Dorixona ochish uchun qanday jarayonlardan o‘tmoq darkor? Quyidagi maqolada shu haqda so‘z yuritiladi
Download 18.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Dorixona ochish uchun
Dorixona ochish uchun qanday jarayonlardan o‘tmoq darkor? Quyida shu haqda so‘z yuritiladi. Aptekalarni ochish uchun talabgor, birinchi navbatda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish litsenziyasini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etishi kerak. Book Appointment Bunda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: - litsenziya berish to‘g‘risida ariza; - yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar. Dorixona ochish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im (har bir apteka filiali uchun alohida yig‘im) undiriladi. Yagona portal orqali murojaat etilganda, talabgorlar tomonidan yig‘im summasining 90 foizi to‘lanadi, ya’ni 10 foizlik chegirma mavjud. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinishi lozim. Ariza kelib tushganidan so‘ng ikki kun ichida Sog‘liqni saqlash vazirligining xodimlari joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazadi. Bunda, vakolatli idora o‘rganish o‘tkazuvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, o‘rganish o‘tkazish sanasi va vaqti haqida Davlat xizmatlari markazini yozma ravishda xabardor qiladi va markaz xodimi ushbu ma’lomotlarni talabgorga yetkazadi. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomada litsenziya bank hisob raqami rekvizitlari va litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi va talabgor belgilangan muddat ichida davlat bojini to‘lashi shart. Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnomada rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Tahlillarga ko‘ra, rad etish sabablarining eng ko‘p uchraydigan turlari quyidagilar: – Dorixona binolarining minimal zarur tarkibi va maydoni to‘liq tashkil etilmaganligi; – Savdo zali tashkil qilinmaganligi hamda vitrinalar mavjud emasligi; – Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida (termolyabil vositalar uchun) sovutkich mavjud emasligi; – Ovqatlashnish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun qo‘shimcha xona tashkil etilmaganligi va jihozlanmaganligi; – Dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini profilaktikasini o‘tkazish uchun ko‘chma kvars lampalar bilan ta’minlanmaganligi; – Yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va vitrinalar,oftobdan himoyalanadigan moslamalar (jalyuzi,markiz va sh.k.) mavjud emasligi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun moddiy-texnika bazaga, binoga (xonaga) qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31- yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»sida 2020-yil 1-sentyabrga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligiga axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish vazifasi yuklatilgan. Hozirgi kunda mazkur xizmatni ko‘rsatish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari xodimi talabgorga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘lda kiritadi. Axborot tizimi yaratilib, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinganidan so‘ng, talabgorga taalluqli ma’lumotlar avtomatik tarzda arizadagi tegishli bo‘limlarga yuklab olinishi natijasida xizmatni ko‘rsatish uchun sarflanadigan vaqt qisqaradi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT www.reallygreatsite.com Download 18.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling