Dorixona ochish uchun qanday jarayonlardan o‘tmoq darkor? Quyidagi maqolada shu haqda so‘z yuritiladi


Download 18.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi18.15 Kb.
#1763863
Bog'liq
Dorixona ochish uchun



Dorixona ochish
uchun qanday
jarayonlardan o‘tmoq
darkor? Quyida shu
haqda so‘z yuritiladi. 


Aptekalarni ochish uchun
talabgor, birinchi navbatda,
dori vositalari va tibbiy
buyumlarni chakana
realizatsiya qilish
litsenziyasini olish uchun
Davlat xizmatlari markaziga
yoki Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali
orqali murojaat etishi kerak.


Book Appointment
Bunda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
- yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan
ma’lumotlar.
Dorixona ochish uchun bazaviy
hisoblash miqdorining ikki baravari
miqdorida yig‘im (har bir apteka filiali
uchun alohida yig‘im) undiriladi.
Yagona portal orqali murojaat etilganda,
talabgorlar tomonidan yig‘im
summasining 90 foizi to‘lanadi, ya’ni 10
foizlik chegirma mavjud.


Litsenziya berish yoki litsenziya berishni
rad etish to‘g‘risidagi qaror o‘n besh
kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul
qilinishi lozim.
Ariza kelib tushganidan so‘ng ikki kun
ichida Sog‘liqni saqlash vazirligining
xodimlari joyiga chiqib o‘rganish
o‘tkazadi. Bunda, vakolatli idora
o‘rganish o‘tkazuvchi shaxsning
familiyasi, ismi va otasining ismining
bosh harflari, o‘rganish o‘tkazish sanasi
va vaqti haqida Davlat xizmatlari
markazini yozma ravishda xabardor
qiladi va markaz xodimi ushbu
ma’lomotlarni talabgorga yetkazadi.


Litsenziya berishga qaror qilinganligi
to‘g‘risidagi xabarnomada litsenziya
bank hisob raqami rekvizitlari va
litsenziya berilganligi uchun davlat boji
to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi va
talabgor belgilangan muddat ichida
davlat bojini to‘lashi shart.
Litsenziya berish rad etilgani
to‘g‘risidagi xabarnomada rad etishning
sabablari, qonunchilikning aniq
normalari va litsenziya talabgori
ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib
hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga
taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan
muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.


Tahlillarga ko‘ra, rad etish sabablarining eng ko‘p
uchraydigan turlari quyidagilar:
– Dorixona binolarining minimal zarur tarkibi va
maydoni to‘liq tashkil etilmaganligi;
– Savdo zali tashkil qilinmaganligi hamda vitrinalar
mavjud emasligi;
– Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash
xonasida (termolyabil vositalar uchun) sovutkich mavjud
emasligi;
– Ovqatlashnish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni
saqlash uchun qo‘shimcha xona tashkil etilmaganligi va
jihozlanmaganligi;
– Dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini
profilaktikasini o‘tkazish uchun ko‘chma kvars lampalar
bilan ta’minlanmaganligi;
– Yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va
vitrinalar,oftobdan himoyalanadigan moslamalar
(jalyuzi,markiz va sh.k.) mavjud emasligi.


Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya
qilish uchun moddiy-texnika bazaga, binoga (xonaga)
qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-
yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari
markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini
ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»sida
2020-yil 1-sentyabrga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligiga
axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari
ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish vazifasi
yuklatilgan.


Hozirgi kunda mazkur xizmatni ko‘rsatish jarayonida
Davlat xizmatlari markazlari xodimi talabgorga
tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘lda kiritadi.
Axborot tizimi yaratilib, davlat xizmatlari ko‘rsatish
tizimi bilan integratsiya qilinganidan so‘ng,
talabgorga taalluqli ma’lumotlar avtomatik tarzda
arizadagi tegishli bo‘limlarga yuklab olinishi
natijasida xizmatni ko‘rsatish uchun sarflanadigan
vaqt qisqaradi.


E’TIBORINGIZ 
UCHUN
RAHMAT
www.reallygreatsite.com

Download 18.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling