Dorivor oʻsimliklar
Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 2532 tup kavrakka zarar yetkazildi
Download 120.86 Kb.
|
Dorivor o\'simliklar
Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 2532 tup kavrakka zarar yetkazildiDehqonobod tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2532 tup tojik kavragining ildizi kesildi. Zarar miqdori 1,2 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu yaqin orada Ekologiya vazirligi tomonidan qayd etilgan uchinchi holatdir.Кириллчада На русском языке21 iyul 2023, 16:59 Jamiyat Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirida ekologlar o‘rmon xo‘jaligi hududida 2532 tup tojik kavragiga zarar yetkazilganini aniqladi. O‘simlik O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti “Torqopchig‘oy” massivi o‘rmon xo‘jaligidagi o‘simliklarning ildiz qismlarini kavlab, kesgan. . Oqibatda o‘simlik dunyosiga jami 1 mlrd 253 ming so‘m zarar yetkazilgan. Bundan tashqari, 17-iyul kuni Ekologiya vazirligi matbuot xizmati Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Uzun Oq Machit Agro” korxonasiga biriktirilgan tog‘li va tog‘oldi hududlarda 2421 tupdan ortiq kavrak tuplari shikastlangani haqida xabar bergan. Yana 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilgan. Holat oqibatida o‘simlik dunyosiga 40 mln 95 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 16-iyul kuni esa Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Sebatli" massivi hududidagi 753 tup kavrakka zarar yetkazilgan. Zarar 372,7 million so‘mga baholangan. Z amonaviy farmasevtika sohasi an'anaviy dorishunoslik, ya'ni, tabiat in'om etgan dorivor giyohlar asosida rivojlanishi sir emas. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda dunyo bo'yicha farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining 50 foizdan ortig'i shifobaxsh o'simliklar xomashyosidan tayyorlanadi. Demak, dorivor giyohlarning xili qancha ko'p o'rganilsa, tibbiyot shuncha rivojlanib boradi. Qolaversa, so'nggi yillar mamlakatimizda dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash tadbirkorlikning yangi yo'nalishiga aylanib boryapti. Shifobaxsh o'simliklarni o'rganish, yangi turlarini yurtimiz sharoitiga moslashtirish hamda sanoat miqyosida ishlab chiqarish ancha jadallashgan. Bu borada qator hujjatlar imzolanib, talabgorlarga qulay imtiyozlar ham berilyapti. Joriy yilning 20-may kuni imzolangan “Dorivor o'simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo'llab-quvvatlash orqali qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni bilan tarmoqni rivojlantirishga oid yana yangi vazifalar belgilandi. Xususan, tumanlarni dorivor o'simliklar yetishtirish bo'yicha hududlar kesimida ixtisoslashtirish, 2026 yilgacha 36 ming gektar maydonda yangi dorivor o'simliklar plantatsiyalari tashkil etish, shu faoliyat turi bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga qo'shimcha imtiyoz va moliyalashtirish tartiblarini joriy etish ko'zda tutilgan. Bu bilan yurtimizda shifobaxsh o'simliklar yetishtirish va qayta ishlash ko'lami yanada kengayadi. Download 120.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling