Dori turlari texnologiyasi modulining maqsadi va rivolanish tarixi
Download 29.25 Kb.
|
1-ma\'ruza matn
Dori dcganda bir va bir necha dori moddasidan tashkil topgan ara- lashmani dori shakliga keltirilgan holati tushuniladi. Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan dori preparatlari hozirgi kunda juda ko‘p va xilma-xildir. Ularda tabiatiga ko‘ra, yo biron-bir kimyoviy modda yoki bir nccha moddalar aralashmasidan tashkil topgan yig'indi preparatlari bo'lishi mumkin. Birinchi turdagi moddalar ko‘pincha sintez yo‘li bilan olinadigan do- rivor moddalar bo'lib, ular oddiy yoki murakkab sintcz natijasida olinadi. Tabiatda uchraydigan dorivor o‘simliklar (alkaloidlar, glikozidlar va boshqalar), yoki hayvonot olamidan (adrcnalin, insulin, pepsin) ajratib olinadigan farmakologik faol moddalar ham shu guruhga kiradi. Tabiiy antibiotiklar (pcnitsillin, streptomitsin, gramitsidin) ham shu guruhni to'ldiradi. Ikkinchi guruh prcparatlari ham juda ko‘p bo‘lib, ular yig‘indi prcparatlar dcb ham yuritiladi. Bularga, asosan dorivor o‘simliklar xomashyosidan ma'lum usullarda ajratib olinadigan, har xil kimyoviy tabiatga cga bo'lgan farmakologik faol moddalar saqlovchi ajratmalar galcn prcparatlari (ckstraktlar, tindirmalar, sharbatlar, xushbo'y suvlar va shunga o‘xshashlar) kiradi. Mana shu yuqorida keltirilgan ajratmalar ma'lum usulda tozalanib, ayrim keraksiz komponcntlardan xoli etilgan bo‘lsa, bu guruhdagi ajratmalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib ularni novogalen preparatlari deb yuritiladi. Dori moddasining ta'siri tez, oson, mukammal holatga cga bo'lgan, iste'mol uchun eng qulay shaklga keltirilgan ko'rinishiga dori preparati yoki dori deyiladi. Shunday qilib, dori deganda bir yoki bir necha dori moddasidan tashkil topgan va ma'lum bir shaklga keltirilgan holati tushuniladi. Dori preparatlarining shakli uning ta'sir darajasi bilan bogMiq omil hisoblanadi, ya'ni dori preparatlariga fizik-kimyoviy xossalari, uning ta'sir doirasi hisobga olinmay shakl berilsa, bunday dori ta'sir ko'rsatmaydi yoki kam ta'sir qiladi. Natijada dori preparati kasalga hech qanday naf bermay, bekorga sarflangan boMadi. Istc'mol tovarlari ichida dori alohida o‘rin egallashini cslatib o‘tish kcrak. Dori iste'molchi tomonidan sifatini aniqlash mumkin boMmagan tovar hisoblanadi. Bu narsa shu dorishunoslik sohasida ishlaydigan har bir shaxsga va ayniqsa, dori texnoiogiyasi bilan shug‘ullanadigan texnologlarga alohida mas’uliyat yuklaydi. Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling