Dorixonada giyohvand dori vositalari, psixostop moddalar va prekursorlar muommisu


Download 20.21 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi20.21 Kb.
#1453687
Bog'liq
Dorixonada giyohvand dori vositalari


Dorixonada giyohvand dori vositalari, psixostop moddalar va prekursorlar muommisu
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni (GAPP) saqlashga mo‘ljallangan joylarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, jismoniy himoyasini tashkil etilishiga hamda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek obektning (xonaning) GAPPlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani olishda ruxsat berish tartib-taomillarni o‘tish tartibini belgilaydi.
Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi organlari va bo‘linmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalaniladigan GAPPlarga tatbiq etilmaydi.
GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan joylar texnik mustahkamlilik, jismoniy himoyalanganlik hamda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanish darajasiga qarab uch toifalardagi obektlarga bo‘linadi:
a) birinchi toifadagi obektlarga umumiy to‘siq devor bilan o‘rab olingan va texnik mustahkamlangan hududda joylashgan quyidagi faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan binolar, inshootlar va xonalar kiradi:
prekursorlarni sotish (berish) (prekursorlar saqlanadigan baza va omborxonalar);
GAPPlarni ishlab chiqarishga va tayyorlash;
tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni o‘stirish;
b) ikkinchi toifadagi obektlarga quyidagi faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar kiradi:
GAPPlarni sotish (berish) va taqsimlash (dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari);
yangi narkotik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqish;
GAPPlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, ilmiy va ta'lim maqsadlarida uchun foydalanish; 
GAPPlarni yo‘q qilish;
v) uchinchi toifadagi obektlarga laboratoriyalarning, davolash-profilaktika muassasalari bo‘linmalarining, tibbiyot punktlarining, o‘zga tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalarini, ularning analoglari va psixotrop moddalarni saqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar kiradi.
Obektning toifasi va saqlanuvchi predmetlarning xossalaridan kelib chiqib, talablarga muvofiq texnik mustahkamlangan hamda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalari bilan jihozlangan saqlash joylari hududida va maxsus xonalarda GAPPlarni saqlashning quyidagi rejimlari o‘rnatiladi:
birinchi toifadagi obektlarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning saqlanishi maxsus xonalar ichida joylashtirilgan seyflarda yoki metall shkaflarda amalga oshiriladi;
birinchi toifadagi obektlarda prekursorlarning saqlanishi saqlash joyi hududida va maxsus xonalar ichida amalga oshiriladi;
ikkinchi va uchinchi toifalardagi obektlarda GAPPlarning saqlanishi maxsus xonalar ichida amalga oshiriladi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglarining seyflarda, psixotrop moddalarning metall shkaflarda, prekursorlarning esa – ishlab chiqaruvchining ushbu mahsulot uchun texnik hujjatlar bilan belgilangan idishlar va qadoqlarda saqlanishi ta'minlanadi;
giyohvandlik vositalarining, ularning analoglari va psixotrop moddalarning ikkinchi toifadagi obektlarga kiruvchi davolash-profilaktika muassasalarida navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan saqlanishi ushbu maqsadlarda maxsus ajratilgan, polga yoki devorga qotirilgan seyf yoki metall shkaflarda amalga oshiriladi;
giyohvandlik vositalarining, ularning analoglari va psixotrop moddalarning tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalarida tibbiy maqsadlarda tashish davomida saqlanishi tibbiy qutilarda amalga oshiriladi.
Kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalaridan kelib chiqib giyohvandlik vositalarining, ularning analoglari va psixotrop moddalarning saqlashning harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda, yuridik shaxs rahbarining buyrug‘iga asosan ularning maxsus xonalarda o‘rnatilgan, ichki qulfga qulflanadigan va muhrlanadigan muzlatkichli kameralarda (muzlatkichlarda) saqlanishiga ruxsat beriladi.
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglari va psixotrop moddalarni saqlashga mo‘ljallangan seyflar va metall shkaflar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmasligi, kamida ikkita ichki (o‘yma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) bo‘lishi lozim, o‘rtacha va katta gabaritli (o‘lchamlari 1500 x 600 x 500 mm dan kam bo‘lmagan), og‘ir (og‘irligi 700 kg dan ortiq) seyf va metall shkaflar bundan mustasno. Giyohvandlik vositalarini saqlashga mo‘ljallangan metall shkaflarning eshiklari metalli ust qo‘ymalar (nakladka) yoki burchaklar bilan mustahkamlanadi.
Giyohvandlik vositalarining, ularning analoglari va psixotrop moddalarning seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega bo‘lgan og‘ir seyflarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Seyflar, metall shkaflar va muzlatkichli kameralar (muzlatkichlar) ish kuni davomida yopiq holda bo‘lishi kerak. Ish kuni yakunlangandan so‘ng GAPPlar saqlanadigan seyflar, metall shkaflar, muzlatkichli kameralar (muzlatkichlar) va xonalar qulflanishi, muhrlanishi (plombalanishi) va qo‘riqlovga topshirilishi, kalitlar, muhr va tamg‘alar esa – GAPPlar saqlanishi uchun javobgar shaxsda bo‘lishi shart.
Muhrlash uchun kanop ip tugunlarsiz, butun bo‘lishi kerak. Kanop ip GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalar, seyflar, metall shkaf va muzlatkichli kameralar (muzlatkichlar)ning eshigidagi quloqchasi (ilgagi yoki tutqichi)dan shunday o‘tkazilishi kerakki, eshikni kanop ipga va muhr ottiskiga (iziga) zarar yetkazmasdan ochishning imkoni bo‘lmasligi kerak. Bunda muhrlar kanop ip ustidan muhrlar ottiski (izi) uchun chuqurchaga ega bo‘lgan taxtachaga bosilishi lozim.
GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalar va unga olib keluvchi yo‘llarning yetarlicha yoritilishi ta'minlanadi.
Bundan tashqari, xonalar fonarlar yoki boshqa yoritishning avariyaviy (zaxira) manbalari bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak. Sham, mash'ala, kerosinli fonar, ochiq olovli chiroqlar va boshqa yoritish vositalarini ishlatish, ushbu maqsadlarda suyuq yonuvchi moddalardan foydalanish taqiqlanadi.
GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalar quruq va xonaga yaqin (10 metrdan uzoq bo‘lmagan) joyda o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi inventarlar bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim.
Giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini saqlash va qadoqlashga mo‘ljallangan xonalarning devorlarini, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlash uchun chang va bug‘ yig‘maydigan, oson tozalash va yuvish imkonini beradigan materiallardan foydalanilishi lozim. Devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanadi. Bu xonalar havoni tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanadi.
Prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalarda ularni shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalaniladi.
GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan joylar va maxsus xonalar mazkur Nizomning 4-bobi talablariga muvofiq qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalari bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim.
GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalar, seyflar, metall shkaflar va muzlatkichli kameralar (muzlatkichlar) kalitlarining ikki to‘plami bo‘lishi kerak. Kalitlarning bir to‘plami doimiy ravishda GAPPlarni saqlash uchun javobgar shaxsda, ikkinchi to‘plami – muhrlangan qutichada yuridik shaxs rahbarida saqlanishi lozim.
Bu kalitlarni stollarda, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi.
GAPPlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonada seyflar, metall shkaflar va muzlatkichli kameralar (muzlatkichlar) raqami va ular muhrlanadigan muhrlar ko‘rsatilgan buyumlarning ro‘yxati bo‘lishi kerak.
Download 20.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling