Dori moddalarining ta’siri va davolash turlari
Download 22.71 Kb.
|
DORI MODDALARINING TA
DORI MODDALARINING TA’SIRI VA DAVOLASH TURLARI 1. Mahalliy ta’sir-dorining shifobaxsh ta’siri qo’yilgan, ishlatilgan joyda yuzaga chiqadi. Masalan, mikroblarga qarshi malhamlar, primochkalar, chayish, tomchilar kabi moddalarning ko’pchiligi to’qimalarda yuzasiga mahalliy ta’sir ko’rsatadi. Mahalliy ta’sir degan tushuncha nisbiy bo’lishi mumkin, chunki mahalliy ta’sir kuchi qo’llaniladigan dorilar ko’p bo’lsa ham shikastlangan teri (ba’zan esa shikastlanmagan teri), shiliq pardalar orqali qonga so’rilishi mumkin. 2. Rezorbtiv ta’sir-dori moddalarninig qonga so’rilgandan keyingi (resorbtion-so’rilish) ta’siri. Mahalliy hamda rezorbtiv ta’sir orqali dori moddalar bevosita, bilvosita hamda reflektor ta’sir ko’rsatishi mumkin. 3. Dori moddalar to’g’ridan-to’g’ri xasta a’zoga shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, bevosita ta’sir deb ataladi. Dori moddaning biror a’zoga bevosita ta’siri tufayli boshqa a’zolarning faoliyati yaxshilansa, bilvosita ta’sir deyiladi. Masalan, yurak glikozidlari bilan davo qilishda bevosita ta’sir tufayli yurak faoliyati yaxshilanadi, natijada ularning bilvosita ta’siri kelib chiqadi, buyraklarning siydik xaydash faoliyati oshadi. 4. Reflektor ta’sir-dori moddalar teri, shiliq qavat hamda, boshqa yo’llar bilan qo’llanilganda to’qimalardagi nerv retseptorlari (sezuvchan nerv oxirlari)ni qo’zg’atishi natijasi paydo bo’ladi. Qo’zg’alish tegishli nerv markazlariga yoki ichki a’zolarga o’tib, ularnig holatini o’zgartiradi. Masalan, og’izga achchiq moda solinganda ta’mni sezish retseptorlari ta’sirlanadi. Ta’sirlanish markaziy nerv sistemasiga, so’ngra reflektor yoyining pastga tushuvchi qismi bo’yicha me’daga o’tkaziladi. Achchiq moddalarning reflektor ta’siri natijasida me’da bezlarining faoliyati ortadi va ajralib chiqadigan me’da shirasining miqdori ko’payadi. Masalan, ammiak (novshadil spirti) bug’i yuqori nafas yo’llari shiliq qavatidagi sezuvchan nerv oxirlarini ta’sirlaydi va refleks orqali uzunchoq miyadagi nafas va qon-tomir markazini qo’zg’atib, ushbu a’zolar faoliyatini oshiradi. 5. Asosiy ta’sir deyilganda biror moddani qo’llaganda birinchi navbatda ro’yobga chiqadigan ta’sir tushuniladi. 6. Tanlab ta’sir ko’rsatish-dori moddalar bir erda joylashgan retseptorlarga tanlab ta’sir qilinadi. Masalan, yurak glikozidlari miokardga, gipofizning oksitotsin gormoni bachadonga, adrenalin adronoretseptorlarga tanlab ta’sir ko’rsatadi. 7. Asliga qaytuvchi va asliga qaytmas ta’sir. Agar dori moddalrai qisqa muddat ta’sir etsa, ta’siri kuchli bo’lmasa, a’zo va to’qimalarda deyarli katta o’zgarishlar ro’y bermagan bo’lsa, oradan birmuncha vaqt o’tgach, a’zolar yoki to’qimalar holati tiklana boshlaydi, dori moddalarning ta’siri yo’qoladi, bu asliga qaytar ta’sir deb ataladi. Farmokologik ta’sirning ko’p dori moddalarining juda muhim xususiyatidir. Ba’zi dorilar bemorlarga yuqori miqdorda qo’llanilganda to’qimalar holati jiddiy o’zgarishlarga uchraydi, ya’ni ularning bundan keyingi faoliyati to’xtab qoladi-qaytmas ta’sir ko’rsatadi. Masalan, og’ir metal tuzlarining kuchsiz eritmalari asosan burishtiruvchi ta’sir ko’rsatadi-bu qaytar ta’sirdir, shu moddalarning yuqori konsentratsiyasi odatda kuydiruvchi, qaytmas ta’sir ko’rsatadi, natijada to’qimada qaytmaydigan o’zgarishlar sodir bo’ladi. 8. Nojo’ya ta’sir. Dori moda asosiy ta’sir ko’rsatishi bilan birga boshqa a’zo va to’qimalarda nojo’ya ta’sir ko’rsatadi. Masalan, alkoid atropinning asosiy ta’siridan biri oshqozonda yara bo’lganda sekretsiyani kamaytiradi, shu bilan birga atropin qo’llanilganda og’iz quriydi, yurak urishi tezlashadi va hokazo, bular o’sha moddani nojo’ya ta’siri hisoblanadi. Ko’ngil aynishi, qusish holatlariba’zi sulfanilamid moddalarning nojo’ya ta’siri oqibatidankelib chiqadi. Ayrim hollarda dorilarning nojo’ya, ya’ni asta-seken zaharlovchi ta’siri juda kuchli bo’ladi, hatto bularni qo’llashdan voz kechishga, boshqa turdagi moddalarni qo’llashga to’g’ri keladi. 9. Zaharli ta’sir. Ba’zi bir dori moddalari ro’yirost zarar qilib, zaharli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, morfin bolalar nafas markazini susaytiradi. Davolash turlari: Etiotrop (yunoncha – aetio – sabab, tropo - yo’naltirish) davolash turi dori moddalarining kasallik sabablarini yo’qotishga qaratilgan. Masalan, zaxmni davolash uchun margimushning organik birikmalari, zotiljamni, so’zakni davolash uchun sulfanilamid moddalarni qo’llash etiotrop davolash turiga misol bo’la oladi. Ular ushbu kasallik sababchilariga-mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi. Etiotrop ta’sir dori moddalarning eng qimmatli xususiyatidir. Simptomatik davolash-ba’zi dori moddalarni ta’siri kasallik belgilari (simptomlari) ni yo’qotishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, xaroratni tushiradigan, og’riqni qoldiradigan vositalar shular jumlasidandir. Simptomatik dorilar ta’sirida bemorning faqat ahvoli yaxshilanib qolmay, balki uning xayoti saqlanib qolishi mumkin. Lekin ular kasallikning asosiy sababiga ta’sir ko’rsatmaydi. Masalan, og’riq tufayli paydo bo’lgan shokda kuchli og’riq organizmga, avvalo nerv sistemasiga xalokatli ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’rin bosuvchi davolash-organizmda fiziologik faoliyatni idora etishda ishtirok etadigan moddalar kamayib ketsa, ularning o’rnini bosuvchi moddalar yuboriladi, bunda asosan gormon va vitamin moddalari qo’llaniladi. Masalan, oshqozon osti bezining Langergans orolchalaridan insulin gormoni ishlab chiqishi kamaysa, qandli diabet yuzaga keladi, ushbu kasallikda uning o’rnini bosuvchi dori sifatida gormonal modda – insulin qo’llaniladi. Profilaktik davolash. Dori moddalarining kasalliklarining oldini olish uchun qo’llanishi profilaktik davo deb ataladi. Ularning so’rilish tezligiga, to’qimalar, a’zolarga tarqalishiga organizmning biologik suyuqliklaridagi konsentratsiyasi va biotransformatsiyasiga ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun bemorlarni davolashda samarali ta’sir etadigan dori shakli qo’llaniladi. Dori moddalarining kimyoviy tuzilishi bilan farmokologik ta’siri o’rtasida bog’lanish bor. Masalan, barbiturat kislotaning o’zi uxlatish xususiyatiga ega emas, shu kislotaning unumlari – barbituratlar ushbu xususiyatga ega. Barbituratlarning uxlatish ta’siri davomiyligi ham ularnig tuzilishiga bog’liqdir. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling