Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


SUVSIZ ERIТMALARNI ТAYYORLASH. SТANDARТ ERIТMALARNI SUYULТIRISH


Download 1.04 Mb.
bet54/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

SUVSIZ ERIТMALARNI ТAYYORLASH. SТANDARТ ERIТMALARNI SUYULТIRISH
ТOPSHIRIQ:
1.Eritma tayyorlash:

a) uchuvchan erituvchilarda;

b) uchmaydigan erituvchilarda.

2.Standart eritmalarni suyultirish bo‘yicha hisoblashlarni bajarish:

a) shartli nom bo‘yicha hisoblash;

b) kimyoviy nom bo‘yicha hisoblash.


Suvsiz eritmalar
Dorilar texnologiyasida suvli eritmalardan tashqari spirtli, glitserinli, moyli, silikonli va hokazo eritmalar uchraydi. Ko‘pincha ular sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi. Suvsiz erituvchilar 2 guruhga bo‘linadi:

1. Uchuvchan (etanol, xloroform, efir, benzin, skipidar).

2. Uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar: o‘simlik moylari, vazelin moyi (suyuq parafin), glitserin.

Uchuvchan erituvchilar bilan eritma tayyorlaganda qizdirish, filtrlash, suzish kabi texnologik bosqichlardan voz kechish lozim, chunki bunda erituvchining uchib ketish ehtimoli bo‘ladi. Efir, benzin, etanol yong‘indan xavflidir. Bu eritmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan, og‘zi zich yopiladigan shisha idishlarda tayyorlanadi. Suvli eritmalardan farqli o‘laroq suvsiz eritma tayyorlashda avval idishga eritiladigan modda, so‘ngra erituvchi solinadi. Idish quruq bo‘lishi shart. Bu eritmalarni filtrlash zarur bo‘lgan taqdirda voronka ustiga shisha plastinka yopib turib filtr­lash kerak. Agar etanolning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 90% li etanol ishlatiladi (hajm foizda).

Bundan quyidagilar mustasno:

5—10% li yod eritmasi (X DF), 1—2% li yod eritmasi, 1,5% li vodorod peroksid eritmasi, 1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda; 1—2% salisil kislotasi va 0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda; 1—2% li brilliant yashili va 1% li metilen ko‘ki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi (O‘z RSSV ning 2002-yil 29-dekabrdagi 582-sonli buyrug‘i).

Etanol eritmalari og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi.
Rr: Acidi borici 0,3

Sp. aethylici 70% — 10 ml

M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.
Quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etanol solib eritiladi (og‘zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°C) solib isitish mumkin.

Ba’zan 70% li etanol olish uchun 95% li etanolni suyultirish lozim bo‘ladi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

X = V Ѕ B

    A


Masalan, 50 ml 70 %li etanol eritmasini tayyorlash kerak.

X = 50 Ѕ 70 = 36,8 ml.

                         95

Silindrga 36,8 ml 95% li etanol solib hajmi 50 ml ga yetguncha tozalangan suv qo‘shiladi. O‘lchov silindri bo‘lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.

Moyli, glitserinli eritmalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.

Rr: Mentholi 0,2

Ol. Vaselini 20,0

M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.


Quruq flakonga 0,2 g mentol solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 20 g vazelin moyi solinadi. Og‘zi berkitilgan idishdagi aralashmani suv hammomida 70—80°C gacha qizdiriladi. Bunda mentol to‘liq eriydi.
Rr: Natrii tetraboratis 20,0

Glycerini 80,0

M.D.S. Og‘izning shilliq pardalarini artish uchun.
Quruq flakonga 20 g natriy tetraborat solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 80 g glitserin solinadi. Idishning og‘zi berkitilib, natriy tetraborat erib ketguncha suv hammomida qizdiriladi. Тegishli yorliq yopishtiriladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling