Dorivor o’simlik xomashyolariga me’yoriy hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash. Reja


Download 19.02 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2023
Hajmi19.02 Kb.
#1096209
  1   2
Bog'liq
2-Dorivor o’simlik xomashyolariga me’yoriy hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash.


Dorivor o’simlik xomashyolariga me’yoriy hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlar
2. Dori vositalarini standartlash bo‘yicha me'yoriy tahlil hujjatlari
3. MTXlarni tuzilishi va ularni ishlab chiqish
4. Dori vositalari sifat standartlarini ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazish
5. Standart namunalar.
Standartlash u yoki bu mahsulotning me'yoriy talablarga mos kelishi haqidagi tushuncha bo‘lib, ilmiy texnik progressning o‘sib borishi, turli tizimla rorasida iktisodiy hamkorlikni rivojlanishi, Davlatlar, milliy tashkilotlar va firmalar bo‘yicha savdo sotiq xajmining yuksalishi, raqobatbardosh sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqozo etadi. Mahsulotning sifatliligi esa barcha me'yoriy hujjatlar talablarini qay darajada qondira olish ibilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Standartlash to‘g‘risidagi qonun»i 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra standartlashdan ko‘zlagan maqsadlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Mahsulotning sifati, xizmat jarayonlarining aholining hayoti, sog'lig‘i, mol-mulki, atrofmuhit, tabiiy manbaalarni tejash xavfsizligi borasida iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish. Mahsulotlarni bir-biri bilan mosligi, almashinuvchanligini ta'minlash. Ilm - fan va texnikaning rivojlanishi hamda aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlarini o‘sishini inobatga olgan holda mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish. Barcha turdagi resurslarni tejash, ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy ko‘rsatikichlarini yaxshilash. Sotsial - iqtisodiy, ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni amalga oshirish. Tabiiy va texnologik falokatlar va boshqa favqulodda hodisalar sodir bo‘lishini e'tiborga olib. Turli obyektlar havfsizligini ta'minlash. Iste'molchilarni mahsulot turi va sifati haqida aniq va ishonchli ma'lumot bilan ta'minlash. Mudofaa qobiliyatini yaxshilash va safarbarlikka tayyorlikni ta'minlash. O‘lchovlarning yagonaligini ta'minlash. Savdo-sotiq, iqtisodiy va ilmiy—texnikaviy hamkorlikdagi to‘siqlarni bartaraf etish. 11 Standartlashning asosiy prinsiplari: -Sotsial, iqtisodiy, texnik zarurligini va mosligini hisobga olgan xolda MH larni ishlab chiqishni maqsadga mufofiqligi; -MH laring ilm va texnikaning zamonaviy yutuqlariga, ilg‘or tajiba va qonuniy aktlarga mos kelishini ta'minlash; - Sertifikatsiyalash maqsadlarida MH larning yaroqliligini aniqlash. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlarining umumiy, tashkiliy-texnik qoidalarini ishlab chiquvchi standartlashning Davlat tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada standartlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi: Xo‘jalik sohasida - Vazirlar Mahkamasi qoshidagi standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash bo‘yicha davlat markazi (O‘zDavStandart). Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni ifloslanishi va boshqa zararli ta'sirlardan muhofaza qilish sohasida - Dav.kom.tabiat. Tibbiyot mahsulotlari, tibbiyot buyumlari, dori vositalari hamda Respublika sanoatida ishlab chiqarilgan va import qilingan dori vositasi tarkibidagi inson salomatligi uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalari bo‘yicha - UzRSSV qoshidagi dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilishi Bosh boshqarmasi. DVTTSNQ Bosh boshqarmasi O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1995-yilning 5-maydagi 181-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning zimmasiga dori va tashxis qo‘yish vositalari, tibbiyot texnikasi, tibbiyot buyumlari ustidan davlat nazoratini olib borish, tibbiyot texnikasi va dori vositalarini ekspertiza qilishi, standartlash, ro‘yxatga olish va sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ishini boshqarish va mufofiqlashtirish ishlari yuklatilgan. Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi qoshida 4ta qo‘mita (farmakopeya qo‘mitasi, farmakologiya qo‘mitasi, narkotik moddalarni nazorat qilish qo‘mitasi, yangi tibbiyot texnikasi qo‘mitasi) va 2 ta bo‘lim (farm nazorat bo‘limi, sertifikatsiya va ro‘yxatga olish bo‘limi) faoliyat yuritadi. Davlat boshqarmalari o‘z sohalari bo‘yicha standart va texnik shart - sharoitlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va nashr etish bilan shug‘ullanadilar.

Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling