo‘yilishi kerak. 1- va 2-plankalar orasiga L savag‘ichi tishlari chap tomonga kertilgan bo‘lsa, R savag‘ich tishlari o‘ng tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.Deka uchta bo‘lak (segment)dan yig‘ilgan. Dekani demontaj qilishda avvaliga o‘rtasidagi bo‘lakni echib olish kerak. Keyin esa, chetkilari uning o‘rniga surilib, echiladi. Deka qismlarini almashtirish uchun, qiya transportyor ustiga o‘rnatilgan qopqoqni echib olib ochilgan joydan foydalanish kerak.
- Baraban tagidan otilib chiqayotgan somon uzoqqa uchmasdan somonelagichning bosh qismiga tushishi uchun, uning tezligini keskin kamaytirish maqsadida qaytaruvchi biter va brezent fartuk o‘rnatilgan. Uzun, nam, og‘ir somon elashda fartuk yuqoriroq ko‘tariladi. O‘ta issiq, qurg‘oq vaqtda yig‘ishtirilayotgan bug‘doy poyalari ko‘proq maydalanadi. Bunday vaziyatda fartukni pastroq tushirib qo‘yish ma’qul bo‘ladi.
- Yanchish barabanida maydalangan somon poyalari orasiga ko‘p miqdordagi don aralashib, qisilib, qolgan bo‘ladi. Uni to‘liqroq ajratib olish uchun, somonelagichni tez-tez tozalab turish kerak bo‘ladi. Buning uchun kombayn usti hamda don bunkeriga o‘rnatilgan qopqoqlarni ochib, somonelagich qismlarini nazorat qilish, tozalash mumkin. Somonelagich klavishasi tunukadan nov kabi tayyorlanadi. Uning ikki chetidagi qirrasi tishsimon yasalgan. Kombayn tez yuritilib, yanchishga me’yoridan ko‘proq g‘alla tushirilsa, yanchish apparati noto‘g‘ri, ya’ni chala yanchiydigandek sozlansa, g‘alvir ko‘zlari me’yoridan kam ochilgan bo‘lsa, g‘alvir ko‘zidan o‘taolmay uning ustidan tushib, barabanga takroran yanchish uchun yuborilayotgan mahsulot miqdori ko‘p bo‘lsa, don shikastlanishi, nobudgarchiligi ortib ketishini unutmaslik kerak.
- Somonelagichdagi chetki klavishalarning oxiriga ikkita sensor S (4-rasm) hamda ustki g‘alvir oxiriga uning butun eniga teng bo‘lgan sensor T (4-rasm) datchigi o‘rnatilgan. Sensordan yuqoriroq joy bo‘ylab irg‘itilayotgan somonga aralashgan don sensor ustiga tushib, uni uradi. Natijada, elektr toki paydo bo‘lib, kabinadagi priborni ishga tushiradi. Agar pribor ko‘rsatuvi me’yordan ortib ketsa, somonelagich ishi samarasini oshirish kerak bo‘ladi (misol uchun, kombayn tezligini kamaytirib).
Do'stlaringiz bilan baham: |