Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Kurs ishini bajarish uchun har bir talabaga o‘zi tanlagan dorivor o‘simligining
biologiyasi va ekologiyasi bo‘yicha atroflicha fikr yuritilishi kerak.
Kurs ishi 4 qismdan iborat bo‘lib,“Kirish” qisimda obektining dolzarbligi
ahamiyati qismida qisqacha yoritiladi.
Birinchi qismda O‘zbekistonda o‘rganilayotgan dorivor o‘simligini tarqalishi,
biologiyasi, ekologiyasi tarkibidagi faol moddalar va o‘simliklarni tabobatdagi
axamiyati yoritiladi.
Ikkinchi qismida esa dorivor o‘simliklarning tabiiy sharoiti va populyasiyasi,
Tabiiy urug‘idan va vegetativ ko‘payishi bargi, poyasi, gullashi, meva tugishi, ildiz
tizimi va bularning rangli rasmlari keltiriladi. (Agar madaniy dorivor o‘simlik turlari
bo‘lsa, u holda ularni yetishtirish uchun yerni tanlash, yerni shudgorlash, yerni
ekishga tayyorlash, urug‘ yoki ko‘chatni ekishga tayyorlash, ekish muddati, usuli,
urug‘ sarfi, ko‘chat qalinligi, qator oralariga ishlov berish, begona o‘tlarga qarshi
kurashish choralari, sug‘orish, xom ashyoni tayyorlash usullari, quritish, vaqtincha
saqlash yoritiladi).
Kurs ishini to‘rtinchi qismida o‘rganilgan dorivor o‘simligining biologiyasi va
ekologiyasi bo‘yicha xulosalar va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
beriladi.
Kurs ishini bajarish shartlari va topshiriq variantlari, maxsus uslubiy
qo‘llanmalar asosida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |