Dorivor lavanda o’simligi haqida umumiy ma’lumot va uning tibbiyotda qo’llanilishi


Download 301.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi301.63 Kb.
#1178216
  1   2   3
Bog'liq
dorivor-lavanda-o-simligi-haqida-umumiy-ma-lumot-va-uning-tibbiyotda-qo-llanilishi



Dorivor lavanda o’simligi haqida umumiy ma’lumot va uning 
tibbiyotda qo’llanilishi 
 
Barno Zokirovna Baxromova 
Mavlyuda Shernazarovna Ernazarova 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Lavanda o’simligining turlari, qayerda 
yetishtirilishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari, tibbiyotda qo’llanilishi va 
foydalanish usullari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so’zlar: Lavandula angustifoliya, kranial, tinchlantiruvchi, migren, 
revmatizm, aromaterapiya, diareya, shifobaxsh choylar. 
General information about medicinal lavender plant and its 
use in medicine 
Barno Zokirovna Bakhromova 
Mavlyuda Shernazarovna Ernazarova 
Samarkand State Medical University 
Abstract: This article contains information about the types of lavender plant, 
where it is grown, its chemical composition, useful properties, medical use and 
methods of use. 
Keywords: Lavandula angustifolia, cranial, soothing, migraine, rheumatism, 
aromatherapy, diarrhea, healing teas. 
 
Lavanda (lotincha Lavandula) - Lamiaceae (labguldoshlar) oilasiga mansub 
bo’lib, buta yoki doim yashil chala butalar turkumiga kiradigan o’simlik hisoblanadi. 
Taxminan 47 turni o’z ichiga oladi. Shulardan 25 dan ortiq turi dengiz sohillarida 
uchraydi. Lavandaning vatani O’rta yer dengizining Ispaniya va Fransiya qirg’og’i 
bo’lib, u yerda toshli yonbagirlarida yovvoyi holda o’sadi. Bundan tashqari lavanda 
Kanar orollari, Shimoliy va Sharqiy Afrika, Avstraliya, Janubiy Yevropa, Arabiston 
va Hindiston, Ukraina va Rossiya kabi davlatlarda ham o’sadi. Madaniy shakllari esa 
butun dunyo bog’larida o’stiriladi. Qalamchalaridan ko’paytiriladi. Lavanda butasi- 
kurtaklar to’plamidan iborat bo’lib, diametri 1metr hamda balandligi 50-70 smgacha 
o’sishi mumkin. Ba’zi turlari xususan, Lavandula angustifoliya ning uzunligi 1,3 
metrgacha yetishi mumkin. Lavanda dorivor achchiq o’simlik bo’lib, poyasi to’g’ri, 
barglari chiziqli, butun, chetlari bir oz egilgan. Shoxlarining pastki qismi linzalangan, 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
88


kulrang-jiarrang tomentum(qoplama) bilan qoplangan. Yoz oylarida kuchli xushbo’y 
hid chiqaradigan gullardan iborat bo’lib, ko’k-binafsha rangda gullaydi. Mevasi 
qo’shaloq, elliptik shakldagi sariq- jigarrang 4ta yong’oqchadan tashkil topgan.. 
Lavanda yorug’sevar, issiqsevar o’simlik hisoblanadi. U o’zining qurg’oqchilik 
hamda -30 C gacha chidamliligi bilan ham boshqa ko’pgina o’simliklardan farq 
qiladi.
Farmakologiya, kosmetologiya, parfyumeriya hamda pazandachilik sanoat ekini 
sifatida yetishtiriladi.Xalq tabobatida terpevtik maqsadlarda lavanda gullari, barglari 
hamda novdalarining tepa qismlaridan foydalaniladi. Gullash davrida boshoqdagi 
gullarning yarmiga yaqini, ba’zan barglari hamda shoxlari ham yig’ib olinadi. 
Lavanda o’zida ko’p miqdorda efir moyi saqlashi bilan qadrlanadi. Efir 
moyining tarkibi linalool spirti va kislotalarning ester (sirka, butirik, valerik va 
kaproik)larini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari tarkibida taninlar, flavonoidlar
fitosterollar,geksenilbutirat, neril asetat, geraniol, borneol, nerol, lavandulol, amil 
spirti, borneol, sitral, kumik spirti, sinnamik va valerik aldegidlar, sineol, apinen, 
kamfen, bisabolen, seren va boshqa birikmalar topilgan. Lavanda gullari tarkibida esa 
kumarinlar, gerniarin va ursolik kislotasi mavjud.
Foydali xususiyatlari.
 O’simlikning yer ustki qismi organizmga tinchlantiruvchi, 
stressga chidamlilikni oshirishuvchi, ruhiy holatni meyorlashtiruvchi, teri holatini 
yaxshilovchi ta’sir etadi. Lavanda gullari diuretik, antikonvulsant va tinchlantiruvchi 
xususiyatga, moyi esa antiseptik va bakteritsid ta’sirga ega. Bundan tashqari, lavanda 
moyi epidermal hujayralarni to'liq qayta tiklash xususiyati bilan faol yaralarni 
davolashda (ayniqsa, kimyoviy kuyishlarni) ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chandiqlarni 
kichraytirish va bo’rtmalarni so’rilishiga yordam beradi. Qabul qilinganda 
kranial(cherepnoy) qon bosimi pasaytiradi, bronxospazmni yo'qotadi, ichak tonusini 
oshiradi, ichni yumshatuvchi va yengil siydik haydovchi sifatida ta’sir ko’rsatadi, 
oshqozon kislotaliligini oshiradi hamda ishtaxani yaxshilaydi. Lavanda gullari 
markaziy asab tizimiga, shuningdek, nafas yo'llarining asab tizimiga tinchlantiruvchi 
ta'sir ko'rsatadi. Tarkibiga kiruvchi sineoldan farmakologiya sanoatida antiseptiklar 
tayyorlashda va balg’am ko’chiruvchi preparatlar olishda keng foydalaniladi. 
Tarkibida taninlarning mavjudligi sababli, ular diareya, ayniqsa fermentatsiya bilan 
sodir bo’lgan diareyaga qarshi ta'sirga ega. Ma'lum darajada, lavanda gullari ham 
xoleretik vosita bo'lishi mumkin. Lavanda gullari kumarinlar saqlaganligi sababli 
sodda organizmlar va hasharotlar rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Shu tufayli lavanda 
pedikulyoz, parazitlar va kuyaga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Spirtli 
ichimliklar bilan suyultirilgan lavanda moyi migren paytida, kuchli yurak urishi 
bilan, asabiylashish kuchaygan davrda, revmatizmning o'tkir xurujlarida ichiladi. 
Lavanda gripp bilan og’rigan foydali ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek ushbu o’simlik 
tarkibida vitamin va minerallarni ham ko’rishimiz mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
89



Download 301.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling