Dori turlari texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar


Download 128.38 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi128.38 Kb.

Dori turlari texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot 

ishlar: 

 

O„zbekiston Respublikasi aholisini samarali, sifatli dori darmonlar bilan ta‟minlash 

maqsadida farmatsevtik texnologiya asoslarini qo„llagan holda dolzarb yo„nalishdagi dori 

vositalarining  mo„„tadil  tarkibi  va  texnologiyasini  ishlab  chiqish  bo„yicha  ilmiy 

izlanishlar olib borildi.  

O„lkamiz  xududidagi  mahalliy  resurslaridan  foydalanib,  quydagi  dori  prepartlari 

texnologiyasi ishlab chiqildi: 

-  Tog„  qudduzi  er  ustki  qismidan  quruq  ekstrakt  olish  va  tabletka  dori  shaklini 

yaratish  bo„yicha  tog„  qudduzi  er  ustki  qismidan  ekstrakt  olishning  olishning  optimal 

usulini  taklif  etish  maqsadida  ekstraksiya  jarayoniga  ta‟sir  etuvchi  omillar  o„rganilib 

chiqildi.  Quruq  ekstrakt  olishda  ajratuvchi  sifatida  40%,  50%,  60%,  70%  spirtlar 

ishlatildi. Ajratuvchini tanlash ta‟sir qiluvchi moddalarni chiqish unumi bilan belgilandi. 

Keyingi bosqich tajribalarda o„simlik xomashyosi har xil maydalikda 1 mm dan - 8 mm 

gacha kattalikda maydalanib, ajratmalar olindi. Xomashyo maydaligi 2-3 mm bo„lganda 

ekstraktiv  moddalar  ko„p  miqdorda  ajralib  chiqdi.  1  mm  dan  kam  bo„lganda  yot 

moddalar  ko„p  miqdorda  ajralib,  ajratma  loyqa  ko„rinishda  bo„ldi.  Barcha  holatlarda 

olingan  ajratmalar  yot  moddalardan  tozalangandan  so„ng,  bug„latib,  quritildi.  Quruq 

ekstrakt  DF  XI  bo„yicha  sifat  va  miqdor  ko„rsatkichlari  aniqlandi.  Keyngi  tajribalarda 

olingan  ekstrakt  asosida  turli  yordamchi  moddalar  ishtirokida:  kraxmal,  natriy 

gidrokarbonat,  saxaroza  spirt,  suv  va  boshqa  moddalar  bilan  tabletka  dori  shaklini 

mo„„tadil tarkibi ishlab chiqildi va 0,3 g o„rtacha og„irlikda gidropressda olindi. Olingan 

tabletkalarning tashqi ko„rinishi qo„ng„ir rangli, silliq, d=9 mm, h=2,8 mm, parchalanishi 

13  sek.,  qattiqligi  60  N.  Quruq  ekstrakt  va  tabletka  tarkibidagi  flavonoidlar  miqdori 

spektrofotometrik usulda aniqlandi. 

 -  «Propolis  nastoykasi  asosida  dermatologik  polimer  dorivor  pardalar 

texnologiyasini  ishlab  chiqish”  bo„yicha  hisobot  yilida  propolis  nastoykasi  asosida 

dermatologik  polimer  pardalarni  mo„„tadil  tarkib  va  texnologiyasini  ishlab  chiqildi. 

Bunda polimer massaning tarkibida propolis nastoykasining miqdori 15% deb belgilandi. 

Polimer massalarda propolis nastoykasini polimerlar bilan mos kelishini hamda mo„„tadil 

parda  hosil  qiluvchi  polimerni  tanlash  uchun  qator  polimerlar  yordamida  (MS,  natriy-

KMS,  jelatina,  PVS,  agar-agar)  bilan  modelli  polimer  massalar  tayyorlanib,  ulardan 

shakllantirilgan  polimer  pardalarning  ko„rsatkichlari  (MH  keltirilgan  usullar  bo„yicha 

tashqi  ko„rinishi,  qolipdan  ko„chish  xususiyati,  rN  ko„rsatkichi,  erish  vaqti)  o„rganildi. 

Olingan tajriba natijalariga asoslanib, mo„„tadil parda hocil qiluvchi polimer sifatida Na-

KMS  tanlandi.  Polimer  massada  parda  hosil  qiluvchi  Na-KMSning  va  plastifikator 

glitserinning  mo„„tadil  konsentratsiyasini  asoslash  bo„yicha  ITI  olib  borildi  va  Na-

KMSni  1,5;  2,0  va  2,5%  va  plastifikatorni  0,5;  1,0  va  1,5%  saqlovchi  modelli  polimer 

massalar olindi va ulardan pardalar shakllantirilib, xossalari aniqlandi. Natijada quyidagi 

mo„„tadil  tarkibi  taklif  etildi  (10  parda  uchun):  propolis  nastoykasi  5,0;  Na-KMS  2,0; 

glitserin  1,0;  tozalangan  suv  100,0  gacha.  Olingan polimer  pardaning  tashqi ko„rinishi, 

qolipdan ko„chish xossasi, erish vaqti, rN ko„rsatkichlari baholandi. Olingan natijalariga 

ko„ra  propolis  nastoykasini  saqlovchi  polimer  pardalarning  mo„„tadil  texnologik 

jarayonlarini ishlab chiqildi. 


-  Tabiiy  xomashyo  asosida  yallig„lanishga  va  modda  almashinuvni  tubdan 

yaxshilovchi antidiabetik murrakkab tarkibli surtmalar texnologiyasi va standartizatsiyasi 

bo„yicha  2015  yilda  yallig„lanishga  va  modda  almashinuvni  tubdan  yaxshilovchi 

antidiabetik murakkab tarkibli surtma (glipil, sachratqi ildizi, steviya bargi va b.) sifatini 

baholash  va  tahlil  usullarini  ishlab  chiqildi.  Jumladan,  “Fitoderm”  murakkab  tarkibli 

surtmaning  sifati  tashqi  ko„rinishi  -  och  jigarrang  ranli,  o„ziga  hos  hidga  ega,  bir  xil, 

mexanik  zarrachalaridan  xalos  surtma,  rN  (5,45±1.12),  kolloid  va  termoturg„un  (1500 

daq/ayl.  5  daqiqa  aylantirilganida  va  45

0

S  da  14  sutka  saqlanganda  barqaror)  hamda 



surtma  tarkibiga  kiruvchi  biologik  faol  moddalarning  chinligini  aniqlash  va  miqdoriy 

tahlil  usullarini  ishlab  chiqildi.  Olingan  natijalar  bo„yicha  preparat  tarkibida  glipil 

miqdori Dyuma-Pregl usulida (oqsillar miqdori 17,2% kam emas), polisaxaridlar miqdori 

gravimetrik  usulda  aniqlandi  (10,4%  kam  emas).  “Fitoderm”  murakkab  tarkibli 

surtmaning  reologik  xossalari  o„rganildi:  qovushqoqligini  aniqlash  “Reotest-2”  markali 

rotatsion  viskozimetrda  olib  borildi.  Turli  asoslarda  tayyorlangan  yallig„lanishga  va 

modda  almashinuvni  tubdan  yaxshilovchi  antidiabetik  “Fitoderm”  murakkab  tarkibli 

surtmaning  biofarmatsevtik  samaradorligini  in  vitro  va  in  vivo  usullarda  o„rganildi. 

Surtma  tarkibidan  polisaxaridlarni  ajralib  chiqishi  dinamikasi  Kruvchinskiy  usuli 

bo„yicha  teng  muvozanatli  dializ  usulida  o„rganildi.  Ajralgan  polisaxaridlar  miqdorini 

dializatni  SF-usulida  polisaxaridlar  (inulin)  gidrolizi  natijasida  hosil  bo„lgan 

monosaxaridlar  -  fruktozani  kislota  muhitda  rezorsin  bilan  hosil  bo„lgan  mahsullarining 

optik zichligini 200-380 nm to„lqin uzunligida o„rganish bilan olib borildi. Olib borilgan 

tajriba  natijalari  shuni  ko„rsatdiki,  0,5  soatda  dori  moddaning  14%  miqdori,  1  soatda 

25%, 2  soatda  44%, 3  soatda  16%, 4  soatda  6%  dori  modda  miqdori  juda  oz  miqdorda 

ajraldi.  Bundan  ko„rinib  turibdiki,  muhitda  preparatning  yuqori  konsentratsiyasi 

dializatda  ikki  soatda  kuzatildi.  Surtma  tarkibidan  fruktozanlarni  ajralish  kinetikasi 

o„rganildi va preparatning ta‟siri qisqa vaqt oralig„ida namoyon bo„ladi degan xulosaga 

kelindi.  “Fitoderm”  murakkab  tarkibli  surtmaning  biofarmatsevtik  samaradorligini  in 

vivo  usullarda  -  alloksan  diabeti  chaqirilgan  kalamushlarda  formalin  bilan  chaqirilgan 

yallig„lanish  yaraga  ta‟siri  o„rganildi.  Olingan  natijalar  taklif  etilayotgan  surtmaning 

alloksan  diabet  fonida  kechayotgan  yallig„lanish  kasalligini  davolash  sura‟tini  oshirishi 

isbotlandi.  YAllig„lanishga  va  modda  almashinuvni  tubdan  yaxshilovchi  antidiabetik 

“Fitoderm” murakkab tarkibli surtmaning saqlanish sharoitini o„rganish tajribalari tabiiy 

sharoitda davom etmoqda.  

- 2015 yilda “Tabiiy mahsulotlar asosida ozuqaga BFQ uchun tarkib, texnologiya va 

sifat  me‟yorlarini  ishlab  chiqish”  bo„yicha  topinambur  tugunagining  tibbiyotda 

ishlatilishi  bo„yicha  adabiyotlar  tahlilini  o„tkazildi  va  olingan  natijada  zamonaviy  BFQ 

lar  texnologiyasi  ishlab  chiqildi.  Topinambur  tugunagidan  talqon  olish  texnologiyasi 

“Remedy GROOP” korxona sharoitida o„rganildi. Talqon tarkibidagi biofaol moddalarga 

quritish  haroratining  ta‟siri  adabiyotlarda  keltirilgan  usullar  yordamida  o„rganildi. 

Topinambur  tugunagi  talqonining  texnologik  ko„rsatkichlari  adabiyotlarda  keltirilgan 

usullar  yordamida  aniqlandi.  Tajribalar  natijasi  Remedy  Groop  QQ  da  muvaffaqiyatli 

sinovdan o„tdi.  

Jag„-jag„  ekstrakti  asosida  gel  tarkibini  tanlash  va  texnologiyasini  ishlab  chiqish 

bo„yicha  2015  yilda  stomatologiya  amaliyotida  yallig„lanish  milkni  qizarishi,  tez-tez 

qonab, og„riqli holatlarni davolash uchun qo„llashga tavsiya etilayotgan jag„-jag„ o„tining 

er  ustki  qismi  suyuq  ekstraktidan  yangi  stomatologik  gel  tarkibini  tanlash  va 



texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat bo„ldi. Tajribalarda jag„jag„ suyuq ekstraktidan 

turli  gidrofil  asoslarda  gel  tarkibini  tayyorlash  bo„yicha  izlanishlar  o„tkazildi.  Bunda 

surtmalar  3%,  4%  va  6%  li  qilib  tayyorlanib,  natriy  karboksimetilsellyuloza, 

metilsellyuloza  va  jelatina  glitserinli  asoslarda  tayyorlandi.  Tayyorlangan  surtmalarning 

sifat  ko„rsatkichlaridan:  tashqi  ko„rinishi,  rangi,  hidi,  surtilishi,  konsistensiyasi,  rN, 

kolloid  va  termoturg„unligi  aniqlandi.  Jag„-jag„  ekstrakti  geli  sifat  ko„rsatkichlari 

adabiyotlar  keltirilgan  usullarda  o„rganildi  va  ular  me‟yoriy  hujjatlar  talabiga  mos 

ekanligi isbotlandi. 

O„zbekistonda  sintez  qilingan  hamda  xorijdan  keltirilgan  sintetik  dori  vositalar 

asosida  takomillashtirilgan  dori  preparatlarni  ishlab  chiqish  bo„yicha  quyidagilar 

aniqlandi: 

-  Hisobot  yilida  kombinirlangan  nosteroid  yallig„lanishga  qarshi  diklofenak  natriy 

hamda  benzketozon  asosida  gel  texnologiyasini  yaratish  va  uni  standartlash  bo‟yicha 

izlanishlar olib borildi. Tarkib tanlsh matematik rejalashtirish usulida olib borildi. Bunda 

9 ta tarkib bo„yicha gellar tayyorlandi va ularning sifat va miqdoriy tahlili olib borildi. 

Kruvchinskiy  usuli  bo„yicha  biofarmatsevtik  izlanishlar  olib  borildi  va  gellardan  ta‟sir 

etuvchi  moddalar  diklofenak  natriy  va  benzketozon  ajralib  chiqishi  o„rganildi.  Olingan 

natijalarga  asosalanib  mo„„tadil  asos  tanlab  olindi  va  uning  sifat  va  miqdor 

ko„rsatkichlari aniqlandi (organoleptik ko„rsatkichlar, suvli ajratmaning pH ko„rstatkichi, 

termoturg„unligi, kolloid turg„unligi, qizdirganda yo„qotilgan og„irlik va b.). Diklofenak 

natriy  va  benzketozonning  miqdoriy  tahlilini  olib  borishda  spektrofotometrik  usul 

qo„llanildi (276±2 nm va 305±2 nm). Olingan natijalar asosida me‟yoriy hujjatlar tuzildi. 

Rejalashtirilgan  ishlardan  tashqari  ushbu  gelning  reologik  xossalari  o„rganildi,  uning 

saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati aniqlandi. 

-  Nosteroid  yallig„lanishga  qarshi  moddalar  asosida  applikatsion  dori  turlari 

texnologiyasini yaratish bo„yicha Ibuprofen moddasidan sirtga qo„llash uchun liposomal 

suspenziya shaklini yaratish borasida ishlar olib borildi. Jumladan, ibuprofen moddasidan 

liposomal  dori  shakllarini  yaratish  uchun  liposomal  dori  shaklinining  uch  xil  tarkibi 

tanlandi:  1-tarkibda  fosfotidilxolin,  tozalangan  suv,  ibuprofen  1:7;  2-tarkibda 

fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:8; 3-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, 

ibuprofen  1:10  nisbatlarda  ishtirok  etgan  bo„lib,  bunda  moddalarning  fizik-kimyoviy 

xossalari  inobatga  olingan  holda  suspenziya  tarkibiga  kiritildi.  Taklif  etilayotgan 

tarkiblarni dastlabki sifat ko„rsatkichlarini aniqlandi (tashqi ko„rinishi, bir xilligi, chinligi 

va  rN  ko„rsatkichi).  Natijada  2-tarkib  sifat  ko„rsatkichlari  bo„yicha  talabga  javob 

berganligi  aniqlandi.  Tanlangan  0,1%  ibuprofen  suspenziyasining  miqdoriy  analizi 

spektrofotometrik  usulda  AQSH  firmasining  Agilent  -  8453  spektrofotometrida 

aniqlandi.  Bunda  erituvchi  sifatida  96%  etil  spirtidan  foydalanildi  va  ibuprofenning 

spirtli  eritmasi  200-300  nm  to„lqin  uzunligida  o„lchanganda  ibuprofen  220  nm  to„lqin 

uzunligida  yuqori,  216  nm  da  quyi  nur  yutish  ko„rsatkichiga  ega  ekanligi  aniqlandi. 

Natijalar  asosida  0,1%  li  ibuprofen  suspenziyasining  miqdorini  aniqlash  usuli  ishlab 

chiqildi. Ishlab chiqilgan usul bo„yicha ibuprofen miqdori 5 ta namunada aniqlandi va u 

0,096 dan 0,100% gacha ekanligi topildi.  

-  Mahalliy  xom  ashyo  xisoblangan  gossipol  xosilalari  asosida  dori  shakllaridan 

shamchalar,  surtmalar  va  gellar  tarkibi,  texnologiyasi  ishlab  chiqilgan.  FA-I11-T009. 

«Xlamidiyalarga qarshi Gozalidon hamda viruslarga qarshi Megosin shamchalarni ishlab 

chiqarishni  yo„lga  qo„yish»mavzusidagi  innovatsion  loyixa  miqyosida  0.01.g  megosin 



shamchalari uchun  42 Uz-2804-2015

 

qayd raqamidagi vaqtincha farmakopeya maqolasi 

tasdiqlandi. Hozirda maxalliy  yordamchi modda kollagen asosida gossipol xosilalaridan 

gidrogel olish tadqiqotlari olib borilmoqda.  

.  Jumladan  Megaferon  (megosinning  glitsirrizin  kislotasi  bilan  hosil  qilgan 

kompleksi)  va  tvuferon  o„zining  suvda  eruvchanlik  xossasi  bilan  terapevtik 

samaradorlikni  oshirishi  farmakologik  tajribalarda  aniqlandi.  “Kollagen-T”  asosida 

gidrogel  asosi  tarkiblari  ishlab  chiqildi.  Tarkib  I.  Kollagen-T,  MS  1%li  eritmasi, 

tozalangan  suv,  glitserin.  Tarkib  II  Kollagen-T,  atsetilangan  lanolin,  tozalangan  suv, 

glitserin ishtirok etgan bo„lib, quyidagi asos texnologiyasida polimerni bo„ktirish, eritish, 

asosni  gomogenlashtirish  olib  borildi.  Olingan  asosni  qo„llagan  holda  gossipol 

hosilalaridan  megaferon  va  tauferon  2%  li  gidrogellari  tarkibi  va  texnologiyasini  ishlab 

chiqildi. Moddalar fizik-kimyoviy xossalari inobatga olingan holda gel asoslari tarkibiga 

kiritildi.  Bunda  quyidagi  texnologik  bosqichlardan  foydalanildi:  komponentlarni  tortib 

olish,  eritish  (haroratsiz,  haroratli),  gomogenlashtirish,  qadoqlash.  Taklif  etilayotgan 

tarkiblarni dastlabki sifat ko„rsatkichlarini aniqlandi va miqdoriy tahlili YUSSX usulida 

o„rganildi.  

Koglumet  asosida  shamcha  texnologiyasini  ishlab  chiqish  bo„yicha  shamchalar, 

zamonaviy asoslar, texnologik bosqichlari, shamchalarning sifat ko„rsatkichlari bo„yicha 

adabiyotlar tahlili o„rganildi. Koglumet – bu glyutamin kislota va metilmetionin sulfoniy 

xloridning  kobalt  (III)  bilan  hosil  koordinatsion  birikmasi  bo„lib,  u  “A.B.-Biocom” 

kompaniyasida  sintez  qilib  olingan.  Ushbu  preparat  farmakologik  izlanishlar  natijasida 

immunostimullovchi, gepatoprotektor va radioprotektor dorivor  modda sifatida samarali 

ta‟sir ko„rsatadi. Koglumet saqlovchi shamcha uchun mos bo„lgan asos turini tanlash va 

optimal texnologiyasini ishlab chiqildi.  

Koglumet  shamchasini  tayyorlash  uchun  gidrofob  asoslardan  kakao  moyi,  gidrofil 

asoslardan  jelatina-glitserinli  asos  ishlatildi.  Dorivor  modda  asos  tarkibiga  0,005% 

miqdorda  qo„shildi.  SHamchalar  juvalash  va  quyish  usullarida  tayyorlandi.  SHamcha 

tayyorlashda  dori  moddaning  fizik-kimyoviy  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  avval 

modda minimal miqdordagi tozalangan suvda eritib olindi. Kakao moyi tarkibiga kiritish 

uchun suvsiz lanolin bilan emulgirlandi. Gidrofil asosda tayyorlangan shamcha tarkibiga 

dori  moddasi  asos  tarkibidagi  suvda  eritib  kiritildi.  Qoliplar  muzlatgichda  saqlandi, 

quyishdan  oldin  qoliplar  kerakli  suyuqliklar  bilan  moylandi.  Koglumet  shamchasining 

sifat ko„rsatkichlarini baholandi 

Har  ikki  usulda  tayyorlangan  shamchalarning  sifati  baholandi.  Bunda  tashqi 

ko„rinishi, chinligi, erish vaqti, deformatsiya vaqti, bir xilligi, o„rtacha massasi o„rganildi. 

Ketomed  shamchasi  texnologiyasini  ishlab  chiqish  bo„yicha  2015  yilda  Ketomed 

saqlovchi  shamcha  uchun  mos  bo„lgan  asos  turini  tanlash  va  optimal  texnologiyasini 

ishlab chiqildi. Ketomed shamchasini tayyorlash uchun gidrofob asoslardan kakao moyi, 

gidrofil  asoslardan  jelatina-glitserinli  asos  ishlatildi.  Dorivor  modda  asos  tarkibiga 

0,006%  miqdorda  qo„shildi.  SHamchalar  juvalash  va  quyish  usullarida  tayyorlandi. 

SHamcha  tayyorlashda  dori  moddaning  fizik-kimyoviy  xususiyatidan  kelib  chiqqan 

holda  avval  modda  minimal  miqdordagi  tozalangan  suvda  eritib  olindi.  Kakao  moyi 

tarkibiga  kiritish  uchun  suvsiz  lanolin  bilan  emulgirlandi.  Gidrofil  asosda  tayyorlangan 

shamcha  tarkibiga  dori  moddasi  asos  tarkibidagi  suvda  eritib  kiritildi.  Qoliplar 

muzlatgichda  saqlandi,  quyishdan  oldin  qoliplar  kerakli  suyuqliklar  bilan  moylandi. 

Ketomed shamchasining sifat ko„rsatkichlari baholandi. Bunda tashqi ko„rinishi, chinligi, 


erish  vaqti,  deformatsiya  vaqti,  bir  xilligi,  o„rtacha  massasi  o„rganildi  va  ular  ijobiy 

natijalarni  namoyon  etdilar:  ketomed  asosida  tayyorlangan  shamchalar  och  sarg„ish-

yashil  rangli,  bir  tekis,  havo  pufakchalari  bo„lmagan  ko„rinishga  ega  bo„ldi.  CHinligi 

qoniqarli,  gidrofob  asosda  tayyorlangan  shamchada  o„rtacha  massadan  og„ishi  2,33%, 

to„liq  deformatsiya  vaqti  7-8  daqiqa,  gidrofil  asosda  tayyorlangan  shamchada  o„rtacha 

massadan og„ishi 4,66% erish vaqti 28 daqiqani tashkil etdi.  

Hisobot  yilida  dori  turlari  texnologiyasi  kafedrasi  xodimlari  O„zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  xuzuridagi  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni 

muvofiqlashtirish  qo„mitasi  tomonidan  2015-2017  yillar  uchun  e‟lon  qilingan  ilmiy-

amaliy  va  innovatsion  loyihalar  tanlovida  ishtirok  etdilar  va  ADSS  15.28.3  sonli 

“Mahalliy  xomashyolardan  yallig„lanishga,  allergiyaga,  diabetga  qarshi  va  regenerativ 

xususiyatga ega  applikatsion  fitodermatologik dori turlari texnologiyasini  ishlab chiqish 

va  farmakologiyasini  o„rganish”  (ilmiy  rahbar  f.f.d.,  prof.  Nazarova  Z.A.)  amaliy 

loyihada  ishtirok  etdilar  (2015  yil  uchun  umumiy  mablag„  90,725  mln.  so„mni  tashkil 

etdi).  

SHuningdek,  kafedra  dotsenti  N.S.  Fayzullaeva  IZ-2014-0915121104  “Geriatriya 

amaliyotida qo„llaniladigan gipolipidemik vosita piratsin dori shaklini ishlab chiqish va 

standartlash”  innovatsion  loyihada  ishtirok  etdi  (ilmiy  rahbar  k.f.d.,  prof.  SHabilalov 

A.A., 2015 yil uchun umumiy mablag„ 49,496 mln. so„mni tashkil etdi).  

Kafedra  dotsenti  SH.F.Iskandarova  FDSS  15.28.2  sonli  “O„zbekistonla 

etishtirilayotgan tikonli artishok xomashyosi asosida gepatoprotektor o„t haydovchi yangi 

dori preparatlari texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash” amaliy loyihada ishtirok 

etdi (ilmiy rahbar b.f.d. R.T.Tulyaganov).  

YUqorida  keltirilgan  grant  loyihalar  bo„yicha  barcha  2015  yilga  rejalashtirilgan 

ilmiy izlanishlar muddatidan oldin ijobiy yakunlandi. 

2015 yilida quyidagi me‟yoriy hujjatlar tasdiqlandi: 

1.

 

FS 42 Uz-1336-2015. Maydagulli tog„rayxon suyuq ekstrakti. 



2.

 

VFS 42 Uz-2804-2015  0,01g Megosin shamchalari 



3.  “Bionambur”  ozuqaga  biologik  faol  qo„shimcha  uchun  tashkilot  standarti  va 

texnik yo„riqnoma. Ts 23937838-08:2015. 

Hisobot yilida quyidagi patentlar olindi: 

1.  JAP  20130203  Vitiligoni  davolash  uchun  surtma  (25.05.2013  y.  mualliflar 

Xodjaeva I.A., Nazarova Z.A. va b.) ixtiro patentini olishdi. 

2.  “Farmatsevticheskaya  protivovospalitelnaya  kompozitsiya”  (mualliflar  Karieva 

YO.S., Maksudova F. va b.) patent olishga talabnoma topshirildi.  

3.  O„zbekiston  Respublikasi  intellektual  mulk  agentligining  har  xil  tishli  rodiola 

ildizidan  quruq  ekstrakt  olish  texnologiyasini  dastlabki  ekspertizadan  o„tganligi 

to„g„risida qaror (talabnoma IAP 20140567). 

Bugungi kunda DTT kafedrasida 2 ta katta ilmiy xodim izlanuvchi va 2 ta mustaqil 

izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish yuritmoqdalar: 

1.  SHaripova  I.SH.  "O„simlik  ajratmalari  asosida  yallig„lanishga  qarshi, 

tinchlantiruvchi dori vositalarini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof..Maxmudjonova 

K.S.); 

2.  Xodjaeva  I.A.  “3-d-metallar  biokompleksi  asosoida  dori  preparatlarning  tarkibi 



va texnologiyasini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. Nazarova Z.A.); 

3.  Maksudova  F.X.  “Sovershenstvovanie  sostavov  i  texnologiy  lekarstvennыx 

preparatov  diklofenaka  natriya,  otsenka  ix  biofarmatsevticheskix  pokazateley”  (ilmiy 

rahbar f.f.d., dots. Karieva YO.S.). 

4.  Iskandarova  SH.F.  “O„simliklar  xom  ashyosi  asosida  biologik  faol 

qo„shimchalarning  tarkibi,  texnologiyasi  va  sifat  me‟yorlarini  ishlab  chiqish”  (ilmiy 

rahbar f.f.d., prof. YUnusxo„jaev A.N.) – 2015 yil 28 dekbrda doktorlik dissertatsiyasini 

himoya qildi. 

Bugungi  kunda  kafedrada  12  ta  xodim  faoliyat  ko„rsatmoqda  (ulardan  9  nafari 

asosiy stavkada): 2 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodi, ilmiy salohiyat – 83,3%.  

Toshkent  farmatsevtika  institutining  “Mahalliy  xom  ashyolar  asosida  dorivor 

preparatlar  yaratish  va  ularning  biofarmatsiyasini  o„rganish»  ustivor  yo„nalishiga 

asoslanib 2016 yilda quyidagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirdik: 

YUmshoq dori turlari - surtma, gel va shamchalar texnologiyasini yaratish borasida  

 



Kalendula  nastoykasi  asosida  yallig„lanishga  qarshi  gel  texnologiyasini  ishlab 

chiqish; 

 

YAllig„lanishga  qarshi  mahalliy  o„simliklar  asosida  tayorlangan  gelning  sifatini 



baxolash.  Kirqbo„g„im,  ittikanak,  chayanut  maxalliy  o„simliklarning  quruq  ekstrakti 

asosida  tayorlangan  gel  dori  shaklini  sifatini  baholashda  texnologik  va  fizik-kimyoviy 

usullar qo„llaniladi. 

 



Mahalliy xomashyolar asosida virusga qarshi dori vositalari texnologiyasini ishlab 

chiqish.  2016  yilda  Gossipol  hosilalari  asosida  sirtga  qo„llash  uchun  mo„ljallangan 

kollagen asosli gidrogellar turg„unligi va biosamaradorligini ishlab chiqish; 

 



Ishqor eritmasi asosida surtma texnologiyasini ishlab chiqish

 



Aloe o„simligi asosida dorivor kosmetik vositalar texnologiyasini  -ishlab chiqish. 

2016 yilda aloe ekstraktidan krem texnologiyasini ishlab chiqish va sifatini baholash;  

 

Nosteroid  yallig„lanishga  qarshi  moddalar  asosida  applikatsion  dori  turlari 



texnologiyasini  yaratish.  2016  yilda  ibuprofen  moddasidan  liposomal  surtma  dori 

shaklini olish va sifat ko„rsatkichlarini aniqlash. 

 

Oziqlantiruvchi kosmetik vosita texnologiyasini ishlab chiqish. 



Qattiq  va  suyuq  dori  turlari  -  quruq  ekstrakt, gel,  poroshok,  dorivor  polimer  parda 

texnologiyasini yaratish borasida  

 

tog„ kunduzi er ustki qismidan quruq ekstraktidan tabletka dori shaklini yaratish va 



sifatini baholash; 

 



Propolis  nastoykasi  asosida  dermatologik  polimer  dorivor  pardalar  fizik-mexanik 

ko„rsatkichlarini  aniqlash,  chinlik  va  miqdoriy  tahlil  usullarini  ishlab  chiqish  va 

biofaolligini o„rganish; 

 



Veterinariya  amaliyotida  ishlatish  uchun  mo„ljallangan  himoyalangan  kolloid 

preparatlar  texnologiyasini  takomillashtirish.  2016  yilda  turg„unlashtirilgan  protargol 

preparati texnologiyasini takomillashtirish imkoniyatlarini o„rganish. 

 



Mahalliy dorivor o„simliklar asosida suyuq ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish. 

Grek  yong„og„i bargi  va  yantoq ildizidan suyuq ekstraktini olish texnologiyasini ishlab 

chiqish va farmakologiyasini o„rganish. 

Rejalashtirilgan ilmiy ishlar bo„yicha qon to„xtatuvchi sifatida xalq tabobatida keng 

ishlatiladigan tog„ qunduzi er ustki qismidan quruq ekstrakt olish va u asosida tabletka 

dori  shaklini  yaratish,  olingan  tabletkani  DF  XI  bo„yicha  sifat  ko„rsatkichlarini 



tekshirish;  propolis  nastoykasidan  polimer  pardalarni  hosil  qiluvchi  massada  tanlangan 

polimerning mo„tadil konsentratsiyasini asoslash, plastifikator turi va miqdorini asoslash 

va  dermatologik  pardalarni  hosil  qilish  mo„„tadil  texnologik  jarayonini  ishlab  chiqish; 

topinambur tugunagidan poroshok olish texnologiyasini o„rganish va tarkibidagi biofaol 

moddalarga  quritish  haroratining  ta‟sirini  o„rganish  hamda  texnologik  ko„rsatkichlarini 

aniqlash; ibuprofen moddasidan sirtga qo„llash uchun liposomal suspenziya olish va sifat 

ko„rsatkichlarini aniqlash.  

Barcha  ilmiy  izlanishlar  natijalari  bo„yicha  ilmiy  maqola  va  tezislar  chop  etilishi 



rejalashtirilgan. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling