Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari


XODIMLARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR


Download 28.07 Kb.
bet3/4
Sana22.01.2023
Hajmi28.07 Kb.
#1109008
1   2   3   4
Bog'liq
Dorixona sanitariya qoidalari.

XODIMLARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

Toza xonalarga qo’yiladigan shaxslar: shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishi; toza


xonalardagi xulq-atvor qoidalarini bajarishi; sog’lig’i bo’yicha toza xonalarda ishlashga
qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lmasligi; ishga qo’yilishdan oldin o’quv kursida o’qib chiqishi
va keyinchalik muntazam takror o’qitilishi; barcha yo’riqnomalar va ish reglamentlariga
qat‘iy rioya etishi lozim.
Muhim omil – xodimlarning tozalikni saqlashga ijobiy munosabati,
ularning saranjom-sarishtaligi, tartibliligi, qoidalarga qat’iy rioya qilishga moyilligi,
ishonchliligidir. Xodimlarning o’zlari va boshqalarning xatolarini va kamchiliklarini qayd
qilish va tahlil qilishga, ishdagi barcha buzilishlar haqida ma‘lum qilishga tayyorligi
texnologik jarayondagi xavf-xatarlarni tahlil qilish va uchun asos yaratadi va belgilangan
tozalik darajasini saqlashga imkon beradi. Ammo aynan ularning bajarilishi alohida shaxslar
uchun muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi. Shu bilan bir vaqtda, tozalik va tartibga so’zsiz
rioya qilish – bu samarali ishlashning majburiy sharti bo’lib, ularni bajarmasdan toza xonaga
yaqinlashish ham mumkin emas!
Tana yuzasi maydoni o’rtacha 1,75 kv. m ni tashkil qiladi. Tashqi teri qoplamasi bir
necha kunda yangilanadi, bunda odam har haqiqada 0,5 mkm o’lchamli bir necha yuzlab va
millionlab zarrachalar ajratadi.
Ajralayotgan zarrachalarning bir sutkalik umumiy massasi 10 g ga teng. Alohida xavfni
mikroorganizmlar tug’diradi. Ularning ko’payishi uchun uchta shart zarur: issiqlik, namlik va
ozuqa muhiti. Tananing ko’pchilik qismlarida bu sharoitlar o’zaro uyg’unlikda mavjud, bular,
birinchi navbatda, bosh, soch qoplamalari, burun, og’iz, quloqlar, tirnoq va ular atrofidagi
bo’shliq, odamning kiyim ostida yashiringan joylari. Bunday joylar tozaligiga alohida e‘tibor
berish kerak.
Toza xonaga kirayotgan har bir kishi: xonaga kirishdan oldin qo’llarini yaxshilab
yuqishi, steril zonalarga kirishdan oldin qo’llarni bilakkacha yuvishi; xojatxonadan
chiqqandan keyin qo’l yuvishi; qo’li bilan burnini artmasligi; og’iz bo’shlig’ini ozoda tutishi
va tishlarini muntazam tozalashi; ozoda kiyinishi lozim. Xodim uydan chiqayotganda u bir
kun oldin nima bilan shug’ullanganini (dala holida ishlash, avtomobilni tuzatish, uy
hayvonlarini parvarishlash, sport o’yinlari va h. k. ) eslab, o’zini tartibga keltirishi lozim.
Xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo’lim kiritib, unda
xodimning shaxsiy gigiyena bo’yicha majburiyatlari va javobgarligini belgilab qo’yish
maqsadga muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda ishlovchilar ishga pardozsiz
kelish, ish kunidan oldin spirtli ichimliklar ichmaslik, korxona hududida hamda ishga
kelishdan oldin ikki soat davomida chekmaslik majburiyatini oladilar. Oxirgi talab shunga
bog’liqki, kashandalar nafas bilan chiqaradigan havoda zarrachalar konsentratsiyasi juda
yuqori bo’ladi, bu konsentratsiya chekish tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu

zarrachalar ko’pincha kichkina o’lchamda bo’lib, niqobda ushlanib qolmaydi. Ba‘zan savol


tug’iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho’milish kerakmi? Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki,
agar odam ishga yuvinib kelgan bo’lsa, ishxonada dush qabul qilishga hojat yo’q. Bundan
tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho’milish teri poralarining ochilishiga, ter va
mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz esa mikroorganizmlar teri qoplamasi
yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin dush qabul qilish zarurligi haqida qat‘iy
ma‘lumotlar yo’q. Shu bilan birga, alohida hollarda ishdan keyin dush qabul qilish talab
etilishi mumkin. Avariyali vaziyatlar uchun dush to’rlari nazarda tutilishi mumkin. Dushni
(vanna emas) har kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan samaraliroq hisoblanadi.
Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari
Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo’yog’i, tirnoq bo’yog’i, rumyana
va h. k. ) mikroorganizmlarning ko’payishi uchun qulay muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar yig’ilib qoladigan joylar ko’p bo’ladi, shuning uchun toza
xonaga kirishdan oldin ularni yechish talab etiladi. Quyidagi foydali qoidani unutmaslik
kerak: toza xonaga ish uchun yoki xodimlar faoliyatini ta‘minlash uchun kerak bo’lmagan
buyumlarni olib kirmaslik.

Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling