DoS (denial-of-service)


BBC: Bu kabi hujum ortida kim turganini aniqlash mumkinmi? Bu safar sizning saytingizga bo‘lgan DDoS hujumi ortida kim turibdi deb faraz qilasiz? Kislov


Download 63.53 Kb.
bet2/9
Sana21.04.2023
Hajmi63.53 Kb.
#1370638
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DoS

BBC: Bu kabi hujum ortida kim turganini aniqlash mumkinmi? Bu safar sizning saytingizga bo‘lgan DDoS hujumi ortida kim turibdi deb faraz qilasiz?
Kislov: DDoS hujumi oddiy bir xakerning ishi emas, u o‘ta murakkab texnik amal. Bu kabi hujumning tashabbuskorlari yoki uning uchun pul to‘lagan odamlarni topish juda ham qiyin. Deyarli imkonsiz. 99,99 foiz imkonsiz deya olaman. Avvallari hujumlarga uchraganimizda biz obro‘li xalqaro tashkilotlar va tadqiqot markazlariga yordam so‘rab murojaat qilganmiz. Qizig‘i shuki, bu tashkilotlarda ham xakerlar ishlashadi. Ular boshqa xakerlarning ishini tahlil qilishadi. Bu o‘ta nozik, o‘ta sinchkov mutaxassislar. Ular oylab hujumchilarni topishga urinishdi, lekin topisha olmadi. Lekin, kim bu kabi hujumlarni buyurishi borasida farazlarni ilgari surishimiz mumkin. Bunga bizda mantiqiy asoslar bor, lekin dalil-isbotimiz yo‘q. Masalan, 2005 yilgi Qirg‘iziston inqilobi davrida biz qatori ko‘plab mustaqil saytlar boshiga yog‘ilgan hujumlar haqida gapirsak, o‘sha paytda buning ortida Asqar Akayevning rejimi turgani kundek oydin edi. 2010 yilda esa ikkinchi inqilob yuz berayotganida Bakiyevning rejimi xakerlik hujumlarini amalga oshirdi. Bugunda esa O‘zbekiston prezidentining oilasiga bo‘lgan matbuotdagi qiziqishni hisobga olsak, bu oxirgi hujumlar ortida Gulnora Karimovaga yaqin doiralar turgan bo‘lishi mumkin deb ishonch bilan ayta olaman. Bunday deb fikrlashimga yana bir asosim shuki, u Twitterda mening nomimdan soxta sahifa ochdi va uni Daniil Kislyak, Fergana.ru agentligi deb nomladi. Gulnora o‘zi birinchi bo‘lib bu soxta sahifa bilan muloqot qilishni boshladi. Uning muloqotlaridan aynan mening nomimni bulg‘ashga urinayotgani aniq bo‘ldi. Masalan u Daniil Kislyakdan so‘raydi: "Mana buni chop qilasizmi?" Daniil Kislya esa javob qaytaradi: "Albatta, soqqa bo‘lsa, chop qilamiz. Fergana.ru faqat soqqaga ishlaydi" va hokazo. O‘shanda men tushunib yetdimki, bu xonimning, qo‘polligim uchun uzr so‘raymanu, tomi ketgan. Unda mening sahifamda chop qilingan maqolalarda shunchalar g‘azablanganki, unda teran fikr yuritish qobiliyati qolmagan aftidan. Men ham o‘nlab marta undan intervyu berishini so‘rab, ta‘bir joiz bo‘lsa, arslonning dumidan tortganman. Bugun ham murojaatlarimini davom ettirayapman... Shunday ekan, menga qarshi hujumlar O‘zbekistondan amalga oshirilayotganiga ishonaman.
BBC: Lekin, siz aytgandek, aniqlik bilan DoS hujumi ortida kim turganini ta‘kidlash imkonsiz. Mana, masalan, O‘zbekistondagi "Xalq so‘zi" nashri saytiga Bangladeshdagi xakerlar hujum qilgani da‘vo qilinayapti. Lekin, bu hech nimani anglatmaydi. Chunki, Bangladeshlik xakerlarga o‘zbek nashrining qizig‘i yo‘q. Aslida bu hujumni buyurgan odam soyada qolib ketaveradi. Shunday ekan, xakerlar izini topsangiz ham, bu izlar sizni tashkilotchiga yetaklab bormaydi, shunday emasmi?
Kislov: Mutlaqo yetaklab bormaydi. Chunki, xakerlar aylana yo‘llardan foydalanishadi. Bu hujumlar Moldaviya, Janubiy Afrika yo Bangladeshdan amalga oshirilishi mumkin. Chunki internet bir yaxlit narsa, va undagi hujumni dunyoning istagan joyidan yo‘llash mumkin. Xakerlik hujumini amalga oshirish sizga qimmatga tushmaydi, internetda bemalol xakerlar e‘lonlarini topib, masalan bizga qilingan hujumni kuniga 500 dollar to‘lab amalga oshirishingiz mumkin.
Mintaqada qanday ishlaysiz kompyuter texnologiyasi lekin qilichbozlik xavfsizligi sohasida, men odatda "DoS hujumi" deb ataladigan "xizmatda texnik xizmat ko'rsatish" atamasini bilasizmi, deb hayronman. Daniyada eng keng tarqalgan turlaridan biri qilichbozlik hujumlari Internetda. Bilmaganlar uchun men "liknep" o'tkazaman va DoS hujumi nima ekanligini eng qulay va oqilona shaklda tushuntirishga harakat qilaman.
Va barchasi ishlaydigan saytlardan biri maktabda taxminan ikki yil davomida yotganligidan boshlandi. Sayt NIC.RU saytida joylashgan, uni topganlar tomonidan emas va u yangi boshlanuvchilar emas, lekin, go'yoki, "bu eski kunlardagi teshik".
DDoS - xizmat ko'rsatiladi

Download 63.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling