Oksidlovchilar bilan eritmalar tayyorlash
Kumush nitrat va kaliy permanganat eritmalari organik moddalar ta’sirida tez parchalanib ketishi mumkin (ayniqsa, filtrlanish jarayonida). Shuningdek filtr qog‘ozi kumush ionlarini o‘zida adsorbsiyalab ushlab qoladi.
Shuning uchun bunday moddalardan eritmalar tayyorlashda oldindan filtrlab olingan yangi haydalgan, tozalangan suvdan foydalaniladi. Juda filtrlash zarur bo‘lsa, birinchi yoki ikkinchi nomerli shisha filtrlardan foydalanish mumkin.
Rp: Sol. Argenti nitratis 0,12 180 ml
D.S. Chayish uchun.
0,12 g kumush nitrat oldindan filtrlangan yangi haydalgan, tozalangan 180 ml suvda eritiladi. Тayyor eritmani qo‘ng‘ir idishga solib surguchlab, muhr qo‘yiladi. Zarur bo‘lsa 1-sonli shisha filtr orqali filtrlanadi. «Ehtiyot bo‘linsin» deb yozilgan ogohlantirish yorlig‘i yopishtiriladi. Shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun, deb yozib qo‘yiladi.
Rr: Sol Kalii permanganatis 5%—50 ml
D.S. Surtish uchun.
Kaliy permanganat sovuq suvda 1:18, issiq suvda esa 1:3 nisbatda eriydi.
2,5 g kaliy permanganatni hovonchada maydalab 50 ml yangi haydalgan, oldindan filtrlangan issiq suvda eritiladi va qo‘ng‘ir shisha idishlarga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |