Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/24
Sana14.09.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

 

O„ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
 
 
FARMASEVTIK  KIMYO  KAFEDRASI 
 
 
 
 
“DORI VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISH 
VALIDATSIYASI” 
fani bo„yicha 
 
O„ Q U V –U S L U B I Y    M A J M U A 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016 
 
 
 

 

Mazkur o„quv-uslubiy majmua Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2016 yil 6 
aprelidagi  137-sonli  buyrug„i  bilan  tasdiqlangan  o„quv  reja  va  dastur  asosida 
tayyorlandi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi:V.N.Abdullabekova – farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri,professor 
Q.A.Ubaydullaev –farmatsevtik kimyo kafedrasi professorv/b 
X.G. Ganieva - farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti 
R.A. Xusainova -  farmatsevtik kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi. 
 
Taqrizchi:Dori vositalarini va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish va standartlash 
Bosh boshqarmasining Farmakopeya qo‗mitasi raisi, farm.f.d. A.F. Dusmatov 
 
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi  farmatsiya soha uslubiy kengashida muhokama 
etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan  (2016 yil _15_ iyundagi _11_-sonli 
bayonnoma).  
Farmatsiya soha uslubiy kengashining raisi, f.f.d., prof._______Tojiyev M.A. 
 
 
O‘quv-uslubiy  majmuaToshkent  farmasevtika  instituti  MU  kengashining  2016    yil 
__________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa  tavsiya qilingan. 
 

 

MUNDARIJA 
Kirish 
I.
 
 Sillabus……………………………………………………………………6 
II.
 
Ishchi dastur ………………………………………………………...
.................7
 
III.
 
Modulni 
o‗qitishda 
foydalaniladigan 
intrefaol 
ta‘lim           
metodlari…………………….............................................………………..27 
IV.
 
Nazariy materiallar…… 
………………………..…………… …14 
V.
 
Laboratoriya  mashg‗ulot materiallari………………………………… 
VI.
 
Keyslar banki………………………………………………………79 
VII.
 
Mustaqil ta‘lim mavzulari…………….…………………………84 
VIII.
 
Glossariy……………………………………………………..……..86 
IX.
 
Adabiyotlar  ro‗yxati…………………………..……………………92 
X.
 
Testlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

Kirish 
 
 
 
Oliy  ta‘limning  Davlat  ta‘lim  standartiga  ko‘ra  ―Sog‘liqni  saqlash‖  ta‘lim 
sohalarida  o‘qitiladigan  ―Dori  vositalarini  ishlab  chiqarish  validatsiyasi‖  dasturi 
amaliyotda  zarur  bo‘ladigan:  valdiatsiyasi  bo‘yicha    xalqaro  metodik  materiallar,  
GMP, GCP, CLP, GDP  asoslari va talablari, analitik usullar validatsiyasi, statistik 
tahlil  va  boshqa  boshlang‘ich  tushunchalarini  o‘z  ichiga  olgan  bo‘limlaridan 
tashkil topgan.  
Validatsiya  sifatni  nazorat  qilish  va  ta‘minlash  tizimining  asosiy  qismi 
bo‘lib,  u  aniq  izox  berish  ma‘nosini  beradi  yoki  rasmiylashtirilgan  tekshirish 
ma‘lumotlari  to‘la  keltirilgan  xulosa  (tadbir)  dir.  "Validatsiya"  atamasi,  turli  xil 
tasdiqlovchi hujjatlar, spetsifikatsiyalar, qoidalar va boshqa me‘yorlar to‘g‘riligini 
tekshirish  jarayonining  keng  ma‘noda  tushuntiradi.  Validatsiya  bu  uzluksiz  
tadbirdir. 
Korxona  o‘zi  o‘zining  ishlab  chiqarish  tizimini  va  analitik-nazorat 
laboratoriyalardagi ishlarini validatsiya qilishni ma‘qul ko‘radi. Bunga sabab ko‘p 
xollardagi  tekshiruvlar  natijasida  topilgan  nosozliklar,  noto‘g‘ri  natijalar,  sifatsiz 
mahsulotlar,  ba‘zi  xollarda  qonun  buzishlar  uchun  korxona    tomonidan  katta 
miqdorda  jarimalarning  to‘lanishi  va  jinoiy  ishlarning  ochilishidir.  Validatsiya 
tadqiqotlari  chiqarilayotgan  mahsulotning  sifatini  va  uning  raqobatdoshligini 
oshiradi. 
Bunday 
tadqiqotlar 
farmatsevtik 
kompaniyalar, 
farm-korxona 
laboratoriyalari, oziq-ovqat korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda olib 
boriladi. 
Ishlab chiqarishda validatsiya fanini o‘rganish davomida talabalar xalqaro 
me‘eriy xujjatlar, ularning talablari va axamiyatli tomonlari bilan tanishib 
chiqishadi, xususan, ICH, ISP 9001, GMP, FDA, PIC/S kabi xujjatlarning 
moxiyati, asosiy maqsad hamda vazifalari bilan tanishib, tegishli bilim va 
amaliy ko‘nikma xosil qiladilar. 
Fanni o‘rganish natijasida kerakli bilim va amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan 
farmatsevt, MX talablari asosida dori vositasini sifatiga baho bera olish malakasini 
egallashdan  tashqari  MX  tuzish,  taxlil  usullari  bilan  solishtirish,  texnologik 
jarayondagi oraliq mahsulotlar sifatini baholash, analitik usullarnining validatsiyasi 
(chiziqliligi,  spetsifikligi,  aniqligi  va  b.)  kabi  masalalarni  ham  hal  eta  oladi.  Dori 
vositalarining sifatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, ularning 
nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi, murakkab tarkibli dori vositalari tahlilining 
o‘ziga  xos  tomonlari,  qo‘llaniladigan  kimyoviy  va  fizik-kimyoviy  usullarini 
tanlashni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Eng muximi, ushbu fanni 
o‘rgatish,  xozirgi  zamon  talablari  asosida    ishlab  chiqaruvchi  korxonalarga  etuk 
mutaxassis tayuorlash imkonini beradi. 
 

 

 
 
 
I.
 
SILLABUSI 
 
Fanning qisqacha tavsifi 
OTMning nomi va 
joylashgan manzili: 
Toshkent Farmatsevtika Instituti 
Oybek  ko‘chasi, 45 
Kafedra: 
Farmatsevtik kimyo 
Farmatsiya fakulteti tarkibida 
Ta’lim sohasi va 
yo‘nalishi: 
510 000– 
“Farmatsiya”  
 
572 0500– Farmatsiya (Sifat.Standartizatsiya va 
sertifikatsiya ) 
 
Fanni (kursni) olib 
boradigan o‘qituvchi 
to‘g‘risida ma’lumot:  
Prof. Tillaeva G.U. 
Dotsent Ganieva X.G.  
e-mail: 
gtillaeva@yahoo.com 
Kh.gayratovna@gmail.com 
 
Dars vaqti va joyi: 
1-bino 59, 64 
auditoriya 
Kursning 
davomiyligi 
YAnvar 2017- may 2017 
Individual grafik 
asosida ishlash vaqti:  
Dushanba-shanba kunlari 8:30 dan 15:00 gacha 
Fanga ajratilgan  
soatlar (Farmatsiya 
turlari bo‘yicha) 
Auditoriya soatlari 
Mustaqil 
ta’lim: 
65 
Ma’ruza 
32 
Laborato
riya  
64 
Fanning boshqa fanlar 
bilan bog‘liqligi: 
Analitik kimyo,  oliy matematika, dori vositalarini sifatinin ta‘minlash 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

II.
 
ISHCHI DASTUR 
Kirish 
Dori  vositalarini  nomenklaturasining  ortib  borishi,  dori  ishlab 
chiqaruvchi korxonalar sonining ko’payishi, ayni bir xil dori preparatining bir 
necha  o’nlab  sotuv  nomlari  bilan  generik  xolatda  ishlab  chiqarilishi  va 
respublikamiz  xududiga  kiritilishi,  shuningdek,  dorivor  o’simliklarga  bo’lgan 
ehtiyoji  tobora  ortib  borishi  axolini  sifatli  ko’zlangan  biologik  samaraga  ega 
bo’lgan  dori  vositalari  bilan  ta’minlashga  o’ta  extiyotkorlik  bilan 
yondoshishini  taqozo  etadi.  Buning  uchun  dori  vositalari  va  dorivor 
o’simliklar xom ashyosi xavfsizligi va sifatini oshirish muammolarini echimini 
topish talab etiladi.  
Fanni  o’rganish  jarayonida  dori  moddalarining  kimyoviy  tuzilishi  va 
stereoximiyasini  o’rganishda  qo’llaniladigan  zamonaviy  fizikoviy  kimyoviy 
usullarga  jumladan,  potentsiometrik,  amperiometrik,  polyariometrik  usullar, 
absorbtsion usullardan fotokolorimetrik spektrofotometrik, IK spektroskopik 
radioto’lqini  chastotasida  olinadigan  spektrlardan  yadro  magnit  rezonansi, 
elektron  paramagnit  rezonansi,  YAMR- 
13
S,  shuningdek,  termik  taxlil 
usullariga  keng  o’rin  berilgan.  Dori  vositalarining  sifati  ularning  olinish 
usullariga,  saqlanish  sharoitiga  va  fizikoviy-keimyoviy  xossalariga  bog’liq 
bo’lganligi  sababli  ularning  sifat  standartlari,  sifat  standartlarining 
ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladigan fizikoviy kimyoviy usullar xaqida 
xam batafsil nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar beriladi.   
Fanning maqsad va vazifalari  
Fanni  o‘rganishdan  maqsad,  nazariy  va  amaliy  jihatdan  talabalarni  xalqaro 
me‘yoriy xujjatlar talabi asosida ishlash, xona, apparat, reaktivlar validatsiyasi va 
kvalifikatsiyasini  o‘rgatish.  Undan  tashqari,  texnologik  jarayon  va  analitik 
usullarning validatsiyasi, qadoqlash validatsiyasi, validatsion parametrlarni tanlash 
kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash fanning maqsadli vazifalari qatoriga kiradi.  
Dori  vositalari  sifatini  nazorat  qilish  Respublikamiz  tibbiyotini  sifatli  dori 
vositalari bilan ta‘minlashdagi muxim ahamiyatini ko‘zda tutib, dasturga birinchi 
marta  quyidagi  o‘zgarishlar  kiritildi:  dori  vositalari  tahlilining  umumiy  usullari 
bo‘yicha beriladigan materiallar kengaytirildi, Respublikamizdagi ilmiy markazlar 
tomonidan tavsiya etilgan, maxalliy xomashyo  asosida yaratilgan dori vositalarini 
zamonaviy  tahlili  usullariga  keng  o‘rin  berilib,  ushbu  fan  qator  mutaxassislik 
fanlarini  muvaffaqiyatli  o‘zlashtirishi  uchun  zarur  bo‘ladigan  tayanch  bilimlarni 
beradi. 
Dasturni tayyorlashda fanni o‘rganish jarayonining talaba dunyoqarashining 
o‘sishga,  dialektik  qonuniyatlarning  mujassamlanishiga,  barkamol  shaxs  bo‘lib 
shakillanishiga yordam berishiga ham e‘tibor berildi.   
 
 

 

Fan bo‟yicha talabaning malakasiga qo‟yiladigan talablar 
Fanni o‘zlashtirishda bakalavr: 
-
 
validatsiyalash bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar; 
-
 
―Kvalifikatsiya‖ tushunchasi. Kvalifikatsiya turlari; 
-
 
dizayn kvalifikatsiyasi (DQ). Montaj kvalifikatsiyasi (IQ);  
-
 
IQ  bo‘yicha  bajarilish  lozim  bo‘lgan  ishlar.  Funktsiyalar  kvalifikatsiyasi 
(OQ); 
-
 
ekspluatatsiya kvalifikatsiyasi (RQ) va uning o‘ziga xos tomonlari
-
 
validatsiya ob‘ektlari va bosqichlari. Verifikatsiya to‘g‘risida tushuncha; 
-
 
ishlab  chiqarish  jarayonining  validatsiyasi:  qayta,    retrospektiv  va  qisman 
validatsiyalash; 
-
 
validatsiyalash jarayonini tashkil etish haqida tasavvurga ega bo’lishi;  
-
 
farmatsevtik tahlilda qo‘llaniladigan kimyoviy usullarni validatsiyalash;  
-
 
farmatsevtik mahsulotlarning chinligi, miqdori va yot aralashmalarni aniqlashda 
qo‘llaniladigan zamonaviy usullarni validatsiyalash;  
-
 
dori moddasi tarkibidagi qoldiq erituvchilarni aniqlash usullari;  
-
 
standart namunalarning sifatini nazorat qilish usullarini validatsiyalash talablari 
va shartlari;  
-
 
validatsion  reja,    bayonnoma  va  hisobotning  asosiy  bo‘limlarini  tuzish  va 
rasmiylashtirish; 
-
 
farmatsevtik sanoat korxonalaridagi asbob-uskunalarni validatsiyalash; 
-
 
tozalash jarayonini verifikatsiyalash; 
-
 
fizikaviy va kimyoviy usullarni validatsiyalash; 
-
 
model  namunalar  bo‘yicha  tozalash  usulini  ishlab  chiqish,  hamda  usulni 
validatsiyalash va rasmiylashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi
-
 
kvalifikatsiya jadvalining namunalari (Gant jadvali) ni rasmiylashtirish; 
-
 
ishlab chiqarishda validatsiyalash o‘lchamlari (parametrlari); 
-
 
validatsiya  tamoyillarini  zamonaviy  talablar  asosida  amalga  oshira  olish  (Quality 
by Design, Design Spasy); 
-
 
validatsion 
tekshiruvlar 
uchun 
statistik 
ishlab 
chiqilgan 
natijalarning 
ishonchliligini ta‘minlash; 
-jarayonlarni revalidatsiyalash uchun kerak bo‘lgan hollarda qaror qabul qilish
-validatsiya  hujjatlarini  saqlanishini  ta‘minlash  bo‘yicha      ko’nikmalariga  ega 
bo’lishi lozim. 
 
O‟quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‟liqligi  
Dori  vositalarini  ishlab  chiqarish  validatsiyasi  fani  ixtisoslik  fani  xisoblanib, 
9- va 10- semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish talabani o‘quv rejasida 
rejalashtirilgan  matematik,  tabiiy,  kimyoviy  va  tibbiy  (oliy  matematika,  fizika, 
umumiy  kimyo,  analitik  kimyo,  organik  kimyo,  odam  anatomiyasi  va  fiziologisi, 
mikrobiologiya,  potalogiya,  gigiena,  botanika,  biologik  va  farmatsevtik  kimyo,  
dori  vositalarini  sifatini  taminlash,  dori  vositalarining  fizik  va  kimyoviy  tahlil 
usullari  va  x.k.)  fanlaridan  etarli  bilim  va  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lishligi  talab 
etiladi.  

 

Shuningdek,  dori  vositalarini  ishlab  chiqarish  validatsiyasi  fani  iqtisoslik 
fanlaridan dori vositalarini sifatini ta‘minlash, dori vositalarini standartizatsiyalash 
va  sertifikatsiyalash,  farmatsevtik  kimyo,  dori  vositalarining  zamonaviy  taxlil 
usullari, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya asoslari  va yig‘indi preparatlar 
texnologiyasi,  toksikologik  kimyo,  farmatsiya  iqtisodiyoti  va  menejmenti  fanlari 
bilan ham uzviy ravishda bog‘langan.  
 
Fanni  o‟qitishda zamonaviyaxborot va pedagogik  texnologiyalar 
Fanni  o‘qitishda  zamonaviy  axborot  texnologiyalarni  qo‘llash  fanni 
o‘zlashtirish  uchun  muxim  omil  xisoblanadi.  Pedagogik  jarayonni  jadallashtirish 
maqsadida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini 
oshiruvchi  didaktik  vositalardan  keng  foydalaniladi.  Zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalar,  axborot  vositalari,  kompyuter,  internet  tizimidan  keng  foydalanish 
ko‘zda  tutilgan.  Respublikamizda  ro‘yxatga  olingan  barcha  dori  vositalari  haqida 
to‘la  ma'lumot  kompyuter  kompakt  diskiga  kiritilgan.  Dori  vositalarining  tahlil 
usullari  haqidagi  yangiliklar  internet  tizimi  orqali  bilib  boriladi.  Fan  bo‘yicha 
tuzilgan  1500  dan  ortiq  test  vazifalari  hamda  barcha  ma'ruzalarning  matnlari 
kompyuterga  kiritilgan.  Fan  bo‘yicha  ma'ruzalar  video  tasmaga  tushirilgan  va 
ularning  multimedia  variantlari  mavjud.  ―Farmatsevtik  kimyo‖  elektron  darsligi 
institutning  ―Axborot  resurslari  markazi‖ning  ma'lumotlar  bazasiga  kiritilgan. 
Mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan 
uslubiy  qo‘llanmalar  institutning  Ziyonet  veb  saytiga  kiritib  boriladi.    Bu 
tadbirlarning barchasi  talabalarning fanni mukammal o‘zlashtirishlari uchun xizmat 
qiladi.    
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori 
ilmiy-pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma‘ruzalar  o‘qish,  darslarni 
savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalardan  va 
mul‘timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan 
muammolarni  ular  oldiga  qo‘yish,  talabchanlik,  tinglovchilar  bilan  individual 
ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.  
Fanni 
loyihalashtirishda 
quyidagi 
asosiy 
kontseptual 
yondoshuvlardan 
foydalaniladi:  
Shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining 
barcha  ishtirokchilarini  to‘laqonli  rivojlanishlarini  ko‘zda  tutadi.  Bu  esa  ta‘limni 
loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma‘lum  bir  ta‘lim  oluvchining  shaxsini  emas, 
avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog‘liq  o‘qish  maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli  yondoshuv.  Ta‘lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o‘zida 
mujassam  etmog‘i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‘g‘inlarini 
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga  yo‟naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, 
o‘quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.  

 

Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o‘quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini 
bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  o‘z-o‘zini  faollashtirishi  va  o‘z-o‘zini 
ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.  
Hamkorlikdagi  ta‟limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta‘lim  beruvchi  va 
ta‘lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi.  
Muammoli  ta‟lim.  Ta‘lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali 
ta‘lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
ob‘ektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,      dialektik  mushohadani 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qo‘llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi.  
Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo‟llash  - 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.  
O‟qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma‘ruza  (kirish,  mavzuga  oid,  vizuallash), 
muammoli  ta‘lim,  keys-stadi,  pinbord,  paradoks  va  loyihalash  usullari,  amaliy 
ishlar.  
O‟qitishni tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va o‘zaro 
o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.  
O‟qitish vositalari: o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan 
bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.  
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan 
bevosita o‘zaro munosabatlar.  
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-so‘rov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‘quv  mashg‘uloti  bosqichlarini  belgilab 
beruvchi  texnologik  karta  ko‘rinishidagi  o‘quv  mashg‘ulotlarini  rejalashtirish, 
qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 
nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
nazorati.  
Monitoring  va  baholash:  o‘quv  mashg‘ulotida  ham  butun  kurs  davomida  ham 
o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari 
yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.  
Fanni  o‘qitish  jarayonida  kompyuter  texnologiyasidan,  elektron  jadvallar 
dasturlaridan  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo‘yicha  talabalar  bilimini  baholash 
test  asosida  va  kompyuter  yordamida  bajariladi.  ―Internet‖  tarmog‘idagi  rasmiy 
ma‘lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda 
tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.  
 
 
 
 
 

 
10 
“Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi” 
fanidanmashg‟ulotlarning soatlar bo‟yicha taqsimlanishi: 
Fan nomi 
Talabaning o‟quv yuklamasi (soatlarda) 
Soatlarning kurs, semestr va 
haftalar bo‟yicha taqsimoti 
Umumiyyukl
amaning 
xajmi 
Auditoriyadagi  mashg‟ulotlari 
(soatlarda) 
M
us
ta
qi

 t
a‟
lim
 
1-kurs 
2-
kurs 
3-
kurs 

kurs 

kur

Jami 
M
a‟
ruza
 
Ama
liy
 
L
a
bo
ra
to
riy
a
 
Semin
a
r
 
K
urs
 lo
y
ix
a
si 
(is
hi)
 
Kurslardagi xaftalar soni 
42 
42 
42 
42 
42 
Semestrlar 


3  4  5  6 
7  8  9  10 
Semestrdagi auditoriya 
mashg‟ulotlari haftalarining soni 
soat 

20 
20  20  20  20  18  24    17  17 
Dori 
vositalarini 
ishlab 
chiqarish 
validatsiyasi 
161 
 
96 
32 
 
64 
 
 
65 
 
 
 
 
 
 
     

 
ASOSIY QISM: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
Asosiy qismda (ma‘ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltirildi. 
Har  bir  mavzuning  mohiyati  asosiy  tushunchalar  va  tezislar  orqali  ochib  beriladi. 
Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan.  
Asosiy  qism  sifatiga  qo‘yiladigan  talab  mavzularning  dolzarbligi,  ularning 
ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda 
bo‘layotgan  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash, 
iqtisodiy-huquqiy  va  tegishli  sohalardagi  islohatlarning  ustuvor  masalalarini 
qamrab  olishi,  shuningdek  fan  va  texnologiyalarning  so‘nggi  yutuqlari, 
integratsiyasi ham e‘tiborga olinadi.  



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling